{"id":114644,"date":"2024-01-22T08:28:45","date_gmt":"2024-01-22T05:28:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114644"},"modified":"2024-01-22T08:28:48","modified_gmt":"2024-01-22T05:28:48","slug":"nominatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nominatsiya\/","title":{"rendered":"Nominatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Nominatsiya (lotincha Nominatio \u2014 nomlash, nom qo&#8217;yish, atash) (tilshunoslikda) \u2014 nomlash xususiyatiga ega bo&#8217;lgan, ya&#8217;ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib ko&#8217;rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari \u2014 so&#8217;zlar, so&#8217;z birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni hosil qilish. Nominatsiya jarayonining natijasi hisoblangan ma&#8217;noli til birligi xam ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim olimlar Nominatsiya terminini tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limini bildirish uchun ham qo&#8217;llaydilar. Nominatsiyada 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi ob&#8217;yekt, nomlovchi sub&#8217;yekt, tanlab olinadigan til unsurlari. Alohida tushuncha, predmet, belgi (&#8220;go&#8217;zallik&#8221;, &#8220;kitob&#8221;, &#8220;aytmoq&#8221;, &#8220;yashil&#8221;), muayyan belgilari bo&#8217;lgan predmet (&#8220;yashil daraxt&#8221;) yoki butun bir voqea-hodisa (&#8220;bahor!\u00bb, &#8220;Qushlar uchdi&#8221;) kabilar Nominatsiyaning ob&#8217;yekti bo&#8217;lishi mumkin. Shu jihatdan Nominatsiya lug&#8217;aviy va propozitiv (so&#8217;z birikmasi va ran shaklidagi) Nominatsiyaga bo&#8217;linadi. Nominatsiya jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgi(lar) nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir ob&#8217;yekt o&#8217;zining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin (masalan, &#8220;bolalar stulchasi&#8221; \u2014 mo&#8217;ljallanganlik; &#8220;katta stul&#8221; \u2014 hajm, shakl belgisi). Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jixatidan bir xil bo&#8217;lgan nomlar o&#8217;zlarining tashqi shakli bilan farqlanadilar (&#8220;Nuroniy&#8221; \u2014 &#8220;keksa odam&#8221; \u2014 &#8220;chol&#8221;). Nominatsiyani vazifa va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud bo&#8217;lgan (yoki hozirgi tilda tub deb qaraladigan) Nominatsiya va yasama (ma&#8217;no va so&#8217;z yasalishiga ko&#8217;ra) Nominatsiya deb ikkiga ajratishga asos beradi. Avvaldan mavjud bo&#8217;lgan yoki birlamchi Nominatsiya jarayonlari \u2014 hozirgi tillarda juda kam uchraydigan hodisa: tilning nominativ boyligi, asosan, o&#8217;zlashmalar yoki ikkilamchi Nominatsiya hisobiga \u2014 Nominatsiya jarayonida oldindan mavjud bo&#8217;lgan birliklarning fonetik shaklidan yangi ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoqda. Birlamchi Nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzida idrok qilinadi (masalan, suv, tog&#8217;, ichmoq, qora kabi). Bunday Nominatsiyalarning yasama ekanligi faqat etimologik yoki tarixiy tahlil orqaligina aniklanishi mumkin. Ikkilamchi Nominatsiya natijalari esa morfologik tarkibi yoki ma&#8217;nosiga ko&#8217;ra, yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy vositalar, perifraza va idiomalarning hosil bo&#8217;lishi ikkilamchi Nominatsiyaning alohida holatidir. Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan Nominatsiyalar, odatda, umumiste&#8217;moldagi lug&#8217;at tarkibidan o&#8217;rin oladi. Lekin maxsus terminologik tushunchalar uchun yaratiladigan yoki tor ijtimoiy guruhlar doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida muallif tomonidan so&#8217;z qo&#8217;llashda paydo bo&#8217;ladigan Nominatsiyalar haqida bunday deb bo&#8217;lmaydi. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nominatsiya (lotincha Nominatio \u2014 nomlash, nom qo&#8217;yish, atash) (tilshunoslikda) \u2014 nomlash xususiyatiga ega bo&#8217;lgan, ya&#8217;ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib ko&#8217;rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nominatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114644","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114644","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114644"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114644\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114653,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114644\/revisions\/114653"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114644"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114644"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114644"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}