{"id":114681,"date":"2024-01-22T08:35:41","date_gmt":"2024-01-22T05:35:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114681"},"modified":"2024-01-22T08:35:43","modified_gmt":"2024-01-22T05:35:43","slug":"normat-qiziq-sulolasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/normat-qiziq-sulolasi\/","title":{"rendered":"Normat qiziq sulolasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Normat qiziq sulolasi &#8211; qo&#8217;qonlik qiziqchilar. 1) Normat qiziq (laqabi Mulla, og&#8217;zi katta, 1849 \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1919) \u2014 Zokirjon qiziqchining to&#8217;dasida katta qiziqchilardan ta&#8217;lim olib, ish boshlagan. Tuda bilan birga Farg&#8217;ona vodiysi bo&#8217;ylab va Sharqiy Turkistonda tomosha ko&#8217;rsatgan. Zokirjon qiziq vafotidan keyin Qo&#8217;qonga qaytib o&#8217;z to&#8217;dasini tuzgan. To&#8217;dada uning rahbarligida Ro&#8217;zi gov, Ismoil xo&#8217;roz, lo&#8217;m-lo&#8217;m Mamajon (Muhammad Kunduzov), Azim bola, Boymat qiziq, Shomat qiziq kabi kulgu ustalari ijod qilishgan. Normat qiziq ularga ham ustozlik, ham korfarmonlik qilgan. Katta qiziklarning &#8220;Hoji kampir&#8221;, &#8220;qalandarlar&#8221;, &#8220;attorlik&#8221;, &#8220;bola o&#8217;qitish&#8221;, &#8220;mudarris&#8221;, &#8220;Mamayusuf&#8221;, &#8220;Ketmon tilash&#8221;, &#8220;yog&#8217;och polvon&#8221; kabi an&#8217;anaviy komediyalarini yangi sharoitlarga moslab tiklagan, ijro etgan. U 360 ta qiziqchilik tomoshasini bilgan va bir yil davomida har kuni yangi tomosha ko&#8217;rsatish imkoniyatiga ega bo&#8217;lgan ekan. 2) Po&#8217;latjon qiziq (1907 \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1960) \u2014 Normat qiziqning o&#8217;g&#8217;li. Otasining va u rahbarlik qilgan qiziqchilar to&#8217;dasining tomoshalarini kuzatgan, o&#8217;zlashtirgan, otasi uning qiziqchi bo&#8217;lishiga monelik qilishiga qaramay nihoyatda iqtidorli qiziqchi bo&#8217;lib yetishadi. Hamid og&#8217;iz, Komilqori qiziq Qulijonov bilan hamkorlikda qiziqchilik qilgan. 30-yillarda A&#8217;zam qiziq to&#8217;dasida, urush yillari va keyin aka buxor to&#8217;dasida faoliyat ko&#8217;rsatgan. &#8220;Afg&#8217;on tabib&#8221;, &#8220;o&#8217;lik sotdi&#8221;, &#8220;Xammol&#8221;, &#8220;bedana o&#8217;yini&#8221; kabi komediyalarda o&#8217;ynagan, hamto&#8217;dalari bilan lapar, askiya aytishgan. Toshkentda (1932, 1937), Moskvada (1937) o&#8217;tgan dekada va ko&#8217;riklarda qatnashgan. &#8220;Saodatxon&#8221; nomli yangi og&#8217;zaki Komediyaning yaratilishi va ijrosida Po&#8217;latjon qiziqning xizmati katta. 3) Jo&#8217;raxon askiya Po&#8217;latov (1934.10.6, Qo&#8217;qon)\u2014 qiziqchi, askiyachi. Po&#8217;latjon qiziqning o&#8217;g&#8217;li. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1999). Bolaligida otasi va boshqa qiziqchilar ijodini kuzatgan, cholg&#8217;ular (dutor, tanbur, rubob, doira) chalishni, ashula aytishni o&#8217;rgangan. &#8220;Mamayusuf&#8221;, &#8220;to&#8217;n o&#8217;g&#8217;risi&#8221;, &#8220;Saodatxon&#8221; kabi komediyalarni ijro etishda qatnashgan. Kulgi san&#8217;atida o&#8217;z yo&#8217;li, o&#8217;z uslubini topishga intilib, musiqiy qiziqchilik bilan shug&#8217;ullangan; mashhur ashulachilarga muqallidlar yaratgan. Hayotdan olingan kulgili voqealar, antiqa voqea-hodisalar asosida kulgi-hikoya va latifalar to&#8217;qib tomoshabinni kuldirib kelgan. Qiziqchilikda Muhiddin qiziq Darveshov bilan tortishgan. Ayniqsa, mustaqillikdan so&#8217;ng askiya san&#8217;atida katta yutuqlarga erishdi. U Andijonlik Hasanboy Sultonov, marg&#8217;ilonlik Mamasiddiq Shirayev, Hoshimjon Hakimov, qo&#8217;qonlik Yo&#8217;ldoshxon Nosirov, Ne&#8217;matjon Toshmatov bilan birga Navro&#8217;z va Mustaqillik bayramlari tomoshalarida faol qatnashib kelmoqda. Qiziqchi va askiyachi sifatida so&#8217;zning mazmunli, tagdor, o&#8217;ynoqi, jozibador bo&#8217;lishiga, ravon va dona-dona jaranglashiga intiladi. U shuningdek, Hamza nomidagi Qo&#8217;qon musiqali drama teatrining aktyori hamdir. Muhsin Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Normat qiziq sulolasi &#8211; qo&#8217;qonlik qiziqchilar. 1) Normat qiziq (laqabi Mulla, og&#8217;zi katta, 1849 \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1919) \u2014 Zokirjon qiziqchining to&#8217;dasida katta qiziqchilardan ta&#8217;lim olib, ish boshlagan. Tuda bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/normat-qiziq-sulolasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114681","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114681","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114681"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114681\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114702,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114681\/revisions\/114702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114681"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114681"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114681"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}