{"id":114694,"date":"2024-01-22T08:35:39","date_gmt":"2024-01-22T05:35:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114694"},"modified":"2024-01-22T08:35:40","modified_gmt":"2024-01-22T05:35:40","slug":"nur-saidbek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nur-saidbek\/","title":{"rendered":"Nur Saidbek"},"content":{"rendered":"\n<p>Nur Saidbek (? -1467) &#8211; temuriylardan Ulug&#8217;bek va Abu Sayd Mirzolarning nufuzli amirlaridan biri. Amir Temur, Shohrux va Ulug&#8217;bekning amirlaridan bo&#8217;lgan Shohmalikning o&#8217;g&#8217;li, mashhur tarixchi, &#8220;Shayboniynoma&#8221; asari muallifi Muhammad Solihnpng otasi. Bilqut qabilasidan. Dastlab, Nur Saidbek Ulug&#8217;bek xizmatida bo&#8217;lib, uning o&#8217;limidan so&#8217;ng (1449), boshqa Chig&#8217;atoy beklari qatori Padarkush Abdullatifga, so&#8217;ngra temuriylarning yangi hukmdori Abu Saidga (1451-60 yillarda hukmronlik qilgan) bo&#8217;ysunishdan bosh tortgan. Nur Saidbek Buxoroning Nur qishlog&#8217;i yaqinidagi tog&#8217;larni maskan tutib, Samarqand va Buxoro atroflariga chopqunlar qilib turgan. Uni murosaga keltirish uchun Abu Sayd bir necha marta o&#8217;z vakillarini, jumladan Xoja Ahrorni yuborgan. Biroq Nur Saidbek ularga bo&#8217;ysunishdan voz kechgach, Samarqand qo&#8217;shinlari uni nurdan quvib yuborgan. Nur Saidbek qisqa fursatdan so&#8217;ng Abu Sayd huzuriga bosh egib kelgach, afv qilinib, tumanboshi etib tayinlangan. 1460 yil Nur Saidbek qo&#8217;shini Xorazm orqali Xurosonga bostirib kirgan Husayn Boyqaroga qarshi yuborilgan. Biroq Sabzavor yo&#8217;lida u Movarounnahrga qaytib, Shohruxiya yaqinida Abu Saidga qarshi isyon ko&#8217;targan Muhammad Jo&#8217;giy (Ulug&#8217;bekning nabirasi) bilan qo&#8217;shilgan. Muhammad Jo&#8217;giy ko&#8217;chmanchilar yordamida Turkiston, Sayram, Toshkent va Shohruxiyani egallab olgan edi. 1462 yilgacha Nur Saidbek uning xizmatida bo&#8217;lgan. Abu Sayd faqat Xo&#8217;ja Ahrorning yordamidagina Shoxruhiyani egallab (1462 yil 5 oktabr), isyonni bostirgan. Afv etilgan Amir Nur Saidbek Xorazm hokimi (voliysi) etib tayinlangan. Husayn Boyqaro Dashti Qipchokdan Xorazmga bostirib kirganda Nur Saidbek viloyatni mudofaa etishda ko&#8217;p xatoliklarga yo&#8217;l qo&#8217;ygan. Natijada taxtdan tushirilib, Hirotga chaqirtirilgan va qatl etilgan. Muhammad solihning so&#8217;ziga ko&#8217;ra esa Nur Saidbek birmuncha payt Marvda yashagan va Husayn Boyqaro farmoniga ko&#8217;ra shu yerda qatl qilingan. Ad.: Bartold V.V., Sochineniya, t. II (2), M., 1964; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XIV\u2014XVIII vv. Pismennie Pamyatniki, T., 1985.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nur Saidbek (? -1467) &#8211; temuriylardan Ulug&#8217;bek va Abu Sayd Mirzolarning nufuzli amirlaridan biri. Amir Temur, Shohrux va Ulug&#8217;bekning amirlaridan bo&#8217;lgan Shohmalikning o&#8217;g&#8217;li, mashhur tarixchi, &#8220;Shayboniynoma&#8221; asari muallifi Muhammad Solihnpng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nur-saidbek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114694","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114694","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114694"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114694\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114701,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114694\/revisions\/114701"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114694"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114694"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114694"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}