{"id":114803,"date":"2024-01-27T11:01:32","date_gmt":"2024-01-27T08:01:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114803"},"modified":"2024-01-27T11:01:35","modified_gmt":"2024-01-27T08:01:35","slug":"nozim-hikmat-rah","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nozim-hikmat-rah\/","title":{"rendered":"Nozim Hikmat Rah"},"content":{"rendered":"\n<p>Nozim Hikmat Rah (Nazim Hikmet Ran) (1902.20.1, Saloniki &#8211; 1963.3.4, Moskva) \u2014 turk shoiri va jamoat arbobi. Turk she&#8217;riyatiga yangi ritm va erkin she&#8217;r janrini olib kirgan. Harbiy-dengiz bilim yurtida o&#8217;qigan. &#8220;Qirq haromilar asiri&#8221; she&#8217;ri (1920) Turkiyaning mustamlakachilik kishanlariga tushayotganiga qarshi yozilgani uchun inglizlar va Sulton saroyi tomonidan ta&#8217;kib etilgan. Nozim Hikmat Rah shu yili inglizlar zabt etgan Istanbulni tark etib, Anatoliyaga ko&#8217;chib o&#8217;tadi. G&#8217;arb davlatlarining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash g&#8217;oyalari ta&#8217;sirida Moskvaga kelib (1922), Sharq xalqlari mehnatkashlari kommunistik universitetida o&#8217;qiydi. Vataniga qaytgach (1924), adabiy faoliyat bilan shug&#8217;ullanadi. 1927 yil kommunistlar va ularga maslakdosh kishilarning quvg&#8217;in qilinishi bilan Nozim Hikmat Rah yana sho&#8217;rolar mamlakatiga keladi. Shoirning &#8220;Quyosh ichganlar qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; nomli dastlabki she&#8217;riy to&#8217;plami Bokuda chop etiladi (1928). Nozim Hikmat Rah budavrda V. V. Mayakovskiy estetikasi ta&#8217;sirida intim tuyg&#8217;ular tasviridan ongli ravishda qochib, minbar she&#8217;riyat namunalarini yaratadi. Shu yili Turkiyaga qaytib, gazeta tahririyatida ishlaydi, Nozim Hikmat Rah shu yillarda &#8220;835 satr&#8221; (1929), &#8220;Varan-3&#8221; (1930), &#8220;sasini yo&#8217;qotgan shahar&#8221; (1931) she&#8217;riy to&#8217;plamlari, &#8220;Jiokonda va Si- Ya-u&#8221; (1929) romani, &#8220;Benerji o&#8217;zini nega o&#8217;ldirdi?&#8221;(1932) she&#8217;riy romani, &#8220;Bosh chanog&#8217;i&#8221; (1932), &#8220;unutilgan odam&#8221; (1935) pyesalarini yozib, nafaqat Turkiya, balki yer yuzida ro&#8217;y berayotgan muhim voqealarga munosabat bildirishga urinadi. Nozim Hikmat Rah umrining aksar qismini quvg&#8217;inda o&#8217;tkazgan va jami 17 yil qamoqda yashagan. Shu davrda u 20-asrning o&#8217;ziga xos poetik tarixi \u2014 &#8220;inson manzaralari&#8221; (1941) EPO-peyasi, &#8220;turmadan xatlar&#8221; she&#8217;riy turkumi, &#8220;bir sevgi afsonasi&#8221; (1965) hamda &#8220;Yusuf va Zulayho&#8221; pyesalarini yaratgan. 1950 yil jahon jamoatchiligi Nozim Hikmat Rahning ozod etilishiga erishdi. U yana sho&#8217;rolar mamlakatiga ko&#8217;chib kelib (1951), adabiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug&#8217;ullanadi. &#8220;Turkiyada&#8221; (1952), &#8220;Anoyi&#8221; (1955), &#8220;Bekat&#8221; (1958), &#8220;Tartyuf-59&#8221; (1959), &#8220;Damokl qilichi&#8221; (xotini S. Tulyakova bilan hamkorlikda, 1960) singari pyesalar, she&#8217;r va dostonlar yozadi. O&#8217;zbekistonda Nozim Hikmat Rah ijodiga qiziqish 1928 yildayoq boshlangan. G&#8217;afur G&#8217;ulom, Shayxzoda, Mirtemir va boshqalar. Nozim Hikmat Rahning ko&#8217;plab asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. &#8220;Turkiya haqida hikoya&#8221; pesasi hoz. O&#8217;zbek milliy akademik drama teatrida, &#8220;bir sevgi afsonasi&#8221; pesasi asosidagi balet esa Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida sahnalashtirilgan. Nozim Hikmat Rah Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari harakatining qatnashchisi, Jahon tinchlik Kengashi byurosi (1951) va hay&#8217;ati (1959) a&#8217;zosi, xalqaro tinchlik mukofoti sovrindori (1950). As: She&#8217;rlar, Poema, Pesa, T., 1953; Bir sevgi afsonasi, T., 1955; 65 she&#8217;r, T., 1962; surur [roman], T., 1966; inson manzaralari, T., 1982; qon gapirmas [roman], Oshiq bulut [ertaklar], T., 1987. Ad.: Babaev A., Nazim Xikmet, M., 1957; Fish R., Nazim Xikmet, M&#8221; 1968. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nozim Hikmat Rah (Nazim Hikmet Ran) (1902.20.1, Saloniki &#8211; 1963.3.4, Moskva) \u2014 turk shoiri va jamoat arbobi. Turk she&#8217;riyatiga yangi ritm va erkin she&#8217;r janrini olib kirgan. Harbiy-dengiz bilim yurtida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nozim-hikmat-rah\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114803","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114803","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114803"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114803\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114804,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114803\/revisions\/114804"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114803"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114803"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114803"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}