{"id":114833,"date":"2024-01-29T07:15:49","date_gmt":"2024-01-29T04:15:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114833"},"modified":"2024-01-29T07:15:53","modified_gmt":"2024-01-29T04:15:53","slug":"nogironlik-invalidlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nogironlik-invalidlik\/","title":{"rendered":"Nogironlik, invalidlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Nogironlik, invalidlik \u2014 kasallik, shikastlanish, mayib- majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki ma&#8217;lum muddat mehnat qobiliyatini yo&#8217;qotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda Nogironlik tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yo&#8217;qotish darajasiga qarab 3 guruhga bo&#8217;linib, vaqtincha (6-12 oy) yoki muddat siz qilib tayinlanadi. 1-guruh Nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yo&#8217;qotgan vab.ning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj bo&#8217;lgan shaxslar; 2-guruh Nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yo&#8217;qotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo&#8217;lmagan, shuningdek, mehnat turidan qat&#8217;i nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironlikga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan ta&#8217;minlanadi, zarur bo&#8217;lganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunchiligida Nogironlikning quyidagi sabablari nazarda tutiladi: umumiy kasalliklar (ish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan) oqibatidagi Nogironlik; turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan Nogironlik; ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor bo&#8217;lish natijasidagi Nogironlik; kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan Nogironlik; O&#8217;zbekistonni himoya qilish yoki boshqacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida ro&#8217;y bergan Nogironlik; harbiy burchni bajarish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan harbiy xizmatni o&#8217;tash davridagi Nogironlik. Bu boradagi tartib- qoidalar O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan &#8220;tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari to&#8217;g&#8217;risida Nizom&#8221;da ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 11 noyabrda &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitasiya qilish borasidagi chora-tadbirlari Davlat dasturi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qaror qabul qildi. Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni reabilitasiya qilish markazlari sistemasi (nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo&#8217;yicha reabilitasiya qilish milliy markazi, tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida nogironlar reabilitatsiya markazi va 10 ta umumiy tipdagi hududiy reabilitatsiya markazlari) tashkil etildi. Bular joylardagi TMEKlar bilan hamkorlikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora- tadbirlarini amalga oshiradi. Ad.: O&#8217;zbekiston Respublikasida imtiyozli pensiya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risida [normativ hujjatlar to&#8217;plami], T., 1994; O&#8217;zbekiston Respublikasining Davlat pensiya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risidagi qonunga sharhlar, T., 1996. Nosir Muhammadjonov, Yo&#8217;ldosh Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nogironlik, invalidlik \u2014 kasallik, shikastlanish, mayib- majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki ma&#8217;lum muddat mehnat qobiliyatini yo&#8217;qotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nogironlik-invalidlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114833","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114833","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114833"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114833\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114834,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114833\/revisions\/114834"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114833"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114833"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114833"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}