{"id":114862,"date":"2024-01-29T07:21:14","date_gmt":"2024-01-29T04:21:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114862"},"modified":"2024-01-29T07:21:18","modified_gmt":"2024-01-29T04:21:18","slug":"nikolayev-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nikolayev-viloyati\/","title":{"rendered":"Nikolayev viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Nikolayev viloyati &#8211; Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 yil 22 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 24,6 ming km2. Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 19 tuman, 6 shahar, 19 shaharcha bor. Markazi \u2014 Nikolayev shahri. Relefi tekislik; shimoldan Janubga (kora dengizga) pasaya boradi. Hududining ko&#8217;p qismi kora dengiz bo&#8217;yi pasttekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, Ohaktosh, mergel, gil, kaolin, shag&#8217;al, qum, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, yanvarniki -4, -5\u00b0. Yillik yog&#8217;in miqdori 300-350 mm, shimolda 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Janubiy Bug, Ingul, Ingules. Tuproqlari shimolda oddiy qoratuproq, Janubda qoratuproq va to&#8217;q kashtan tuproqlar. Tabiiy dasht o&#8217;simliklari faqat jarlar yon bag&#8217;irlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% o&#8217;rmon. Tulki, buri, malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, kushlardan bedana, qirg&#8217;ovul, yovvoyi o&#8217;rdak va g&#8217;ozlar, Baliqchi, dasht dala to&#8217;rg&#8217;aylari bor. Dengiz va daryolarda baliq ko&#8217;p. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, qisman kemasozlik. Dizel, gidroapparatura, murakkab energetika asbob uskunalari, metall konstruktsiyalar ishlab chiqariladi. &#8220;Dormashina&#8221; (Nikolayev) zavodi skreper, buldozer, asfalt yotqizuvchi mashina va yo&#8217;l mashinalari ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning eng yirik korxonalari: trikotaj, parfyumeriyashisha kombinatlari, tikuvchilik fabrikalari, poyabzal fabrikasi, uysozlik kombinati, devor bloklari, g&#8217;isht, cherepisa, ohaktosh zavodlari bor. Qishloq xo\u2019jalik mexanizatsiyalashgan, ko&#8217;p tarmoqli. G&#8217;alla, sabzavot-poliz, kartoshka, texnika, yem-xashak ekinlari ekiladi, tokzorlar, bog&#8217;va mevazorlar, yaylov va pichanzorlar bor. Baliqchilik va baliq ovlash bilan shug&#8217;ullaniladi. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilikning yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 go&#8217;sht-sut yetishtirish. Qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y boqiladi. Temir yo\u2019l, avtomobil yo&#8217;llari zich. Dengiz transporti muhim ahamiyatga ega. Porti \u2014 Nikolayev. 5 oliy o&#8217;quv yurti, 2 muzey, 3 teatr, kutubxonalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nikolayev viloyati &#8211; Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 yil 22 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 24,6 ming km2. Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nikolayev-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114862","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114862","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114862"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114862\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114881,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114862\/revisions\/114881"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114862"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114862"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114862"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}