{"id":114891,"date":"2024-01-29T07:26:12","date_gmt":"2024-01-29T04:26:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114891"},"modified":"2024-01-29T07:26:20","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:20","slug":"narshaxiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/narshaxiy\/","title":{"rendered":"Narshaxiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja&#8217;far ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik anNarshaxiy (899-959) \u2014 tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog&#8217;ida tug&#8217;ilgan. Tarjimai holiga oid ma&#8217;lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943-944 yillarda &#8220;Buxoro tarixi&#8221; (&#8220;tahqiqi viloyati Buxoro&#8221;) nomli asarini Arab tilida yozib, uni Somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943-954)ga bag&#8217;ishlagan. N.ning o&#8217;g&#8217;li Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Ja&#8217;far asarni Arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997-999), ya&#8217;ni so&#8217;nggi Somoniylar davrigacha to&#8217;ldirishgan. Nasafiyning &#8220;kitob al-qand&#8221; (&#8220;Samarqandiya&#8221;) va Abu Sa&#8217;d as-Sam&#8217;oniy (1113\u2014 1167) ning &#8220;kitob al-ansob&#8221; asarlarida Narshaxiy haqida ma&#8217;lumotlar mavjud. Narshaxiy o&#8217;z tug&#8217;ilgan qishlog&#8217;ida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. 1128 yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178\u2014 79 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi ma&#8217;lumotlar bilan ma&#8217;lum ma&#8217;noda to&#8217;ldirganlar. &#8220;Buxoro tarixi&#8221; 36 bobdan iborat bo&#8217;lib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bag&#8217;ishlangan. Kitobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qadimgi nomlari, qad. podshohlariga bag&#8217;ishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi karmana, Nur, Tavois, Iskajkat, Sharg&#8217;, zandana, Vardona, Afshona, Barkat, romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqalar.&#8221;Tarixi Narshaxiy&#8221; kitobining birinchi begi (yangi Buxoro, 1904). &#8220;Buxoro tarixi&#8221; kitobining birinchi beti (toshkent, 1966). shahar va qishloqlarning tasviriga bag&#8217;ishlangan. Unda bu joylarning tarixi, aholisi va uning mashg&#8217;uloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo&#8217;lgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda O&#8217;rta Osiyoda Arab xalifaligi hukmronligining o&#8217;rnatilishi, Islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va boshqalar boshchiligidagi xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari batafsil hikoya qilinadi. &#8220;Buxoro tarixi&#8221;da 9-asrda O&#8217;rta Osiyoning Arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlatining barpo bo&#8217;lishi va Somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid ma&#8217;lumotlar bo&#8217;lib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham Ark va shahristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixinigina emas, balki butun O&#8217;rta Osiyo tarixini o&#8217;rganishda hamda Nodir manbadir. &#8220;Buxoro tarixi&#8221; Parij (1892)da frantsuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939) da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da o&#8217;zbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan. As: Buxoro tarixi, T., 1966. Ad.: Kamaliddinov Sh. S &#8220;Kitob al-ansab&#8221; Abu sa&#8217;da Abdalkarima ibn Muhammada as-Sam&#8217;ani kak istochnik po istorii i istorii Kultur Sredney Azii, T., 1993; Najmuddin anNasafiy, Samarqandiya, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja&#8217;far ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik anNarshaxiy (899-959) \u2014 tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlog&#8217;ida tug&#8217;ilgan. Tarjimai holiga oid ma&#8217;lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/narshaxiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114891","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114891","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114891"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114909,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114891\/revisions\/114909"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}