{"id":114894,"date":"2024-01-29T07:26:17","date_gmt":"2024-01-29T04:26:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114894"},"modified":"2024-01-29T07:26:26","modified_gmt":"2024-01-29T04:26:26","slug":"nasafiy-abu-hafs-najmiddin-umar-ibn-muhammad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nasafiy-abu-hafs-najmiddin-umar-ibn-muhammad\/","title":{"rendered":"Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad"},"content":{"rendered":"\n<p>Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) \u2014 tarixchi, faqih, tilshunos, muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligiga doir &#8220;al-Manzumat an-nasafiya fil-xilofiyot&#8221; (&#8220;kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari&#8221;), &#8220;Aqoid an-Nasafiy&#8221; (&#8220;Nasafiy aqoidi&#8221;), shariat qonunlari va Qur&#8217;oni Karim sharhiga doir &#8220;al-Yavoqit fil-mavoqit&#8221; (&#8220;qulay vaqtlar xususida yoqutlar&#8221;), 3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) &#8220;taysir Fit-tafsir&#8221; (&#8220;tafsir etishdagi qulayliklar&#8221;), shuningdek, tasavvufga doir &#8220;Risolayi Najmiya&#8221; kitobi bizgacha yetib kelgan bo&#8217;lib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Abu Hafs Nasafiy asarlariga qiziqish qadimdan katta bo&#8217;lgan. Uning &#8220;al-Manzumat un- nasafiya&#8221; asariga zamondoshi Alouddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (vafoti 1157 yil) &#8220;Xasrul masoil va kasrud-Daloyil&#8221; (&#8220;masalalarning cheklangani va dalillar kasri&#8221;) deb nomlangan tafsir bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Sa&#8217;duddin Mas&#8217;ud ibn Umar Taftazoniy (vafoti 1390) Nasafiy asarlariga &#8220;sharhi aqoyid un- nasafiya&#8221; nomli tafsir yozgan. N.ning &#8220;al-kand fiy zikri ulamoi Samarqand&#8221; [&#8220;Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin) kitob&#8221;] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bag&#8217;ishlangan. Unda Movarounnahr tarixi, toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim ma&#8217;lumotlar mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi Arab alifbosi tartibida joylashtirilgan bo&#8217;lib, uning bizgacha yetib kelgan qo&#8217;lyozma nusxasining &#8220;xo&#8221;dan &#8220;kof&#8221; harflarigacha bo&#8217;lgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday bo&#8217;lsada, bu asar mustaqil yurtimiz o&#8217;tmishiga doir bo&#8217;lak manbalarda uchramaydigan ma&#8217;lumotlarga ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. &#8220;O&#8217;zbekiston milliy entsiklopediyasi&#8221; davlat ilmiy nashriyoti Nasafiyning ushbu asarining qisqartirilgan holdagi O&#8217;zbekcha tarjimasini &#8220;Samarqandiya&#8221; nomi ostida chop etgan (2001).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) \u2014 tarixchi, faqih, tilshunos, muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligiga doir &#8220;al-Manzumat an-nasafiya fil-xilofiyot&#8221; (&#8220;kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari&#8221;), &#8220;Aqoid an-Nasafiy&#8221; (&#8220;Nasafiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nasafiy-abu-hafs-najmiddin-umar-ibn-muhammad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114894","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114894","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114894"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114894\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114912,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114894\/revisions\/114912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114894"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114894"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114894"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}