{"id":114948,"date":"2024-01-29T07:51:40","date_gmt":"2024-01-29T04:51:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114948"},"modified":"2024-01-29T07:51:51","modified_gmt":"2024-01-29T04:51:51","slug":"nasrullaxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nasrullaxon\/","title":{"rendered":"Nasrullaxon"},"content":{"rendered":"\n<p>Nasrullaxon (1806.1.6 &#8211; Buxoro 1860.21.9) \u2014 Buxoro amiri (1826 \u2014 1860), mang&#8217;itlarlan. Amir Haydarning o&#8217;g&#8217;li. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan so&#8217;ng hokimiyat uchun kurashlarda akalari Amir Husayn (1797\u2014 1826) va Amir Umar (1826 yil vafot etgan)ni oradan ko&#8217;tarib, Buxoro taxtiga o&#8217;tiradi (1826). Nasrullaxon o&#8217;z hukmronligi davrida Islom shariati ko&#8217;rsatmalariga qat&#8217;iy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi bo&#8217;lganligi bois unga &#8220;Bahodir&#8221;, &#8220;botir&#8221; unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug&#8217; va qavm boshliqlari bo&#8217;lgan ko&#8217;plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g&#8217;ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar o&#8217;tkazib, o&#8217;z qo&#8217;shinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar bo&#8217;luklari va 250 kishilik to&#8217;pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo&#8217;shinining soni 40000 kishidan ortiq bo&#8217;lgan. Nasrullaxon Xiva va Qo&#8217;qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga uringan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun Qo&#8217;qon xonlari tomonidan tortib olingan Xo&#8217;jand, ura-tepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro Amirligiga qaytardi (1840-42). Farg&#8217;ona vodiysi ulamolarining talabi bilan Qo&#8217;qonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qo&#8217;qon xoni Muhammad Alixotsh qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi \u2014 mashhur shoira Nodirabegimni ham o&#8217;ldirtiradi. Nasrullaxon tomonidan Qo&#8217;qonga Ibrohim parvonachi mang&#8217;itning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o&#8217;tkazib, soliqlarni ko&#8217;paytirdi. Natijada tez orada Qo&#8217;qon qo&#8217;ldan ketadi. Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga bo&#8217;ysindiradi (1843). Shuningdek, Nasrullaxon qo&#8217;shini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan so&#8217;ng Shaxrisabzni uzil-kesil egallagan (1856). Shahrisabz Markaziy hokimiyatga bo&#8217;ysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor Iskandar Valloma (valine&#8217;ma)ning singlisi Kenagasxonimga uylandi. Nasrullaxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya-Angliya manfaatlari o&#8217;zaro to&#8217;qnashgan davr hisoblanadi. Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda qozi Hasanxo&#8217;ja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxo&#8217;ja (1829) Aliy Cho&#8217;bin, Mirzo Abdulg&#8217;affor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod me&#8217;moriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy &#8220;Fathnomai sultoniy&#8221; (&#8220;Sulton fathnomasi&#8221;) asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma bo&#8217;lib yetishgan yosh Ahmad Donish Nasrullaxon nazariga tushib, saroyga xizmatga olingan. Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan. Ad.: Traktat Axmad Donisha &#8220;Istoriya mangitskoy dinastii&#8221;. Dushanbe, 1967; Mirza Abdal&#8217;Azim Sami. Tarixi salatini mangitiyya. M., 1962; O&#8217;zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nasrullaxon (1806.1.6 &#8211; Buxoro 1860.21.9) \u2014 Buxoro amiri (1826 \u2014 1860), mang&#8217;itlarlan. Amir Haydarning o&#8217;g&#8217;li. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan so&#8217;ng hokimiyat uchun kurashlarda akalari Amir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nasrullaxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114948","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114948","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114948"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114976,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114948\/revisions\/114976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}