{"id":114949,"date":"2024-01-29T07:51:42","date_gmt":"2024-01-29T04:51:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114949"},"modified":"2024-01-29T07:51:53","modified_gmt":"2024-01-29T04:51:53","slug":"nasrullo-qushbegi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nasrullo-qushbegi\/","title":{"rendered":"Nasrullo qushbegi"},"content":{"rendered":"\n<p>Nasrullo qushbegi (19-asr o&#8217;rtalari \u2014 1918, Karmana) \u2014 mang&#8217;itlar davrida nufuzli saroy arbobi, qo&#8217;shbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, so&#8217;ngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910 yil yanvar voqealaridan keyin Ostanaqul qo&#8217;shbegi o&#8217;rniga qo&#8217;shbegi ( bosh vazir) qilib tayinlangan. Said Olimxon hukmronligi davrida Nasrullo qushbegi mamlakatda amirdan keyingi nufuzli shaxs sifatida mamlakatning asosiy ishlari bilan shug&#8217;ullangan. Rus tilini yaxshi bilgani uchun Amir nomidan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti bilan bevosita muloqotlar o&#8217;tkazgan, bir necha marta Rossiyaga borgan. Nasrullo qushbegi Buxorodagi jadidchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragan. Amir Olimxon tomonidan Buxoroda islohotlar o&#8217;tkazish to&#8217;g&#8217;risidagi Farmon qabul qilinishida muhim rol o&#8217;ynagan (1917 yil 7 aprel). Lekin Buxoroda 1917 yil aprel namoyishidan keyin Olimxon Nasrullo qushbegini jadidlarni qo&#8217;llab-quvvatlaganlikda ayblaydi va uni lavozimidan olib tashlab, o&#8217;rniga mutaassib Nizomiddin Urganjiyni qo&#8217;shbegi qilib tayinladi (1917 yil 15aprel). Nasrullo qushbegi Karmanaga jo&#8217;natiladi va mahbuslikda saqlanadi. U Kolesov voqeasidan keyin Amir Olimxonning farmoniga binoan, 17 kishilik oilasi va butun qarindosh-urug&#8217;lari bilan birga o&#8217;ldirilgan. Ad. H.Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T-, 1992; Xo&#8217;jaev F., Buxoro inqilobining tarixigamateriallar, T., 1997; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (foydali tarix), T., 2001. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nasrullo qushbegi (19-asr o&#8217;rtalari \u2014 1918, Karmana) \u2014 mang&#8217;itlar davrida nufuzli saroy arbobi, qo&#8217;shbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, so&#8217;ngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910 yil yanvar voqealaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nasrullo-qushbegi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114949","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114949","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114949"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114949\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114949\/revisions\/114977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114949"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114949"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114949"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}