{"id":114964,"date":"2024-01-29T07:52:11","date_gmt":"2024-01-29T04:52:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114964"},"modified":"2024-01-29T07:52:26","modified_gmt":"2024-01-29T04:52:26","slug":"nauru-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nauru-2\/","title":{"rendered":"Nauru"},"content":{"rendered":"\n<p>Nauru (Nauru), Nauru Respublikasi (Republik of Nauru) \u2014 tinch okeanning Janubiy-g&#8217;arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan davlat. Maydoni 21 km2. Aholisi 12,3 ming kishi (2002), Rasmiy poytaxti yo&#8217;q. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament \u2014 Yaren okrugida. Ma&#8217;muriy jihatdan 8 okrug (district)ra bo&#8217;linadi. Nauru \u2014 Buyuk Britaniya Hamdo&#8217;stligi tarkibidagi respublika. 1968 yilgi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshligi \u2014 prezident. U parlament a&#8217;zolari orasidan 3 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni aholi tomonidan 3 yil muddatga saylanadigan va 18 a&#8217;zodan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament a&#8217;zolaridan bo&#8217;ladi. Nauru oroli tektonik harakat natijasida suv ostida ko&#8217;tarilgan atoll bo&#8217;lib, unda halqasimon marjon qoyalari ko&#8217;tarmalari saqlangan. Yer yuzasi \u2014 plato (eng baland joyi 65 metr). Platoning chetlaridagi kambar (eni 200 metrgacha) sohil \u2014 terrasasimon. Iqlimi issiq; oylik o&#8217;rtacha temperatura 28\u00b0, yillik yog&#8217;in 2500 mm. Doimiy oqar suvlari yo&#8217;q. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. O&#8217;simligi qattiq bargli daraxt va butalardan iborat. Dengiz qushlari va hasharot ko&#8217;p. Aholisining 60% mahalliy Nauru (polineziyalik)lar, qolgan qismi \u2014 Okeaniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, Filippinlar va yevropaliklar. Rasmiy tillari \u2014 Nauru va ingliz tillari. Dindorlarning 60% \u2014 protestant, qolganlari \u2014 katolik va boshqalar. Orolga yevropaliklardan birinchi bo&#8217;lib 1798 yilda ingliz dengizchisi J. Fern kelgan, 1830-yillardan savdogarlar, marvarid qidiruvchilar ko&#8217;chib kela boshlagan. 1888 yilda Germaniya orolni bosib olib, uni o&#8217;zining Marshall orollari Protektoratiga qo&#8217;shdi. 1898 yilda Nauruda boy fosforit koni topildi. 1914 yilda Orolni Avstraliya qo&#8217;shinlari egalladi. 1919 yilda Nauru Millatlar Ligasining mandatli hududi sifatida Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga birgalikda boshqarish uchun berildi. 1942 yilda Nauruni yaponlar bosib oldi. 1947 yilda BMT ning vasiyligidagi Nauru oroli yana Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya boshqaruviga o&#8217;tdi. 1940-50 yillarda mamlakatda mustaqillik harakati kuchaydi. 1951 yilda qabila boshliklari kengashi (1927 yil tuzilgan) asosida Nauru mahalliy boshqaruv kengashi tashkil etildi. 1966 yilda tuzilgan qonun chiqaruvchi va ijroiya kengashlari mahalliy boshqaruv sohasida haqiqiy huquqlar oldi. Nihoyat, 1968 yilda Nauru mustaqil davlat \u2014 Nauru Respublikasi deb e&#8217;lon qilindi. Nauru \u2014 1999 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 31 yanvar \u2014 Mustaqillik kuni (1968). Nauruda yagona partiya \u2014 Nauru demokratik partiyasi mavjud, u 1987 yilda tuzilgan. Mamlakat kasaba uyushma birlashmasi Nauru ishchi tashkiloti deb ataladi (1974 yilda asos solingan). Iqtisodiyotining asosini fosforit qazib olish va eksport qilish tashkil etadi (yiliga 2 million tonna). Tropik o&#8217;simliklar, asosan, kokos palmasi o&#8217;stiriladi, sabzovot va mevalar ham yetishtiriladi. Baliq ovlash va hunarmandchilik rivojlangan. Chetga, asosan, fosforit va kopra chiqariladi, chetdan oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashina va kon uskunalari, yonilg&#8217;i, uy-ro&#8217;zg&#8217;or asboblari keltiriladi. Sohil bo&#8217;ylab 19 kilometr tosh yo&#8217;l qurilgan. Fosforit koni bilan port oralig&#8217;idagi temir yo\u2019l uzunligi \u2014 6 kilometr. Tashqi savdodagi mijozlari: Avstraliya, Yaponiya, yangi Zelandiya. Pul birligi \u2014 Avstraliya dollari. Nauru maktablarida 2200 kishi ta&#8217;lim oladi. 1000 ga yaqin kishi chet ellarda o&#8217;qiydi. Xukumatga qarashli &#8220;Bulletin&#8221; gazeta ingliz va Nauru tillarida haftada 1 marta chiqadi. Nauru radioeshittirish xizmati (1968 yildan) va Nauru televideniesi (1991 yildan) ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nauru (Nauru), Nauru Respublikasi (Republik of Nauru) \u2014 tinch okeanning Janubiy-g&#8217;arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan davlat. Maydoni 21 km2. Aholisi 12,3 ming kishi (2002), Rasmiy poytaxti yo&#8217;q. Hukumat qarorgohi Meneng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nauru-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114964","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114964","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114964"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114964\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115000,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114964\/revisions\/115000"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114964"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114964"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114964"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}