{"id":115247,"date":"2024-02-02T08:38:15","date_gmt":"2024-02-02T05:38:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115247"},"modified":"2024-02-02T08:38:19","modified_gmt":"2024-02-02T05:38:19","slug":"neft-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/neft-sanoati\/","title":{"rendered":"Neft sanoati"},"content":{"rendered":"\n<p>Neft sanoati \u2014 og&#8217;ir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali jo&#8217;natishni o&#8217;z ichiga oladi. Neft sanoati neft quduqlarini mexanik usulda qazishga o&#8217;tilgan davrdan (AQSh, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada 1-neft qudug&#8217;i Kubanda 1864 yilda qazilgan. Neft sanoati Kanadada 1862 yildan, Venesuelada 1917 yildan, Eronda 1908 yildan paydo bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekistonda dastlabki neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg\u2019ona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 metr chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft olingan). O&#8217;sha yili Vannovsk (hoz. Oltiariq) temir yo\u2019l stansiyasida neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. O&#8217;zbekistonda neft sanoatining paydo bo&#8217;lishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botig&#8217;ida Yorqo&#8217;ton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirildi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni to&#8217;la o&#8217;z nazoratiga oldi. &#8220;Santo&#8221; \u2014 O&#8217;rta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913 yilda jami 13 ming tonna neft qazib olindi. Oktyabr to&#8217;ntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizasiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho&#8217;rolar hokimiyati ixtiyoriga o&#8217;tkazildi. O&#8217;zbekistonga boshqa Respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan ko&#8217;plab mutaxassislar kela boshladi. Qo&#8217;qon shahrida &#8220;O&#8217;zbekneft&#8221; (1924), Termiz shahrida &#8220;Termizneft&#8221; (1936) trestlari tashkil qilindi. Qo&#8217;qon neft texnikumi (1935) ochildi. Urushgacha bo&#8217;lgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940 y.da mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga yetkazildi. 1941-45 yillarda yangi neft konlari (Farg&#8217;ona vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez fursatda ishga tushirildi. Oltiariq zavodi kengaytirildi. O&#8217;sha davrda Respublikada neft sanoatining infratuzilmasi ham vujudga keldi. 1941 yilda 196 ming tonna, 1945 yilda 478 ming tonna neft qazib olindi, 50-yillardan neft konlarida telemexanizatsiya vositalari qo&#8217;llanildi, turbinali burg&#8217;ilash joriy qilina boshladi. 1959 yilda Farg&#8217;ona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o&#8217;zidan 1460 ming tonnadan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etildi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun chu-qur quduklar qazish o&#8217;zlashtirildi. Voruxda 5200 metr, G&#8217;umxonada 5670 metr, Chust-Popda 5805 metr, Mingbuloqda 6006 metr o&#8217;ta chuqur neft quduqlari burg&#8217;ilandi. 1985 yilda Buxoro-Xiva provintsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz kondensatli Ko&#8217;kdumaloq koni ochildi. O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so&#8217;ng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992 yil 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog&#8217;liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, &#8220;O&#8217;zbekneftgaz&#8221; milliy korporatsiyasi tashkil etildi. 1993 yil Farg&#8217;ona botig&#8217;ining o&#8217;ta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv-burg&#8217;ilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xo&#8217;jaligining neftga bo&#8217;lgan talabini to&#8217;liq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Ko&#8217;kdumaloq koni jadal sur&#8217;atlar bilan ishga tushirildi. 1995 yilda O&#8217;zbekistonda 7 million tonnaga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991-2003 yillarda O&#8217;zbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8 marta oshdi (1990 yilda 2,81 million tonna; 1997 yilda 7,9 million tonna) va 1995 yilda neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini ta&#8217;minlashga imkon yaratdi. 2001 yilning yanvarga kelib O&#8217;zbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston \u2014 Malayziya qo&#8217;shma korxonasi (o&#8217;z-Maloyl) (1994) tashkil etildi. O&#8217;zbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000 yilda O&#8217;zbekiston Neft sanoatida gaz kondensati bilan birga 7,53 million tonna neft qazib olindi. Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati ortib bormoqda. Jahonda Neft sanoati AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Abdurahim Ortiqov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neft sanoati \u2014 og&#8217;ir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/neft-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115247","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115247"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115248,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115247\/revisions\/115248"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115247"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115247"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}