{"id":115274,"date":"2024-02-02T10:50:30","date_gmt":"2024-02-02T07:50:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115274"},"modified":"2024-02-02T10:50:41","modified_gmt":"2024-02-02T07:50:41","slug":"nizomulmulk","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nizomulmulk\/","title":{"rendered":"Nizomulmulk"},"content":{"rendered":"\n<p>Nizomulmulk (1017, Tue &#8211; 1092, Nahovand) \u2014 Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, &#8220;nizo-mulmulk&#8221;, ya&#8217;ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda o&#8217;qib, voyaga yetgach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Keyinchalik u Dovud ibn Mikoilga Dabir bo&#8217;ladi.Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha ko&#8217;tariladi. 1072 yil Alp Arslon o&#8217;ldirilgach, uning o&#8217;g&#8217;li, 17 yoshlik Malikshoh (1072-92 yillar) saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini o&#8217;zi olib borgan. Malikshoh uni o&#8217;z homiysi \u2014 Otabek deb atagan. Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistax) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini o&#8217;tkazgan. 1067 yil Bag&#8217;dodda &#8220;Nizomiyya&#8221; aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yil &#8220;Siyosatnoma&#8221; (&#8220;siyar ul-muluk&#8221;) asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo&#8217;shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg&#8217;oqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham o&#8217;rin olgan. Asarning asosiy g&#8217;oyasi shundan iboratki, vazir Nizomulmulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat&#8217;iy qoida va tartib o&#8217;rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo&#8217;lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta&#8217;minlash uchun harakat qilishga da&#8217;vat qiladi. Nizomulmulk Bag&#8217;dod safari yo&#8217;lida yollangan qotil tig&#8217;idan halok bo&#8217;ladi. Ad.: Nizomulmulk, Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk, T., 1997.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nizomulmulk (1017, Tue &#8211; 1092, Nahovand) \u2014 Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, &#8220;nizo-mulmulk&#8221;, ya&#8217;ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nizomulmulk\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115274","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115274","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115274"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115274\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115285,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115274\/revisions\/115285"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115274"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115274"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115274"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}