{"id":115351,"date":"2024-02-02T13:30:43","date_gmt":"2024-02-02T10:30:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115351"},"modified":"2024-02-02T13:30:47","modified_gmt":"2024-02-02T10:30:47","slug":"neytronografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/neytronografiya\/","title":{"rendered":"Neytronografiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Neytronografiya (neytron va &#8230;grafiya) \u2014 neytronlarning sochilishi asosida molekula, suyuqlik va kristallarning tuzilishini o&#8217;rganish usuli. Kristallarning atom va magnit tuzilishi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar neytronlar difraktsiyasini kuzatishdan, molekula va kristalldagi atomlarning issiqlik tebranishlari haqidagi ma&#8217;lumotlar esa neytronlarning sochilishini kuzatishdan olinadi. Neytronlar elektr zaryadsiz zarra bo&#8217;lganligi tufayli ularning moddalarda sochilishi rentgen nurlari va elektronlarga nisbatan boshqacharoq bo&#8217;ladi. Magnitlanuvchi moddalar Neytronografiyasini maxsus bo&#8217;lim \u2014 magnit Neytronografiyasi o&#8217;rganadi. Ba&#8217;zi hollarda Neytronografiya rentgenografiya va boshqa usullarga nisbatan samaraliroq natija beradi. Masalan, Neytronografiya yo&#8217;li bilan yengil va og&#8217;ir elementlardan tashkil topgan kristallardagi vodorod va boshqa yengil element atomlarining o&#8217;rnini bevositalash mumkin. Neytronografiya sohasiga oid dastlabki ishlar (1946-48) E. Fermi nomi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, uning asosiy yo&#8217;nalishlari Amerikalik olimlar E. Uollan va K. Shall tomonidan yoritilgan (1948). Neytronografiyada asosiy vosita yadro reaktorlari devorlaridan maxsus tirqish orqali chiqarilgan issiqlik neytronlari (sekin neytronlar) dastasidir. Dasta ro&#8217;parasiga tekshiriladigan nishon \u2014 modda qo&#8217;yiladi. Nishondan sochilgan neytronlar maxsus hisoblagichlar yordamida qayd qilinadi. Yadro reaktorlari energiya spektri 0,06 ev sohasida maksimumga ega issiklik neytronlari manbai hisoblanadi. Ushbu energiyaga mos de Broyl to&#8217;lqin uzunligi A. ~ 1A kondensirlangan moddalardagi atomlararo masofalar bilan qiyoslanadi. Neytronlar bu moddadagi atomlarning o&#8217;zaro joylashishini difraktsiya yordamida tadqiq qilishga imkon beradi. Issiqlik neytronlari energiyasining atomlarning issiqlik tebranishlari energiyasi bilan qiyoslanishi moddaning dinamik xossalarini o&#8217;rganishga imkon beradi. Neytronning atomlarning magnit momentlari bilan o&#8217;zaro ta&#8217;sirlasha oladigan magnit momenti mavjudligi atomlarning kattaligini, joylashishini va magnit momentlarning o&#8217;zaro yo&#8217;nalishini tadqiq qilishga imkon beradi. Sochuvchi modda (nishon) sifatida polikristall va monokristallar ishlatiladi. Neytronografiya yordamida vodorodli birikmalar (xususan, osh tuzi, organik birikmalar), tartib raqamlari bir-biridan keskin farq qiluvchi elementlar birikmalari (PbS, ThO2, WO2 va hokazolar), tartib raqamlari bir-biriga yaqin elementlar birikmalari (G&#8217;eso,, Ni3Mn va hokazolar), bir elementning ma&#8217;lum izotoplaridan tuzilgan birikmalar va boshqa ko&#8217;pgina murakkab birikmalarning tuzilishi o&#8217;rganiladi. Birikmalar tuzilishini o&#8217;rganish uchun struktura Neytronografiyasi mavjud. Suyuq moddalarni tahlil qilishda ham Neytronografiya juda qo&#8217;l keladi. Bunda tahlil qilinadigan modda solingan idish devorlaridan neytronlar deyarli susaymasdan o&#8217;tadi va rentgen nurlariga nisbatan 103 \u2014 104 marta kam yutiladi. Tajribalarning keng temperatura (1 dan 1500 K gacha) va bosim oraligida olib borilishi va boshqa omillar Neytronografiya usulining boshqa usullardan afzalligini ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neytronografiya (neytron va &#8230;grafiya) \u2014 neytronlarning sochilishi asosida molekula, suyuqlik va kristallarning tuzilishini o&#8217;rganish usuli. Kristallarning atom va magnit tuzilishi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar neytronlar difraktsiyasini kuzatishdan, molekula va kristalldagi atomlarning issiqlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/neytronografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115351","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115351","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115351"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115351\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115358,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115351\/revisions\/115358"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115351"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115351"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115351"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}