{"id":115352,"date":"2024-02-02T13:30:44","date_gmt":"2024-02-02T10:30:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115352"},"modified":"2024-02-02T13:30:49","modified_gmt":"2024-02-02T10:30:49","slug":"nekrobakterioz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nekrobakterioz\/","title":{"rendered":"Nekrobakterioz"},"content":{"rendered":"\n<p>Nekrobakterioz, nekrobasillyoz \u2014 uy hayvonlari va ko&#8217;pgina yovvoyi hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallik. Kasallikni Bacterium necrophorum bakteriyasi qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bakteriya tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri ta&#8217;sirida tez o&#8217;ladi. Nekrobakterioz bilan ko&#8217;proq qo&#8217;y, sigir, ot, tovuq (aksariyat jo&#8217;jalar) kasallanib, odamga xam yuqishi mumkin. Kasallik manbai \u2014 kasal hayvonlar. Bakteriya nafas yo&#8217;li va shikastlangan teri yoki shilliq pardalar orqali organizmni zaharlaydi, natijada to&#8217;qimalarda moddalar almashinuvi buziladi va mayda kon tomirlarida tromblar, ichki organlarda esa metastazalar paydo bo&#8217;ladi. Kasallik katta yoshdagi hayvonlarda surunkali, yoshlarida esa shiddatli o&#8217;tadi. Ko&#8217;pincha tuyoqoralig&#8217;i, tuyoqning yumshoq qismlari, qo&#8217;zilarning lablari, burun qanotlari, og&#8217;iz shilliq pardalari shishib, yara bo&#8217;ladi. Keyinchalik shu joylarda qon aralash yiringli suyuqlik to&#8217;planib, to&#8217;qimalar iriydi. Kasal hayvon ozadi, o&#8217;ladi. Kasallik epizootologik va klinik ma&#8217;lumotlarga asoslanib, bakteriologik tekshirish bilan aniqlanadi. Oldini olish: hayvonlarni boqishda veterinariya-sanitariya qridalariga rioya qilish; ularni to&#8217;laqonli ozuqalar bilan ta&#8217;minlash; mollarni botqoqlangan yaylovlarda boqmaslik. Kasal hayvonlar ajratib olinadi va davolanadi, tuzalishi qiyin bo&#8217;lganlari so&#8217;yiladi. Zararlangan organ va to&#8217;qimalar yo&#8217;qotiladi. Go&#8217;shtini cheklovlarsiz iste&#8217;mol qilish mumkin. Davolash: zararlangan joylar xirurgik yo&#8217;l bilan davolanadi, antibiotiklar, sulfanilamidlar, kasallikning boshlanish davrida kaliy permanganatning 3% li spirtli eritmasi qo&#8217;llanadi. Kasallik tarqalgan xo&#8217;jalikda karantin e&#8217;lon qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nekrobakterioz, nekrobasillyoz \u2014 uy hayvonlari va ko&#8217;pgina yovvoyi hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallik. Kasallikni Bacterium necrophorum bakteriyasi qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bakteriya tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri ta&#8217;sirida tez o&#8217;ladi. Nekrobakterioz bilan ko&#8217;proq qo&#8217;y, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nekrobakterioz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115352","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115352","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115352"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115352\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115359,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115352\/revisions\/115359"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115352"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115352"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115352"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}