{"id":115377,"date":"2024-02-02T16:09:49","date_gmt":"2024-02-02T13:09:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115377"},"modified":"2024-02-02T16:09:56","modified_gmt":"2024-02-02T13:09:56","slug":"nivelirlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nivelirlash\/","title":{"rendered":"Nivelirlash"},"content":{"rendered":"\n<p>Nivelirlash \u2014 geodezik o&#8217;lchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniqlanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlang&#8217;ich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. O&#8217;zbekiston hududida bajaariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizig&#8217;i (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Nivelirlashni bajarish uslubiga qarab geometrik Nivelirlash, trigonometrik Nivelirlash, fizik (gidrostatik, barometrik va Aero) Nivelirlash va stereofotogrammetrik Nivelirlash turlariga bo&#8217;linadi. Geometrik Nivelirlash gorizontal vizir nur, trigonometrik Nivelirlash esa qiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik Nivelirlash bir joyning ikkita qo&#8217;sh aerosuratlarini maxsus optik asbob (masalan, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy relefi modelida o&#8217;lchab bajariladi. Geometrik Nivelirlash nisbatan sodda va aniqligi yuqori bo&#8217;lib, amalda juda keng qo&#8217;llanadi; trigonometrik Nivelirlash esa aniqligi nisbatan past, u tog&#8217;li hududlarda qo&#8217;llanadi. Katta hududlarning topofafik xaritalarini tuzishda stereofotogrammetrik Nivelirlash asosiy hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nivelirlash \u2014 geodezik o&#8217;lchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniqlanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlang&#8217;ich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. O&#8217;zbekiston hududida bajaariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nivelirlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115377","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115377","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115377"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115377\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115387,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115377\/revisions\/115387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115377"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115377"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115377"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}