{"id":115449,"date":"2024-02-02T17:19:30","date_gmt":"2024-02-02T14:19:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115449"},"modified":"2024-02-02T17:19:34","modified_gmt":"2024-02-02T14:19:34","slug":"nijniy-novgorod-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nijniy-novgorod-viloyati\/","title":{"rendered":"Nijniy Novgorod viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Nijniy Novgorod viloyati -Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1929 yil 14 yanvarda tashkil etilgan (1932 yilgacha Nijniy Novgorod o&#8217;lkasi, 1936 yilgacha Gorkiy o&#8217;lkasi, 1990 yilgacha Gorkiy viloyati). Rossiya Yevropa qismining markazida, Volganing har ikkala sohilida joylashgan. Volga-Vyatka iqtisodiy rayoniga kiradi. Maydoni 76,9 ming km2. Aholisi 3657,0 ming kishi (2000). Shahar aholisi 78,2%. 1 km2 ga 48,1 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Viloyat aholisining aksari qismi ruslar (94,7%), shuningdek, tatar (1,6%) mordva (1,0%), ukrain (0,9%), chuvash (0,3%) va boshqalar yashaydi. 48 ma&#8217;muriy tuman, 26 shahar, 71 shaharcha bor. Markazi \u2014 Nijniy Novgorod. Nijniy Novgorod viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining Markaziy qismida joylashgan. Asosan, o&#8217;rmonli o&#8217;rqir dashtdan iborat. Volga daryosi viloyat hududini o&#8217;rmonli Chap sohil (Zavolje) pasttekisligi va o&#8217;ng sohil balandligiga bo&#8217;ladi. Relefning karst shakllari rivojlangan. Qurilish materiallari, torf, fosforitlar, temir rudalari konlari bor. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -12\u00b0, iyulniki 19\u00b0. Yillik yog&#8217;in miqsori 500 mm. Vegetatsiya davri 165-175 kun. Asosiy daryolari: Volga va uning irmoqlari. Gorkiy suv havzasi, ko&#8217;llar (asosan, Zavoljeda) bor. Nijniy Novgorod viloyati Janubiy tayga, aralash va keng bargli o&#8217;rmonlar mintaqasida joylashgan. Tuproqlari asosan, chimli podzol va podzollashgan tuproqlar. Viloyat hududining 40% ga yaqin maydoni o&#8217;rmon. Yassi suvayirg&#8217;ich va pastqamliklarda botqoqlik ko&#8217;p. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, silovsin, bo&#8217;rsiq, chipor yumron-qoziq, olaxurjun va boshqalar bor. Los qo&#8217;riqlanadi. Viloyat hududida Kerjen qo&#8217;riqxonasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (avtomobillar, daryo va dengiz kemalari, samolyotlar, avtomobil va kema dvigatellari, stanoklar, pribor va asboblar, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, televizorlar ishlab chiqariladi), kimyo va neft kimyosi (organik sintez mahsulotlari, plastmassa va sintetik smolalar, organik shisha, bo&#8217;yoq, lok, zaharli kimyoviy preparat va boshqalar), o&#8217;rmon va tsellyuloza qog&#8217;oz, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari ishlab turibdi. Badiiy hunarmandchilik buyumlari ham ishlab chiqariladi. Qishloq xo\u2019jaligiing yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 chorvachilik. Koramol (sut-go&#8217;shtli zotlari), bug&#8217;u, parranda, cho&#8217;chqa boqiladi. Bug&#8217;doy, qand lavlagi, sabzavot (shu jumladan, piyoz), javdar, arpa, suli, grechixa, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Temir yo\u2019l bor. Volga, oka, Vetluga va Sura daryolarida kema qatnaydi. Asosiy daryo porti \u2014 Nijniy Novgorod. 10 oliy o&#8217;quv yurti, 5 teatr, 9 muzey mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nijniy Novgorod viloyati -Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1929 yil 14 yanvarda tashkil etilgan (1932 yilgacha Nijniy Novgorod o&#8217;lkasi, 1936 yilgacha Gorkiy o&#8217;lkasi, 1990 yilgacha Gorkiy viloyati). Rossiya Yevropa qismining markazida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/nijniy-novgorod-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115449","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115449","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115449"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115449\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115460,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115449\/revisions\/115460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115449"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115449"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115449"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}