{"id":115508,"date":"2024-02-03T07:19:52","date_gmt":"2024-02-03T04:19:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115508"},"modified":"2024-02-03T07:19:55","modified_gmt":"2024-02-03T04:19:55","slug":"neptunizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/neptunizm\/","title":{"rendered":"Neptunizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Neptunizm (lotincha Neptunus \u2014 Rim mifologiyasidagi dengiz va suv Xudosi Neptun nomidan) \u2014 geologiya fanida 18-asr oxiri va 19-asr boshida keng o&#8217;rin olgan kontsepsiya. Bunga ko&#8217;ra, barcha tog&#8217; jinslari (jumladan, otqindi jinslar ham) yer yuzini butunlay qoplagan dastlabki dunyo okeani suvida va butun olam to&#8217;foni suvida cho&#8217;kishi natijasida paydo bo&#8217;lgan degan tasavvur hukmron edi. Neptunizm asoschisi \u2014 nemis olimi A. G. Verner. Bu kontsepsiya geologiya fan sifatida shakllanayotgan, lekin to&#8217;fon (olamni suv bosishi) haqidagi rivoyat ta&#8217;siridagi vaqtda vujudga kelgan. Neptunizmning eng tanilgan tarafdorlari (Germaniyada \u2014 A. G. Verner, Frantsiyada \u2014 A. Delyuk, Bukj Britaniyada \u2014 R. Kirvan) Plutonistlarning intruziv tog&#8217; jinslari magmaning sovib krtishidan paydo bo&#8217;ladi, degan to&#8217;g&#8217;ri fikrlarini inkor etdilar. Ular tog&#8217; jinslarining bir joyda qatlamlanib yotish tarkibini barcha materiklarga ham xos deb tushuntirishdi. Tog&#8217; jinslarini 2 guruhga bo&#8217;lishdi: &#8220;dastlab vujudga kelgan&#8221; dunyo okeani suvida kimyoviy kristallanish yo&#8217;li bilan vujudga kelgan jinslar (granit, gneyslar, kristalli slaneslar va boshqa otqindi va metamorfik jinslar) va ular ustida yotuvchi &#8220;flesli&#8221; yoki qatlamli jinslar (ohaktosh, toshko&#8217;mir, gips, tosh tuzi va boshqalar). Bu jinslar neptunistlar tomonidan to&#8217;fon davridagi &#8220;mexanik&#8221; yotqiziqlar deb qaraldi. Tektonik harakatlar tan olinmadi. Vulkan jinslari yer po&#8217;stida oz tarqalgan va ular yer po&#8217;stida ko&#8217;mirning yonishidan hosil bo&#8217;ladi deb qaraldi. 19-asrning 20-yillaridan otqindi jinslarning magmadan vulkan otilishi yo&#8217;li bilan kelib chiqishi to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limotni ko&#8217;pchilik e&#8217;tirof etgandan keyin Neptunizm o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Neptunizm (lotincha Neptunus \u2014 Rim mifologiyasidagi dengiz va suv Xudosi Neptun nomidan) \u2014 geologiya fanida 18-asr oxiri va 19-asr boshida keng o&#8217;rin olgan kontsepsiya. Bunga ko&#8217;ra, barcha tog&#8217; jinslari (jumladan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/neptunizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-115508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115508"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115512,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115508\/revisions\/115512"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}