{"id":115761,"date":"2024-02-05T10:15:58","date_gmt":"2024-02-05T07:15:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115761"},"modified":"2024-02-05T10:16:03","modified_gmt":"2024-02-05T07:16:03","slug":"ivitish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ivitish\/","title":{"rendered":"Ivitish"},"content":{"rendered":"\n<p>Ivitish \u2014 1) to&#8217;qimachilikda \u2014 tolali o&#8217;simliklar (kanop, zig&#8217;ir, jut va boshqalar) poyasidan tolalarni ajratib olish- ga tayyorlash jarayoni; bunda tolalarni bir-biriga yopishtirib turgan pectin moddalar eriydi (parchalanadi). Poya yoki uning po&#8217;stlog&#8217;ini sovuq yoki issiq suvda, bug&#8217;da, har xil kimyoviy moddalar ta&#8217;sirida, dalaning o&#8217;zidagi namgarchilikda Ivitish mumkin. Suvda Ivitish har xil mikroorganizmlarning faoliyatiga asoslangan. Sovuq suvda Ivitishda poya yoki po&#8217;stloq bog&#8217;-bog&#8217; qilib tabiiy (daryo, ko&#8217;l, hovuzlar) yoki sun&#8217;iy suv havzalaridagi suvga botirib qo&#8217;yiladi. Bunda suvning temperaturasi havoning temperaturasiga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, 20\u2014 25\u00b0 dan ortmaydi. Sovuq suvda poya yoki po&#8217;stloq havoning temperaturasiga qarab 10\u2014 30 kunda yetiladi; bunda ivish jarayoni bir tekis bormaydi. Suvning sirtida turgan poyalarda mog&#8217;or zamburug&#8217;larining o&#8217;sishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi; suvga botgan qismining suv sirtiga yaqinroq joyida aerob bakteriyalar, pastki qatlamlarida esa anaerob bakteriyalar rivojlanadi. Bunday har xil mikrofloralar poya va po&#8217;stloqlarning bir tekis ivib etilishiga imkon bermaydi. Suvning pastki qismida temperatura ustki qismiga qaraganda ancha past bo&#8217;lgani uchun ham poyaning hammasi bir tekis ivimaydi. Issiq suv (36-38\u00b0) da poya yoki po&#8217;stloqlar, odatda, yopiq xonalardagi temir-beton baklarda ivitiladi: 3-6 t poya yoki po&#8217;stloq sig&#8217;adigan Bakning suv, regenerat (oldingi ivitishdan qolgan va har xil usullar bilan tiklangan suyuqlik) va bug&#8217;keladigan hamda ishlatilgan suyuqlik chiqarib yuboriladigan quvur va jo&#8217;mraklari bo&#8217;ladi. Oldin Bakka poya yoki po&#8217;stloq bog&#8217;larini joylab, so&#8217;ngra Bakka suyuqlik to&#8217;ldiriladi. Suyuqlik har 10\u2014 12 soatda qisman almashtirib turiladi. Suyuqlik temperaturasini birday tutib turish uchun Bakka bug&#8217; berib turiladi. Issiq suvda ivitganda kanop, jutni Ivitish 7-8 kun, zig&#8217;ir va kanopni I. 3 kun davom etadi. Issiq suv bilan Ivitish jarayoni bir tekis o&#8217;tadi va tola sifatli chiqadi. Poya yoki po&#8217;stloq issiq suvda ivitilganda avvalo aerob, so&#8217;ngra anaerob bakteriyalarning &#8220;ish&#8221; faoliyatidan foydalaniladi. Zig&#8217;ir poyalarini namgarchilik paytida dalaning o&#8217;zida yoyib Ivitish mumkin. Bunda shudring yoki yomg&#8217;ir ivituvchi suyuqlik vazifasini o&#8217;taydi. Bu usul zamburug&#8217;larning faoliyatiga asoslangan. Zamburug&#8217;lar yuqori namlik, aeratsiya va ma&#8217;lum temperaturada yaxshi rivojlanadi va pektin moddalarini parchalaydi. Ivitishning kimyoviy va bug&#8217;lash usullari ham bor. Kimyoviy usulda turli moddalar (tuzlar, kislotalar, ishqorlar va b.)ning eritmalari qo&#8217;llaniladi. Bular pektin moddalarini gidrolizlaydi. Bug&#8217;lab Ivitishda poyalar oldin suvda ivitiladi, so&#8217;ngra bug&#8217;lanadi. O&#8217;zbekistonda, asosan, kanop poyalari ivitiladi; 2) guruch, no&#8217;xat, jo&#8217;xori va boshqa donlarni ovqatga ishlatishdan oldin suvga solib yumshatib olish; 3) yemni suvga solib yumshatib qo&#8217;yish; 4) qatiq tayyorlash (qatiq ivitish).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ivitish \u2014 1) to&#8217;qimachilikda \u2014 tolali o&#8217;simliklar (kanop, zig&#8217;ir, jut va boshqalar) poyasidan tolalarni ajratib olish- ga tayyorlash jarayoni; bunda tolalarni bir-biriga yopishtirib turgan pectin moddalar eriydi (parchalanadi). Poya yoki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ivitish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115761","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115761","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115761"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115761\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115786,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115761\/revisions\/115786"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115761"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115761"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115761"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}