{"id":11583,"date":"2021-11-26T09:19:24","date_gmt":"2021-11-26T06:19:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11583"},"modified":"2025-10-20T09:08:35","modified_gmt":"2025-10-20T06:08:35","slug":"axloq-tuzatish-ishlari-nima-deganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/axloq-tuzatish-ishlari-nima-deganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"AXLOQ TUZATISH ISHLARI nima deganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>AXLOQ TUZATISH ISHLARI &#8211; O&#8217;zbekiston Respublikasida jinoiy jazo turi. Mahkumni axloqan tuzatish \u2014 unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, inson, jamiyat va mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari hamda an&#8217;analariga hurmatni shakllantirishdan iborat. Axloq tuzatish ishlari ish haqining 10% dan 30% gacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda shaxsni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat. Axloq tuzatish ishlari faqat asosiy jazo sifatida 6 oydan 3 yilgacha, jinoyat sodir etish paytida 18 yoshga to&#8217;lmaganlarga nisbatan esa bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Bu jazo ijtimoiy xavfi katta bo&#8217;lmagan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan, ularni jamiyatdan ajratmasdan ham tarbiyalash mumkin bo&#8217;lgan taqdirda tayinlanadi, pensiya yoshiga yetgan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, homilador yoki yosh bolasini boqish uchun ta&#8217;tilda bo&#8217;lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo&#8217;llanilmaydi (O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 46 &#8211; va 83-modda). Qonunda Axloq tuzatish ishlarining ikki turi nazarda tutilgan bo&#8217;lib, bular jazoni mahkumning o&#8217;z ish joyida o&#8217;tashdan yoki jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joyda o&#8217;tashdan iborat. Sud shaxsga Axloq tuzatish ishlarini tayinlaganda jazo turini hukmda ko&#8217;rsatadi. Jinoyat-ijroiya kodeksida Axloq tuzatish ishlarini ijro etish tartibi (26-modda), ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspektsiyasining nazorat ishlari (27-modda) belgilangan. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma&#8217;muriyatiga ham hukmni ijro etish borasida qonun bilan tegishli majburiyatlar yuklatilgan (28-modda). Jazo muddatini hisoblash \u2014 mahkumning ish haqidan ushlab qolingan kundan, ish haqidan ushlab qolish \u2014 jazolarni ijro etish inspektsiyasidan xabarnoma olingan kundan, boshqa joyda o&#8217;taladigan Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun \u2014 jazoni o&#8217;tash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan e&#8217;tiboran boshlanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to&#8217;g&#8217;ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo&#8217;lmasligi shart (JIK, 30-modda). Jazolarni ijro etish inspektsiyasi belgilaydigan joylarda jazoni o&#8217;tash muddati mobaynida inspektsiya yozma ruxsatisiz, mahkum tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ta&#8217;qiqlanadi. Jazo muddati uzluksiz bo&#8217;lgani uchun shu muddat davomida mahkumga mehnat ta&#8217;tili berilmaydi, ishlangan muddat umumiy va uzluksiz ish stajiga qo&#8217;shib hisoblanmaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AXLOQ TUZATISH ISHLARI &#8211; O&#8217;zbekiston Respublikasida jinoiy jazo turi. Mahkumni axloqan tuzatish \u2014 unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, inson, jamiyat va mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari hamda an&#8217;analariga hurmatni shakllantirishdan iborat. Axloq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/axloq-tuzatish-ishlari-nima-deganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11583","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11583","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11583"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11583\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159421,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11583\/revisions\/159421"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11583"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11583"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11583"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}