{"id":11584,"date":"2021-11-26T09:19:40","date_gmt":"2021-11-26T06:19:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11584"},"modified":"2025-10-20T09:08:32","modified_gmt":"2025-10-20T06:08:32","slug":"axloqi-jaloliy-qanaqa-asar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/axloqi-jaloliy-qanaqa-asar\/","title":{"rendered":"&#8220;AXLOQI JALOLIY&#8221; qanaqa asar?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;AXLOQI JALOLIY&#8221; &#8211; Davoniyning axloqqa oid asari. To&#8217;la nomi &#8220;Lavomi ul-ashroq Fi Makorim il-axloq&#8221; (&#8220;Yaxshi xulqlarda nurlar ziyosi&#8221;). Asar Oq qo&#8217;yunli sulolasining asoschisi Hasanbekning iltimosiga ko&#8217;ra uning o&#8217;g&#8217;li Sulton Xalilga atab yozilgan. Unda axloqiy muammolar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Ibn Miskaveyx, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino va Nasriddin Tusiylarning axloqiy ta&#8217;limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat. Muallif birinchi qismda xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida so&#8217;z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, shijoat va iffatga mufassal to&#8217;xtaladi, axloq ilmining maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag&#8217;ishlangan. Unda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash, xulq-odob qoidalari, nutq madaniyati va boshqalar yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag&#8217;ishlangan. Unda shahar, ya&#8217;ni davlatda yashovchi xalqlar, davlat boshlig&#8217;i va fuqarolarning o&#8217;zaro munosabati, jamiyat haqida fikr-mulohazalar o&#8217;rin egallagan. Risola keyingi davrlard Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida keng tarqaldi. U Eron, Hindiston, Arab mamlakatlari, Movarounnahr va Xurosonda maktab va madrasalarda asosiy qo&#8217;llanma vazifasini o&#8217;tagan. Haydar Aliqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;AXLOQI JALOLIY&#8221; &#8211; Davoniyning axloqqa oid asari. To&#8217;la nomi &#8220;Lavomi ul-ashroq Fi Makorim il-axloq&#8221; (&#8220;Yaxshi xulqlarda nurlar ziyosi&#8221;). Asar Oq qo&#8217;yunli sulolasining asoschisi Hasanbekning iltimosiga ko&#8217;ra uning o&#8217;g&#8217;li Sulton Xalilga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/axloqi-jaloliy-qanaqa-asar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11584","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11584","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11584"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159420,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11584\/revisions\/159420"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11584"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11584"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}