{"id":115879,"date":"2024-02-05T15:45:03","date_gmt":"2024-02-05T12:45:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=115879"},"modified":"2024-02-05T15:45:09","modified_gmt":"2024-02-05T12:45:09","slug":"iqlim-melioratsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iqlim-melioratsiyasi\/","title":{"rendered":"Iqlim melioratsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Iqlim melioratsiyasi, iqlimni yaxshilash \u2014 inson manfaati yo&#8217;lida mahalliy sharoitni ijobiy o&#8217;zgartirish (masalan, aholi turmush sharoitini yaxshilash, qishloq xo\u2019jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlantirish va hokazolar) maqsadida iqlimni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ma&#8217;lumki, insonning xo&#8217;jalik faoliyati natijasida iqlim salbiy jihatdan ancha o&#8217;zgarishlarga duchor bo&#8217;ladi. Masalan, o&#8217;rmonlardagi daraxtlarni jadallik bilan kesish, foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish, elektr stansiyalari (atom, issiqlik va gidro-elektr stansiyalari) qurish, sanoat majmualari barpo qilish, qo&#8217;riq yerlarni ochish, botqoqliklarni quritish, suv omborlari qurish, kosmik kemalarni uchirish, atom bombalarini sinash va boshqalar natijasida atmosfera va yer sirtining radiatsiya balansi, issiqlik balansi o&#8217;zgaradi, havo ifloslanadi, temperatura ko&#8217;tarilib, muzliklarning erishi kuchayadi. Bularning barchasi oqibatda iqlimning o&#8217;zgarishiga olib keladi. Ayniqsa, yirik shaharlarda o&#8217;ziga xos salbiy mikroiqlim vujudga keladi, chunki bu yerlarda muntazam ravishda atmosferaga chang, gaz va issiqlik ajralib turadi. Ushbu salbiy oqibatlarni ma&#8217;lum darajada bartaraf qilish va iqlimni yaxshilash maqsadida maxsus tadbirlar ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. Masalan, daraxtzorlarni ko&#8217;paytirish, suv omborlarini me&#8217;yorlab turish, sanoat korxonalarini to&#8217;g&#8217;ri joylashtirish, ularning ish maromini yaxshilash, aholi yashaydigan mavzelarni bir me&#8217;yorda joylashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratib berish, qishloq joylarda sho&#8217;r yuvish va erlarni quritish ishlarini, melioratsiya va sug&#8217;orish ishlarini to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga qo&#8217;yish, zaharli o&#8217;g&#8217;itlarni me&#8217;yorida ishlatish va boshqa tadbirlar iqlimni ancha yaxshilashga xizmat qiladi. Iqlim melioratsiyasi nisbatan katta bo&#8217;lmagan hududlarda, asosan, yer yuzasi va atmosferaning erga yaqin qatlamida o&#8217;tkazilishi mumkin. Kattagina hududlar uchun Iqlim melioratsiyasi texnika vositalari yordamida atmosferaga to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri ta&#8217;sir etishga yoki iqlimni hosil qiluvchi jarayonlarni vujudga keltiruvchi geografik omillarni o&#8217;zgartirishga asoslangan bo&#8217;lishi mumkin. Masalan, yer va kosmik fazo o&#8217;rtasida issiqlik almashinuvini o&#8217;zgartirish uchun atmosferaning yuqori qatlamlarini changlatish; uning umumiy dirkulyasiyasiga ta&#8217;sir etish maqsadida atom energiyasidan foydalanish; okean oqimlari maromini o&#8217;zgartirish uchun okeanda to&#8217;g&#8217;onlar qurish; qutb muzliklarini eritish va hokazolar tadbirlarni bajarish. Yerdagi mo&#8221;tadil iqlim sharoitlarini saqlash va atrof muhitda sodir bo&#8217;layotgan tabiiy jarayonlarga antropogen aralashish tufayli iqlimning yomonlashuvini cheklash choralari ko&#8217;rish maqsadga muvofiqdir (masalan, maxsus reagentlar yordamida bulutlar va tumanliklarni tarqatish, sun&#8217;iy yog&#8217;inlar yog&#8217;dirish, yashil zonalar hosil qilish va hokazolar). Iqlim melioratsiyasining asosiy vazifalaridan biri qishloq xo\u2019jalik o&#8217;simliklarining rivojlanish sharoitlarini yaxshilashdir. Shu sababli, Iqlim melioratsiyasi ekin maydonlarini shamoldan to&#8217;suvchi daraxtzorlarni ko&#8217;paytirish, tuproq meliorasiyasi va sun&#8217;iy sug&#8217;orish, tog&#8217; va cho&#8217;l mintaqalarida sun&#8217;iy yo&#8217;l bilan yog&#8217;in yog&#8217;dirish usullari orqali amalga oshiriladigan qishloq xo\u2019jalik melioratsiyasining tarkibiy qismiga kiradi. Iqlim xossalaridan qishloq xo\u2019jalik ekinlari rivojlanishiga eng noqulayi issiqlik va namlik yetishmasligi hisoblanadi. Namlik yetishmaydigan mintaqalarda yog&#8217;in ko&#8217;rinishida bulutlardan yog&#8217;adigan barcha suv quyosh nurlari issiqligi ta&#8217;sirida tez orada bug&#8217;lanib ketadi va o&#8217;simliklar kerakli namlikdan mahrum bo&#8217;ladi. Bu mintaqalarda Iqlim melioratsiyasi sun&#8217;iy sug&#8217;orish yordamida amalga oshiriladi, uning samaradorligini dalani quruq shamollardan to&#8217;suvchi daraxtzorlar yordamida ko&#8217;tarish mumkin. Ortiqcha namlikka ega va issiqlik etishmaydigan joylar va doimo quruq, namlik keskin yetishmaydigan mintaqalar orasidagi maydonlarda ayrim yillari qishloq xo\u2019jalik ekinlariga katta ziyon yetkazuvchi qurg&#8217;oqchiliklar kuzatiladi. Bu joylarda o&#8217;simlik uchun eng xavflisi garmseldir. Bu yerlarda melioratsiya tadbirlarining asosiy maqsadi o&#8217;simliklarning tuproq qatlamidagi o&#8217;zlashtirishi mumkin bo&#8217;lgan namlik zaxirasini ko&#8217;paytirish va garmsellarning salbiy ta&#8217;sirini yumshatishdan iboratdir. Umumiy yog&#8217;inlar miqdori yetarli, qurg&#8217;oqchilik ahyon-ahyonda bo&#8217;lib turaditan joylarda bu ishlar tuproq namligi zaxirasini oshirish, dalani quruq shamollardan to&#8217;suvchi daraxtzorlarni ko&#8217;paytirish va tuproq melioratsiyasini qo&#8217;llab amalga oshiriladi. O&#8217;zbekistonda sobiq Ittifoq davrida qo&#8217;riq yerlarning ko&#8217;plab o&#8217;zlashtirilishi, sun&#8217;iy suv omborlari qurilishi, Orol dengizining quriy borishi, mineral o&#8217;g&#8217;itlardan foydalanishda me&#8217;yorning buzilishi, sanoat korxonalarining shaharlar ichida joylashtirilganligi va boshqa omillar iqlimning salbiy o&#8217;zgarishiga sabab bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, bu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish tadbirlari ko&#8217;rila boshladi. Xususan, Orol dengizining to&#8217;ldirish choralarini ko&#8217;rish, uning atrofidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, sug&#8217;orish tizimlarini tartibga solish, suv omborlaridan to&#8217;g&#8217;ri foydalanishni yo&#8217;lga qo&#8217;yish, shaharlar ichidagi sanoat korxonalarida tozalash tizimlaridan unumli foydalanish, zararli mineral o&#8217;g&#8217;itlarni me&#8217;yorida ishlatish, ihota daraxtlari ekish, o&#8217;rmonli zonalarni kengaytirish, sun&#8217;iy yomg&#8217;irlatish tizimlaridan foydalanish, budut va tumanlarni haydash usullaridan foydalanish va hokazo tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ekosan fondining tashkil qilinishi ham Iqlim melioratsiyasi tadbirlarini amalga oshirishga ijobiy ta&#8217;sir qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqlim melioratsiyasi, iqlimni yaxshilash \u2014 inson manfaati yo&#8217;lida mahalliy sharoitni ijobiy o&#8217;zgartirish (masalan, aholi turmush sharoitini yaxshilash, qishloq xo\u2019jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlantirish va hokazolar) maqsadida iqlimni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iqlim-melioratsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-115879","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115879","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=115879"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115879\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":115893,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/115879\/revisions\/115893"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=115879"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=115879"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=115879"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}