{"id":116037,"date":"2024-02-07T15:38:58","date_gmt":"2024-02-07T12:38:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116037"},"modified":"2024-02-07T15:39:02","modified_gmt":"2024-02-07T12:39:02","slug":"pangolinlar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pangolinlar-2\/","title":{"rendered":"Pangolinlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Pangolinlar, yashcherlar (Pholidota) \u2014 yo&#8217;ldoshli sut emizuvchilar turkumi. Filogenetik jihatdan qad. hasharotxo&#8217;rlarning bir tarmog&#8217;i. Pangolinlar \u0448\u0447tisoslashgan guruh, ayrim anatomik xususiyatlariga ko&#8217;ra, chala tishlilarga yaqin. Gavdasining uzunligi 30 santimetrdan 88 santimetrgacha, dumi 35-80 santimetr, og&#8217;irligi 4,5\u201427 kilogramm. Gavdasi orqa va yon tomondan yirik muguz tangachalar bilan qoplangan. Tumshug&#8217;i uzun konussimon. Oyoqlari 5 barmoqli, tirnoqlari kuchli rivojlangan, o&#8217;tkir. Tili chuvalchangsimon (uzunligi 25 santimetrgacha), hasharotlarni tutish uchun xizmat qiladi. Asosan, chumoli va termitlarni terib yeydi. Tishlari bo&#8217;lmaydi. 1 ta oila, 1 ta urug&#8217; va 7 ta turi ma&#8217;lum. Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. O&#8217;rmon, butazor va savannalarda yashaydi. Yerda va daraxtlarda kechasi hayot kechiradi, kunduzi ini va daraxt kovagida yashirinib yotadi. Xavf tug&#8217;ilganida sharga o&#8217;xshash yumaloq bo&#8217;lib oladi. Yilda 1 marta 1 ta, ba&#8217;zan 2 ta bola tug&#8217;adi. Go&#8217;shti va hech qanday asossiz shifobaxsh hisoblanadigan muguz tangachalari uchun ovlanadi. Mahalliy aholi shu tangachalardan har xil buyumlar yasaydi. Ayrim turlarining soni juda kamayib ketgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pangolinlar, yashcherlar (Pholidota) \u2014 yo&#8217;ldoshli sut emizuvchilar turkumi. Filogenetik jihatdan qad. hasharotxo&#8217;rlarning bir tarmog&#8217;i. Pangolinlar \u0448\u0447tisoslashgan guruh, ayrim anatomik xususiyatlariga ko&#8217;ra, chala tishlilarga yaqin. Gavdasining uzunligi 30 santimetrdan 88 santimetrgacha, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pangolinlar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-116037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116043,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116037\/revisions\/116043"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}