{"id":11604,"date":"2021-11-26T09:25:02","date_gmt":"2021-11-26T06:25:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11604"},"modified":"2025-10-20T09:02:26","modified_gmt":"2025-10-20T06:02:26","slug":"axsikat-qanday-shahar-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/axsikat-qanday-shahar-bolgan\/","title":{"rendered":"AXSIKAT qanday shahar bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>AXSIKAT \u2014 qadimgi shahar xarobasi. Namangan viloyati To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumanidagi Shahand qishlog&#8217;i hududida, Sirdaryoning o&#8217;ng sohilida joylashgan. Tarixiy ma&#8217;lumotlarga qaraganda, Axsikat shahri miloddan avvalgi 3 \u2014 2-asrlarda vujudga kelgan, 9 \u2014 10 &#8211; asrlarda Farg&#8217;ona vodiysining poytaxti bo&#8217;lgan. 1219 yil mo&#8217;g&#8217;ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Axsikatning eski o&#8217;rnidan 5 \u2014 7 kilometr g&#8217;arbda bunyod etilgan yangi shahar \u2014 Axsi 14\u2014 17-asrlarga oiddir. Axsikatni arxeologik jihatdan o&#8217;rganish ishlari 19-asr oxirlari -20- asr boshlaridan boshlangan. 1885 yil N. I. Veselovskip, 1914 yil I. A. Kastane qazish va qidiruv ishlari olib borgan. Sho&#8217;rolar davrida M. E. Massoy (1939) va A. N. Bernshtam (1948) lar tekshirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Axsikat Ark, Shahriston va raboddan iborat bo&#8217;lganligi, shaharning uch qismi ham alohida devorlar bilan o&#8217;ralganligi, arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki bozor, jome masjidi, pishiq g&#8217;ishtdan ishlangan hovuz va ariqlar, rabodda hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud bo&#8217;lganligi aniqlangan. Axsikat Namangan o&#8217;lkashunoslik muzeyi xodimlari tomonidan ham o&#8217;rganilgan (1957 &#8211; 59). 1960 yil O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti uyushtirgan maxsus ekspeditsiya Axsikat rabodidan 11 &#8211; asrga oid ko&#8217;hna hammom o&#8217;rnini ochgan. U yerdan sopol idish, quvur, chaqa tanga va shisha buyumlar topilgan. Bundan tashqari, Axsikat xarobalaridan g&#8217;arbrokda o&#8217;rta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan. Akademik Ya. G\u2019. G&#8217;ulomov va arxeolog I. Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo&#8217;lganligini, ulardan biri qad. Axsikat va ikkinchisi Bobur tug&#8217;ilgan Axsi ekanligini birinchi bo&#8217;lib isbotladilar. 1967 yil rassom I. A. Smirnov Axsikat xarobalaridan yig&#8217;ib jamlagan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar majmuasini Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim etgan. Axsikat yodgorligi o&#8217;zbek xalqi madaniyati tarixida muhim o&#8217;rin tutganligi uchun 1950 yildan davlat muhofazasiga olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AXSIKAT \u2014 qadimgi shahar xarobasi. Namangan viloyati To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumanidagi Shahand qishlog&#8217;i hududida, Sirdaryoning o&#8217;ng sohilida joylashgan. Tarixiy ma&#8217;lumotlarga qaraganda, Axsikat shahri miloddan avvalgi 3 \u2014 2-asrlarda vujudga kelgan, 9 \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/axsikat-qanday-shahar-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11604","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11604","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11604"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11604\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":159400,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11604\/revisions\/159400"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11604"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11604"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11604"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}