{"id":116511,"date":"2024-02-13T15:27:58","date_gmt":"2024-02-13T12:27:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116511"},"modified":"2024-02-13T15:28:03","modified_gmt":"2024-02-13T12:28:03","slug":"idiku-ibn-qutlugqabo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/idiku-ibn-qutlugqabo\/","title":{"rendered":"Idiku ibn Qutlug&#8217;qabo"},"content":{"rendered":"\n<p>Idiku ibn Qutlug&#8217;qabo (rus solnomalarida \u2014 Edigey, Edigey) (1352\u2014 1419) \u2014 No&#8217;g&#8217;ay O&#8217;rda xoni (1396 yildan), Oltin Urdada amiri lashkar (1397 yildan), uning amaldagi hukmdori (1399\u2014 1412). Mang&#8217;it biy (bek)laridan bo&#8217;lmish Idiku 1377 yil Oltin O&#8217;rda xoni O&#8217;rusxon ta&#8217;qibidan qochib Amir Temur huzuriga kelgan va uning qo&#8217;shinida amirlik qila boshlagan. 1391 yil Amir Temurning To&#8217;xtamishta qarshi yurishida ishtirok etgan. So&#8217;ng, 1396 yil Idil (Volga) va yoyiq (Ural) daryolari oralig&#8217;idagi hududda Oltin O&#8217;rdadan mustaqil No&#8217;g&#8217;ay O&#8217;rda davlatini tashkil qilgan. 1397 yil Oltin O&#8217;rdani zabt etib, O&#8217;rusxonning nabirasi Temur Qutlug&#8217;ni rasman taxtga o&#8217;tqazgan bo&#8217;lsada, amalda davlatni o&#8217;zi idora qilgan, hokimiyatni qo&#8217;ldan chiqarmaslik maqsadida 20 ta o&#8217;g&#8217;lini Oltin O&#8217;rdaning turli viloyatlariga noib etib tayinlagan. Temur Qutlug&#8217; vafot etgach (1399), Idiku taxtga unin go&#8217;g&#8217;li Shodibekni o&#8217;tqazgan. Ammo, Shodibek To&#8217;xtamish bilan til biriktirib Idikuga qarshi jang qilgan, engilgach, Darbandga qochgan. Shundan keyin Idiku Oltin O&#8217;rda taxtiga Shodibekning o&#8217;g&#8217;li po&#8217;lod Sultonni o&#8217;tqazib, Litva knyazi Bumoem (1350-1430) va uning panohiga qochib borgan To&#8217;xtamishga qarshi yurish qilgan hamda ularning Birlashgan qo&#8217;shinini Vorskla daryosi bo&#8217;yidagi jangda tor-mor keltirgan (1399). 1408 yil Idiku Oltin O&#8217;rdaga xiroj to&#8217;lamay qo&#8217;ygan Rusga bostirib kirib, uning ko&#8217;plab shaharlari (Serpuxov, Dmitrov, Rostov, Pereyaslavl, Nijniy Novgorod va boshqalar) ni vayron qilgan, Moskvani esa qurshab olib, katta tovon evazigagina vayron etmay ortiga kaytgan. Idiku 1410-12 yillarda Oltin O&#8217;rda shahzodalari o&#8217;rtasida bo&#8217;lgan taxt uchun kurash oqibatida hokimiyatdan ajrab, Xorazmga qochgan, lekin Shohrux tomonidan u yerdan quvib chiqarilgan (1414). So&#8217;ng, u To&#8217;xtamishning o&#8217;g&#8217;illari Karimberdi va Qodirberdi bilan bo&#8217;lgan jang (1419) da o&#8217;ldirilgan. O&#8217;zbek, qozoq, turkman, no&#8217;g&#8217;ay, tatar va boshqa turkiy xalqlar orasida tarqalgan &#8220;Idiku&#8221; (&#8220;Edigey&#8221;) dostoni Idiku xususidadir. Ad.: Grekov B. D., Ya kubovskiy A. Yu., Oltin O&#8217;rda va uning qulashi, T., 1964; Ibn Arabshoh, Amir Temur tarixi, T., 1992. Nashi Norkulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Idiku ibn Qutlug&#8217;qabo (rus solnomalarida \u2014 Edigey, Edigey) (1352\u2014 1419) \u2014 No&#8217;g&#8217;ay O&#8217;rda xoni (1396 yildan), Oltin Urdada amiri lashkar (1397 yildan), uning amaldagi hukmdori (1399\u2014 1412). Mang&#8217;it biy (bek)laridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/idiku-ibn-qutlugqabo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-116511","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116511"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116516,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116511\/revisions\/116516"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116511"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116511"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}