{"id":116525,"date":"2024-02-29T10:47:48","date_gmt":"2024-02-29T07:47:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116525"},"modified":"2024-02-29T10:47:51","modified_gmt":"2024-02-29T07:47:51","slug":"ishlab-chiqaruvchi-kuchlar-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ishlab-chiqaruvchi-kuchlar-3\/","title":{"rendered":"Ishlab chiqaruvchi kuchlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar \u2014 ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo&#8217;lgan ishlab chiqarish vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson bilan tabiat o&#8217;rtasidagi &#8220;modda almashuvi&#8221;ni amalga oshiradigan sub&#8217;yektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va ma&#8217;naviy o&#8217;zlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. O&#8217;zlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari \u2014 moddiy boyliklar yaratiladi, ayni paytda uning o&#8217;zi ham kamol topib, rivojlanib boradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va iste&#8217;mol vositalaridan iborat. Ishlab chiqarish vositalari insonning tabiatga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yo&#8217;naltirilgan mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takomillashadigan, tez o&#8217;zgaradigan tarkibiy qismi \u2014 mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va boshqalar) hisoblanadi. Shu sababli Ishlab chiqaruvchi kuchlar o&#8217;zgarishi mehnat qurollarining o&#8217;zgarishidan boshlanadi. Ishlab chiqarish binolari, yo&#8217;llar, kanallar, energetika tarmog&#8217;i, aloqa vositalari, quvur transporti, turli sig&#8217;imli tsisternalar va boshqalar ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar ko&#8217;rsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi. Bu jarayonda fan bevosita Ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanadi (19-asrdan boshlab ishlab chiqarish bilan fanning qo&#8217;shilishi dastlab murakkab ishlab chiqarish vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asrning 2-yarmida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qo&#8217;llash va boshqalar). Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va ko&#8217;payishi, inson ehtiyojlarining o&#8217;sib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi ko&#8217;pgina omillar ta&#8217;sir qiladi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita Ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada Ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, tarixiy jarayonning asosiy omili bo&#8217;lgan mehnat unumdorligi o&#8217;sishini ta&#8217;minlaydi. Har bir mamlakatda Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlantirish va uni mintaqalar bo&#8217;yicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni kompleks o&#8217;rganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. G&#8217;arbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari Ishlab chiqaruvchi kuchlar tushunchasi o&#8217;rniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qo&#8217;llaydi. Sherqul Shodmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar \u2014 ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo&#8217;lgan ishlab chiqarish vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson bilan tabiat o&#8217;rtasidagi &#8220;modda almashuvi&#8221;ni amalga oshiradigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ishlab-chiqaruvchi-kuchlar-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-116525","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116525","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116525"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116525\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116526,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116525\/revisions\/116526"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116525"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116525"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116525"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}