{"id":116847,"date":"2024-05-08T18:03:05","date_gmt":"2024-05-08T15:03:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116847"},"modified":"2024-05-08T18:03:12","modified_gmt":"2024-05-08T15:03:12","slug":"mogullar-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mogullar-davlati\/","title":{"rendered":"Mo&#8217;g&#8217;ullar davlati"},"content":{"rendered":"\n<p>Mo&#8217;g&#8217;ullar davlati &#8211; 13-a. ning 1-yarmida Chingizxon va uning vo- rislarining istilochilik urushlari na- tijasida barpo etilgan davlat. 1206 y. bahorda Mo&#8217;g&#8217;ulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga &#8220;Chingizxon&#8221; (&#8220;ulug&#8217;xon&#8221;) deb nom be- rilgan, tashkil etilgan davlat &#8220;yakka mongol ulus&#8221; deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yo&#8217;lida bir qancha islohotlar o&#8217;tkazgan. Jumladan, ming oilani bir ma&#8217;muriy birlikka bo&#8217;lishga asoslangan va harbiy tus beril- gan yangi ma&#8217;muriy tuzum joriy etilgan. Unga ko&#8217;ra, Chingizxonga tobe bo&#8217;lganlar jami 95 ta &#8220;ming oila&#8221; birligiga bo&#8217;lib chiqilgan va bularning har biri- ga urush davrida Chingizxonga sadoqat b-n xizmat ko&#8217;rsatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ay- Rim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham bo&#8217;lgan. Min-gliklarni tash- kil etishda imkon boricha bir toifada- gi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka e&#8217;tibor berilgan. Mazkur &#8220;ming oila&#8221;lar, o&#8217;z na- vbatida, g&#8217;arbiy &#8220;o&#8217;ng qanot&#8221; va Sharqiy &#8220;so&#8217;l qanot&#8221;, Markaziy va tog&#8217;liklar kabi 4 qismga bo&#8217;lingan. har bir ming oila yuzlikka va o&#8217;nlikka bo&#8217;lingan. Aholini ro&#8217;yxatga olish ishlari amalga oshiril- gan. 15 yoshdan 70 yoshgacha bo&#8217;lgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qo&#8217;shinda qattiq tartib o&#8217;rnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilan- gan. Savdo yo&#8217;llari, avvalambor Buyuk ipak yo&#8217;lining xavfsizligini ta&#8217;min &#8211; lab, undan to&#8217;la foydalanishga e&#8217;ti- bor berilgan. Bu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan. Chingizxon mo&#8217;g&#8217;ullardan ko&#8217;p sonli yaxshi qurollangan, qattiq in-tizomga asoslangan va uyushgan qo&#8217;shin tuzadi. 13-a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoy- ishtalik davrida chorvachilik b-n mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan barcha mo&#8217;g&#8217;ul aholisi muqoraba e&#8217;- lon qilinishi b-n tezda o&#8217;n, yuz, ming, o&#8217;n ming jangchi \u2014 tuman bo&#8217;linmalaridan iborat muntazam qo&#8217;shinga aylantirilar- Di. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida o&#8217;zita zarur bo&#8217;ladigan qurol-yarog&#8217;, tur- li an-jomlar va ot-ulovlarini oldin- dan tayyorlab qo&#8217;yishga majbur bo&#8217;lgan. Qo&#8217;shin yuzboshi, mingboshi, tumanbo- shilar tomonidan boshqarilgan. Tuman bo&#8217;linmalariga, odatda, shahzodalar qo&#8217;mondonlik qilgan. Asosiy qo&#8217;shindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvar- diya (&#8220;keshik&#8221;) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir bo&#8217;ladigan xavf-xatarga qarshi tashla- nardi. Davlat ma&#8217;muriyatini markazlash- tirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal&#8217;asini o&#8217;z imperiyasining poytaxti- ga aylantiradi. Xatsavodga mutlaqo ega bo&#8217;lmagan, madaniyati ni-hoyatda tuban mo&#8217;g&#8217;ullar davlat boshqaruv ishlarida uyg&#8217;urlardan hamda musulmon savdogar- laridan foydalandilar. Chingizxon va no&#8217;yonlarining maslahatchilari, mirzola- ri va ba&#8217;zi bir mulk ma&#8217;murlari, aso- san, uyg&#8217;urlardan bo&#8217;lgan. Mac, Sharqiy uyg&#8217;urlar xoni Idiqut (Saodatbek) xon- ning yaqin do&#8217;sti va maslahatchisi edi. Ta- shatun ismli uyg&#8217;ur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xat- savodga o&#8217;rgatuvchi ustod vazifasini ba- jargan. Chingizxon tarqoq jangari mo&#8217;g&#8217;ul urug&#8217;larini birlashtirgach, Tajo-vuz- korliksiyosatini yurgizdi (q. Mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi). Zabt etilgan o&#8217;lka va viloyat- larni Chingizxon 1224 y.da o&#8217;g&#8217;illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Jan. Si- bir, Dashti Qipchoq, Volga bo&#8217;yi, Xorazm va Darbandgacha bo&#8217;lgan o&#8217;lka Chingizxon- ning to&#8217;ng&#8217;ich o&#8217;g&#8217;li Jo&#8217;jiga (uning vafo- tidan keyin esa, nabirasi Botuga meros bo&#8217;lgan) topshirildi, Sharqiy Turki- ston, Ettisuv va mo-varounnahrga uning 2-o&#8217;g&#8217;li Chig&#8217;atoy ega bo&#8217;ldi. Chingizxon o&#8217;z vatani Mo&#8217;g&#8217;ulistonni, shuningdek, Xi- toyni 3-o&#8217;g&#8217;li va vorisi O&#8217;qtoyga berdi. Kenja o&#8217;g&#8217;li Tulug&#8217;a esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, mo&#8217;g&#8217;ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kiri- shadi. Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251-59) M.D. tarkibiga Mo&#8217;g&#8217;uliston, shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va O&#8217;rta Osiyo, Zakavkaze, Eron, Afg&#8217;oniston va rus erlarining aksariya- ti kirgan. Biroq, M.D.da ichki birlik yo&#8217;q edi, u turli tillarda so&#8217;zlashuvchi ko&#8217;plab xalqlarni zo&#8217;rlik b-n birlashtirgan edi, bu xalqlar turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida bo&#8217;lib, ularning ko&#8217;pchiligi taraqqiyot daraja- siga ko&#8217;ra mo&#8217;g&#8217;ullardan ancha ustun edi- lar. Munke o&#8217;limidan so&#8217;ng M.D. parchala- nib keta boshlagan. Undan dastlab Botu (1236-55 y.lar hukmronlik qilgan) va Xuloku (1256-65 y.lar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, mo&#8217;g&#8217;ullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davlatlar tuzganlar (Oltin O&#8217;rda, Hulokuiylar davlati). Bu davlat- lar M.D. ishlariga aralashmagan- lar va o&#8217;z navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishi- ga yo&#8217;l qo&#8217;ymaganlar. Munkening o&#8217;rniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260\u2014 94 y.lar hukmronlik qilgan) davrida mo&#8217;g&#8217;ullar Xitoyning butun hududini bo- sib olishgan. Xubilay va uning vorisla- ri saltanati yuan deb atala boshlagan. 1368 y. Xitoydagi xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni nati- jasida mo&#8217;g&#8217;ullar u erdan quvilganlar. Kulikovo jangits&amp;ch so&#8217;ng mo&#8217;g&#8217;ullarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. 14-a.ning 2-yarmida Eron, Zakavkaze va O&#8217;rta Osiyoda mo&#8217;g&#8217;ullar hukmronligi tu &#8211; gatilgan. 14-a.ning so&#8217;nggi choragida M.D. barham topgan. 15-a.da Esenxon (1440\u2014 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479-1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib M.D.ni tiklashga harakat qildilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanxonning o&#8217;limidan keyin mamlakat Jan. Mongoliya va shim. Mongoliyaga bo&#8217;linib ketdi. Shim. Mongo- liya ham, o&#8217;z navbatida, G&#8217;arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da mongoli- yaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi. Abdulahad Xo&#8217;jaev, Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mo&#8217;g&#8217;ullar davlati &#8211; 13-a. ning 1-yarmida Chingizxon va uning vo- rislarining istilochilik urushlari na- tijasida barpo etilgan davlat. 1206 y. bahorda Mo&#8217;g&#8217;ulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mogullar-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116847","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116847","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116847"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116847\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116856,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116847\/revisions\/116856"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116847"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116847"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116847"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}