{"id":116860,"date":"2024-05-08T18:08:41","date_gmt":"2024-05-08T15:08:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116860"},"modified":"2024-05-08T18:08:45","modified_gmt":"2024-05-08T15:08:45","slug":"myanma-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/myanma-2\/","title":{"rendered":"Myanma"},"content":{"rendered":"\n<p>Myanma, Myanma Ittifoqi Re- spublikasi (Republic of the Union of Myanmar) \u2014 Jan. -Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning shim. -g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 678,5 ming km2. Aholisi 42 mln. Kishi (2002). Poytaxti \u2014 Yangon sh. Ma&#8217;-muriy jihatdan 7 millim viloyat va 7 ma&#8217;mu- riy viloyatga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. M. \u2014 respublika. 1994 y. 9 apr.dagi M. Ittifoqi Respu- blikasi Konstitusiyasi amal qiladi. Konsti-tusiyaga binoan, davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 Millat Majlisi; ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Parlament saylovigacha davlat va qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi tinchlik va taraqqiyot davlat kengashidir. Tabiati. M. \u2014 asosan, tog&#8217;li mamla- kat. Eng baland joyi 5881m (Kxakabora- zi tog&#8217;i). Sharqida Shan tog&#8217;ligi va uning dengiz bo&#8217;yigacha cho&#8217;zilgan tizmalari, g&#8217;arbida Rakxayn (Arakan-yoma), Patkay va b. tizmalar bor. Tog&#8217;larning zamini kembriygacha paydo bo&#8217;lgan kristalli va cho&#8217;kindi jinslardan tarkib topgan. Ira- Vadi tekisligi quruqlik, Daryo, ko&#8217;l va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressi- yadan iborat. Muhim qazilma boyliKla- ri: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qo&#8217;rg&#8217;oshin va pyx, tabiiy gaz va b. Iklimi issiq, o&#8217;zgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy \u2014 apr.ning o&#8217;rtacha t-rasi 30-32\u00b0, yanv. niki 13-15\u00b0 dan (shim. da) 20-25\u00b0 gacha (Jan.da); tog&#8217;larning shamolga ro&#8217;para yon bag&#8217;irlariga 6000\u2014 6500 mm gacha yog&#8217;in tushadi. Seryog&#8217;in oy- lari iyun\u2014okt. Mart va apr. eng qurg&#8217;- oqchil va issiqoylardir. Daryolari mus- son yomg&#8217;irlari mavsumida to&#8217;lib oqadi. Har yili toshqinlar bo&#8217;lib turadi. Eng katta daryolari \u2014 Iravadi, Saluin. Ko&#8217;l kam, eng yirik ko&#8217;li \u2014 Inle. Tog&#8217;li joylarda tarkibida oziq moddalari kam o&#8217;rmon tuproklari, sariq-qo&#8217;ng&#8217;ir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurg&#8217;oqchil Markaziy viloyatlarda yuvilgan qizg&#8217;ish- qo&#8217;ng&#8217;ir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar ko&#8217;proq uchraydi. Hududining 60% o&#8217;rmon. Tog&#8217;larning seryog&#8217;in quyi mintaqalarida doim yashil tropik o&#8217;rmonlar (palma, bambuk, kash- tan, sarv, qarag&#8217;ay va b.), yuqorirokda dub, 1200 m dan boshlab igna bargli o&#8217;rmonlar, butazorlar, o&#8217;tloklar, te- kisliklarda barg tashlaydigan tropic o&#8217;rmonlar, ayrim joylarda tik daraxti o&#8217;rmonlari, savannalar, Daryo deltalari hamda sohillarida mangra chakalakzorla- ri bor. Hayvonlardan maymun, bug&#8217;u, ta- pir, jayra, PanteRa, mangusta, yo&#8217;lbars, bo&#8217;rsiq, fil va ayiklar yashaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvchilar va baliq ko&#8217;p. Aholisi. M. \u2014 ko&#8217;p millatli dav- lat. U erda 76 ga yaqin millat va elat bor. Myanma (birmaliklar), Karen, Shan, chin, Kachin, mon va b. xalqlar yashaydi. Hindlar, xitoylar, evropaliklar (aso- san, inglizlar) ham bor. Aholi notekis joylashgan. Rasmiy tili \u2014 Myanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70%), musulmon, hindu va xristian jamoalari ham bor. Yirik shaharlari: Yangon, man- Dalay, Molamyan. Tarixi. M.dagi eng qad. arxeolo- giya yodgorliklari quyi paleolit dav- riga oiddir. Neolit davrida hoz. mon xalq-ining ajdodlari \u2014 monkxmerlar qabilasi yashagan. Mil. AV. 2-ming yil- likda shim.dan tibetbirma qabilalari kelib o&#8217;rnashgan. Mil. boshlaridan bu erda shahardavlatlar paydo bo&#8217;la boshla- Di (Arakan, Shrikshetra, Ramanadas va b.). 7-9-a.larda Iravadi vodiysiga Xitoyning shim.-g&#8217;arbi va Jan. -g&#8217;arbidan hoz. myanmaliklarning ajdod- lari ko&#8217;chib kelgan. Myanmalar 9\u2014 12-a. lardan bir butun xalq sifatida tashkil topa boshladilar. 11 \u201413-a.larda M. hududida Pagan davlati mavjud bo&#8217;lib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Pagan davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, diniy adabiyot, musiqa, she&#8217;riyat, naqqoshlik san&#8217;ati, me&#8217;morlik rivoj topgan. 13-a. oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uchray boshladi. Ichki ziddiyatlar, o&#8217;zaro nizo va janglar, mo&#8217;g&#8217;ullar bosqini Pagan inqirozini tezlashtirdi. M. yana mayda davlatlarga bo&#8217;linib ketdi. 14-17-a. larda tarqoq davlatlar o&#8217;rtasida kurash kuchayib, natijada Ava davlati boshqa davlatlar ustidan g&#8217;olib chiqdi. 16-a.dan M.da evropalik (por-tugal, golland, in- gliz) savdogarlar va istilochilar paydo bo&#8217;ldi. 18-a. 2-yarmida yuqori M.da Konbaun- lar davlati paydo bo&#8217;ldi. U qo&#8217;shni mayda davlatlarni o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirdi. Konba- unlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha erning davlat mulkiga aylani- shi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi bo&#8217;lib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli dav- latga aylandi. 1785 y.da Arakan, 19-a. 1-yarmida Manipur va Assam M.ga qo&#8217;shib olindi. Bu davrda madaniyat, san&#8217;at va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodat- xonalari qurildi, birinchi teatr, bos- maxona tashkil etildi. 19-a. dan ingliz mustamlakachilari M.ni bosib olishga kirishdilar. 1824 y. 5 martda Angliya- ning Ost-Indiya kompaniyasi M.ga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim vilo- yatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852 y. mamla- katda mon, Shan va Karen xalqlari g&#8217;alayon ko&#8217;tardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompa- niyasi M.ning Pegu viloyatini egalladi. 1885 y. inglizlar mustaqil Ava davlati- ni engib, butun M.ni o&#8217;z mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qo&#8217;shib oldi. Mustamlaka- chilar barcha hosildor erlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920 y. talabalarning Yangondagi birinchi g&#8217;alayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turt- ki bo&#8217;ldi. 1930-32 y.larda mustamlaka- chilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta g&#8217;alayonlar bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Milliy ozodlik harakati 30-y.larning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi. Mustamlakachilar xalq g&#8217;alayonlarini to&#8217;xtatish maqsadida M.ni Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga to&#8217;sqinlik qilolmadi. 1942 y.da M.ni Yaponiya bosib oldi. M. xalqi yapon bo-sqinchilariga qarshi kurashdi. 1944 y.da M. xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodli- gi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va ne Vin boshchiligidagi Milliy ar- miya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar M. hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini o&#8217;ldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reak-tsiyaga qarshi kurashni yanada kuchay- tirdilar. Nihoyat, Angliya M. milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo&#8217;ldi va ta&#8217;sis Majlisi o&#8217;tkazishga ro &#8211; zilik berdi (1947 y. yanv.). 12 Fev.da M.dagi turli xalqlar vakillari Pan- Lone kon-ferentsiyasida mustaqil davlat \u2014 Birma Ittifoqini tuzish to&#8217;g&#8217;risida kelishib oldilar (1989 y.gacha mamla- kat shu nom b-n ataldi). 1947 y. 24 sent. da bo&#8217;lib o&#8217;tgan ta&#8217;sis Majlisi M. kon- stitusiyasini qabul qildi. 17 okt.da im- zolangan shartnomaga binoan, M. Brita- niya imperiyasidan chiqtsi. 1948 y. 4 yanv. da rasmiy ravishda mustaqil davlat deb e&#8217;lon qilindi. U nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962 y.da bir guruh zobitlar davlat to&#8217;ntarishi o&#8217;tkazdi. Hukumat general ne Vin boshchiligi- dagi inqilobiy kengash qo&#8217;liga o&#8217;tdi. 1988 y. mart\u2014 avg. oylaridagi ommaviy xalq g&#8217;alayonlari natijasida ne Vin va uning tarafdorlari iste&#8217;foga chikdi. O&#8217;sha yil 18 sent.da harbiy to&#8217;ntarish bo&#8217;lib, hokimiyat qonuniylik va tartib- ni tiklash Davlat kengashi qo&#8217;liga o&#8217;tdi. 1992 y.dan kengashga rahbarlik qilib kelayotgan general tan Shve mamlakatda parlament saylovi o&#8217;tkazilgandan key- in hokimiyatni fuqaro hukumati qo&#8217;liga topshirishini bildirgan. M. -1948 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabatlari 2001 y. Fev. da o&#8217;rnatilgan. Milliy bayrami \u2014 4 yanv. \u2014 Mustaqillik kuni (1948). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Xalqozodligi antifashist ligasi, 1945-47 y.larda mustamlakachilarga qarshi xalq kurashiga boshchilik qilgan, 1988 y. da qaytadan tuzilgan; demokra- tik partiya, 1988 y.da tashkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988 y.da asos solingan; demokratiya uchun milliy liga, 1988 y.da tuzilgan; Milliy bir- lik partiyasi, 1962 y.da tashkil etilgan, 1988 y.gacha birma so-tsialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birli- gi tashkiloti kasaba uyushmasi, 1969 y.da tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kenga- shi negizida 1977 y.da tashkil etilgan; Ishchilar birligi tashkiloti kasaba bir- lashmasi, 1977 y.da tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federasiyasi, 1988 y.da asos solingan. Xo&#8217;jaligi. M. \u2014 agrar mamla- kat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulu- shi E,7s, sanoatning ulushi \u2014 8,7%. Kddimdan sholi etishtirish b-n mashhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2\/3 qismidan ko&#8217;prog&#8217;i q.x.da band. Qishloq xo&#8217;jaligi M. iqtisodiyotining negizidir. Sholikor- lik, asosan, M. Jan.da rivojlangan. Bug&#8217;doy, tariq, makkajo&#8217;xori, er yong&#8217;oq, kunjut, dukkakli ekinlar ham etishti- riladi. Bog&#8217;lar (tsitrus mevalar, banan, ananas, Mango), poliz ekinlari, choy plantasiyalari, shakarqamish, tamaki, g&#8217;o&#8217;za ham anchagina maydonni egallay- Di. Ayrim q.x. ekinlaridan 2-3 marta hosil olinadi. Chorvachiligida koramol, cho&#8217;chqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan o&#8217;rmonlarda yog&#8217;och tashishda foydalaniladi. Ichki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. O&#8217;rmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauchuk) da- raxtlar ko&#8217;p. Sanoatida konruda, neft qazib olish, energetika, oziq-ovqat va to&#8217;qimachilik tarmoqlari asosiy o&#8217;rin oladi. Qo&#8217;rg&#8217;oshinrux k-ti, neftni qayta ishlash va metallurgiya z-dlari bor. Yi- liga o&#8217;rtacha 3 mlrd. kVtsoat elektr ener- giya hosil qilinadi. Iravadi daryosining yuqori oqimi, Rakxayn (Arakan) tizmasi, Pegu tog&#8217;lari, Shan platosining g&#8217;arbiy va Jan. qismlarida yog&#8217;och tayyorlanadi. Den- giz portlari va yog&#8217;och oqiziladigan Daryo bo&#8217;ylarida taxta tilish va yog&#8217;ochsozlik korxonalari qurilgan. Neft, tabiiy gaz, kumush, qalay, rux, mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin va qimmatbaho tosh qazib olinadi. Aso- siy sholi oqlash markazlari: Yangon, Basseyn, Pegu, Xintada, Molamyan. To&#8217;qimachilik sanoati Yangon, Inseyn va Meyt-xiladagi davlat va xususiy korxo- nalardan iborat bo&#8217;lib, ularda shoyi va ip gazlama, qopqanor, neylon gazlamalar ishlab chiqariladi. Kemasozlik, Avto- mobil va traktor yig&#8217;ish, tsement va so- vungarlik z-dlari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Transporti. Temir yo&#8217;llar uz. 3,1 ming km, avtomobil yo&#8217;llari uz. 23,5 ming km. Daryo va dengizlarda kema qatnaydi. Eng ko&#8217;p yuk Iravadi daryosida tashiladi. Yan- Gon\u2014Tuante, Pegu\u2014Sita-un kanallari- da ham kema qatnaydi. Asosiy portlari: Yangon, Basseyn, Molamyan, Situe. Poy- taxtida xalqaro aeroport bor. Mamlakatga chetdan mashina va as- bob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, o&#8217;g&#8217;it, oziq-ovqat kel- tiriladi. Dengiz va q.x. mahsulotlari, yog&#8217;ochtaxta, rangli metallar, qimmatbaho toshlar eksport qilinadi. Tashqi savdo- dagi asosiy mijozlari: Xitoy, Tailand, Singapur, Hindiston, Yaponiya, Gonkong, Malayziya va Evropa hamjamiyati mamla- katlari. Pul birligi \u2014 Kyat (mahalliy nomi \u2014 Chja). Matbuoti, radioeshittirishi va tele- ko&#8217;rsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Asosiylari: &#8220;Botata- un&#8221; (&#8220;ilg&#8217;or&#8221;, Myanma tilida chikadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), &#8220;Gardian&#8221; (&#8220;Posbon&#8221;, ingliz tilida chiqadigan oylik gaz., 1953 y.dan), &#8220;Myanma Alin&#8221; (&#8220;Yangi Myanma nuri&#8221;, ingliz va Myanma tillarida chikadigan kundalik gaz., 1963 y.dan), &#8220;Dochaunda&#8221; (&#8220;bizning talaba&#8221;, Myanma tilida chikadigan yoshlar oylik jur.), &#8220;Myavadi&#8221; (joy nomi, Myanma ti- lida chiqadigan adabiybadiiy jur., 1952 y.dan), &#8220;pati-eyya&#8221; (&#8220;partiya turmushi&#8221;, Myanma tilida chikadigan oylik jur., 1964 y.dan). M. axborot agentligi (mna) hukumat xizmati bo&#8217;lib, 1963 y.da tuzil- gan. M. radio va televizion xizmat 1946 y.da tashkil etilgan. Televidenie (rang- li) 1980 y.dan ishlay boshlagan. Adabiyoti. Mil. boshlariga oid palma yaprokdari, toshlarga bitilgan she&#8217;riy va nasriy yozuvlar M.ning kad. adabiy an&#8217;analaridan darak beradi. M. adabiyotining paydo bo&#8217;lishi va shak- llanishi 9-13-a.largato&#8217;g&#8217;ri keladi. 14\u2014 16-a.larda M. mumtoz she&#8217;riyati rivojlandi. Shin Maxatilavunta, Shin Ma-xaratatara, Shin Oun Nouning Di- niy dostonlarida o&#8217;sha davr hayoti, tabi- at go&#8217;zalligi aks ettirilgan. Navadeyja, Natshinnaun, Taunbila Sxayado (16\u2014 17-a.lar) she&#8217;riy shakllarni (mogun, Pou, echxin va h.k.) takomillashtirdi- lar. 18-a.ning 2-yarmi va 19-a.da mumtoz she&#8217;riyat an&#8217;analarini davom ettirgan U Toy, Levetoundara kabilar she&#8217;riyatda samarali ijod qildilar. 18-a.da pali, sanskrit, hindi tillaridan tarjimalar qilindi. 18-a. oxirida milliy dramalar Shuhrat qozondi. Shoir, harbiy boshliq U. Sa Tailand eposi va xalq rivoyatlari asosida dramalaryozdi. 19-a. oxiri va 20- a. boshlarida M. adabiyotida Jeyms Xla Jo, u Ji, u lat kabi adiblar yangi roman janrini rivojlantirdilar. Hoz. zamon romanlarining paydo bo&#8217;lishi Pi Mou Nin nomi b-n bog&#8217;liiq (&#8220;kechki quyosh&#8221;). Max Sxvey romanlarida (&#8220;onamiz&#8221;) ij- timoiy mavzular aks ettirilgan. 20-a. ning 1-yarmi adabiyotida xalqning mu- stamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi ifodalangan. Vatanparvarlik harakati tashkilotchilaridan biri yozuv- chi Takin KODO Xmayndir. U Ba Chxou, U Yan Aun kabi adiblar ijodida jamiyat hayotining turli tomonlari ochib beril- gan. Ko&#8217;p yozuvchilar buddizmni tashviq qildi. M. mustaqillikka erishgach (1948), yozuvchilar adabiyotni yangi g&#8217;oya va mavzu b-n boyitdilar (da-goun taya, tin Mou). Turli avlodga mansub adiblar (Ma Ma Le, Aun Lin va h.k.) jahon adabiyoti taj- ribasi va M. nasrchiligining eng yaxshi an&#8217;analari negizida badiiy shakllarni ta-komillashtirdi, muhim ijtimoiy, axloqiymaishiy muammolarni ko&#8217;tarib chikdi. Adabiyotda vatanparvarlik, tin- chlik uchun kurash, yangi jamiyat qurish kabi etakchi mavzular keng o&#8217;rin olgan. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Taton, Pi kabi qad. shaharlardagi arxeologik qazishlar natijasida to-pilgan Budda ibodatxonalarining xarobalari va bron- za buyumlarida hind me&#8217;morligi hamda san&#8217;atining ta&#8217;siri ko&#8217;zga tashlanadi. Pagan va b. shaharlarda o&#8217;rta asrlarga oid ko&#8217;pgina san&#8217;-at va me&#8217;morlik yodgorli- klari saqlangan. Ananda (1090), Dxama- yand (1160), Tabinyu (1144) ibodatxona &#8211; lari qurilgan. Yodgorliklar mahobatli bo&#8217;lib, murakkab jimjimador bezaklar- ga boy, serxasham. Pagandagi ibodatxona- lar yonida qad. kitoblar saqlanadigan ku- tubxona (Tayk)lar bo&#8217;lgan. Bulardan eng mashquri Pitakatteykdir (1508). Key- ingi davrda qurilgan binolarning me&#8217;- moriy tuzilishida o&#8217;rta asr binolariga nisbatan yangilik yo&#8217;q, faqat hajmining kattaligi b-n farqlanadi. Ular qad. stupalar yoniga qurilgan. Mac, Yangon- dagi Shuedagoun stupasi o&#8217;zining ziy- natli bezaklari, kattaligi b-n mashhur. Bu Osiyodagi eng baland (107 m) va katta (70000 m2) binolardan biri. U qanotli sherlar, ko&#8217;p boshli ilonlar tasviri b-n bezatilgan. Yog&#8217;och bezaklar ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Keyingi yillar- da milliy va chet ellik me&#8217;morlarning loyihalari asosida zamonaviy binolar qurshshi. M. haykaltaroshligi (asosan, Budda haykallari)da nafislik va nozi- klik ko&#8217;zga tashlanadi. Hoz. zamon tas- viriy san&#8217;ati, ayniqsa, rassomchiligida milliylikka ahamiyat berilgan (rassom U. Kin Maun, haykaltarosh u Xan tin va b.). M. xalq amaliy san&#8217;atida uymakor- lik, kashtachilik va b. mashhur. Musiqasi teatr va raqslar b-n bog&#8217;liq. Uning manbai kad. diniy marosimlarga borib takaladi. Buddaviylikdan ancha oldin (9-a.) cholg&#8217;u musiqa shakllangan. Pagan davlati (11 \u2014 13-a.lar) davrida yuksak rivoji diniy pagoda (qasr) de- vorlaridagi suratlarda raqqoslar b-n mashshoqlar ifodasida tasvirlangan. Xitoy yilnomalarida esa qo&#8217;shiq va raqslar b-n musika asboblarining tas- viri va tavsifi berilgan. Ommalashgan M. orkestri \u2014 saynvayn 1538 y.da pay- do bulgan; to-vushqatori bo&#8217;yicha doyra urtasiga terib osilgan 21 baraban (pat- sayi), ta-yoqcha b-n urib chalinadigan 18 Gong, surnaysimon xne, kattakichik zil- lar (lingvin va kxekvin), 13 Eshma ipak tor urnatilgan qayiq shaklidagi Arfa \u2014 saun, timsoh shaklidagi 3 torli chertma \u2014 tounlounsaun, bug&#8217;shaklidagi potau- ku, chang shaklidagi pattala, xilma-xil qung&#8217;iroqchalar, tartarak kabi asboblar. Qo&#8217;shiqchi raqqoslar qadimda ko&#8217;proq jangovar taronalar ijro qilishgan. Keyingi vaqtda zamonaviy professio- nal musiqa san&#8217;ati rivojlana boshla- Di. Yangon va Mandalay sh.larida davlat musiqa va drama maktablari ochilgan. Bu erda mumtoz Myanma va evropacha musiqiy an&#8217;analar urganilib, ijodiy rivojlan- tirilayotir. Teatri. M.da teatr tomoshalari azal- dan diniy marosim va xalq bayramlari- ning tarkibiy qismi bulgan. Xalq say- illari va intermediya shakllari diniy udumlar va mehnat jarayonlaridan kelib chiqqan. Teatr haqidagi dastlabki ma&#8217;- lumot 11-a.ga oid. O&#8217;sha davrda qo&#8217;shiq va rake ishtirokidagi musiqiy Interme- diya, pantomima urf bulgan. Dabdabali diniy tomoshalarga asta-sekin hajviy sahnalar kiritila boshlagan. 15-a.da ertak va diniy rivoyatlarni jonlanti- ruvchi &#8220;nibatking&#8221; (misteriya), 16-a.da qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, 18-a. oxirida saroy te- atri paydo buddi, yangi janr \u2014 &#8220;pyaza&#8221; shakllandi. Xalq teatrida saqna, parda va dekorasiyalar bulmas, tomoshabinlar bordon ustida yoki erda utirishar, Zoda- gonlar tomo-shani tepalikdan kurishar edi. Aktyorlarning liboslariga alohida e&#8217;tibor berilar: qirol, mulozim, rohib va b.larning kiyimi risoladagidek bu- lishi shart edi. Teatrga Xitoy va Xindi- ston san&#8217;atiningta&#8217;siri kuchli bulgan. 19-a. oxirida Yangonda birinchi doimiy teatr binosi qurildi. M. mustaqillikka erishgach, barcha yirik shaharlarda ko&#8217;chma teatrlar, qishloq joylarda havaskor xalq teatrlari tashkil etildi. Aktyorlar davlat musiqa va drama maktablarida tayyorlanadi. Kinosi. 1918 y.da suratxona egasi u On Maun &#8220;Byorma film kompaniya&#8221; firma- sini tashkil etib, &#8220;muhabbat va sharob&#8221; filmini suratga oldi (1920). 20-y.lar- da Yangonda bir necha kinokom-paniyalar vujudga keldi, ular Budda rivoyatlari mavzuidagi kartinalar, melodrama va komediyalar, sarguzasht filmlar chikar-dilar. 1932 y.da birinchi ovozli film \u2014 &#8220;Pul sotilmaydi&#8221; (rej. D. Natshin) suratga olindi. 2ja-hon urushidan ol- dingi filmlarda in-gliz mustamla- kachilariga qarshi kurash ruhi yaqkrl aks etdi. 2-jahon urushi va yapon okku- pasiyasi davridagi vayronagarchilik, mustaqillikning dastlabki yillarida- gi ichki qurolli mojarolar oqibatida kino i.ch. yaxshi rivoj topmadi. 60-y.lar- da xususiy kinostudiyalar mahsulotida ko&#8217;ngilochar filmlar US-tunlik qildi. 1966 y.da davlat kino-kompaniyasi &#8220;Se- vikli Diyor&#8221; badiiy filmini yaratdi. Keyingi yillarda ekranga chikarilgan lentalar orasida &#8220;zamonaning zayli&#8221; (rej. Maun mo Min), &#8220;yurak tilga kir- Di&#8221; (rej. Tu KXA), &#8220;muhabbat chamanzori&#8221; (rej. Ey Van Maun Ji), &#8220;Sen b-n Fax- rlanaman&#8221; (rej. U Pxo Xan), &#8220;Bashorat&#8221; (rej. Pan ta tin) kabi badiiy filmlar e&#8217;ti-borga sazovor. M.da yiliga 30 dan ziyod badiiy film ishlab chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Myanma, Myanma Ittifoqi Re- spublikasi (Republic of the Union of Myanmar) \u2014 Jan. -Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning shim. -g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 678,5 ming km2. Aholisi 42 mln. Kishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/myanma-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116860","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116860","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116860"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116860\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116873,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116860\/revisions\/116873"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116860"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116860"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116860"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}