{"id":116863,"date":"2024-05-08T18:08:48","date_gmt":"2024-05-08T15:08:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116863"},"modified":"2024-05-08T18:08:52","modified_gmt":"2024-05-08T15:08:52","slug":"muhammad-xorazmshoh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-xorazmshoh\/","title":{"rendered":"Muhammad Xorazmshoh"},"content":{"rendered":"\n<p>Muhammad Xorazmshoh, Muhammad II Aloiddin, Aloiddin Muhammad (to&#8217;liq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin) (taxm. 1182\u2014 1220 y. dek.) \u2014 Anushteginiylar sulolasidan bo&#8217;lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori (1200 y. 3 avg. \u2014 1220 y. dek.). Otasi \u2014 Takash Xorazmshoh, onasi tur-kon xotun qipchoq xoni Jonkishining qizi. M. 1193 y. dek. da otasi tomonidan Nishopur sh.ga vo- liy (hokim) qilib tayinlangan 1198 y.da xalifa Nosir Takashga va uning o&#8217;g&#8217;li Qutbiddin Muhammadga sharaf libosi va Xuroson, Turkiston va Iroq ajami sultoni ekanini tasdiqlovchi manshur (yorliq) jo&#8217;natgan. Takash vafo- tidan so&#8217;ng Xorazmshohlar davlati tax- tiga Qutbiddin Muhammad o&#8217;tirdi. U ot- asining Aloiddin laqabini, keyinroq esa Sanjar (ikkinchi) nomini qabul qildi. M. davrida saltanat ham hududiy, ham kuch-qudrat jihatidan o&#8217;zining yuksak cho&#8217;qqisiga etgan. M. davrida Xorazmshohlar davlati shim.da Orol, g&#8217;arbda Kaspiy dengizigacha, Jan. da Iroq va G&#8217;aznagacha, Sharqda Ettisuvgacha kengay- gan. 1207 y.da Xurosonda va Fors Iroqida o&#8217;z mavqeini mustahkamlab olgan M. e&#8217;tiborini Movaro-unnaxrga qaratdi. Bunga sabab qoraxoniylarning so&#8217;nggi hukmdori Usmon ibn Ibrohimning qoraxitoylarga qarshi kurashda (q. Ma- lik Sanjar qo&#8217;zg&#8217;oloni) yordam so&#8217;ragani bir bahona bo&#8217;ldi. Xorazmshoh qo&#8217;shinlari qoraxitoylarning Tayangu boshliq qo&#8217;shini b-n Ilamish sahrosida to&#8217;qnashdi. Bu jangda krraxitoylar mag&#8217;lub bo&#8217;lib, Movarounnahrdan O&#8217;zgandgacha bo&#8217;lgan erlar Xorazmshoh tasarrufiga o&#8217;tdi. M. o&#8217;ziga Iskandari Soniy laqabini ham oldi va saroyda Zulqarnayn navbasi (shoh kirishi sharafiga musiqiy madhiya) ni joriy qildi. Qoraxitoylar davlati- ni tormor qilib, Sharqiy chegaralaridan xotirjam bo&#8217;lgach, Fors Iroqini, mo- zandaron, Arron, Ozarbay-jon, Shirvon, Mikron, Mingqishloq, Kesh, Sijiston, G&#8217;ur, G&#8217;azna, Bomiyonlarni zabt etib, Xin- diston chegaralarigacha etib bordi. M. Movarounnahrni butunlay egallagach, Xitoyga qo&#8217;shin tortmoqchi bo&#8217;lgan, ammo 1215 y. Chingizxonnkj Pekinni bosib olganini eshitgach, u haqida to&#8217;liq ma&#8217;lu- mot to&#8217;plash uchun Bahouddin Roziy bosh- chiligida Mo&#8217;g&#8217;ulistonga elchilar yubordi. Shu tariqa har ikki tomon bir necha Mar- ta bir-birlariga elchilar yuborib tur- ganlar. 1218 y. Chingizxonning shaxsiy vakili Uhuna boshliq 500 tuyadan ortiq elchi va savdogarlar karvoni O&#8217;trorga ki- rib keldi. O&#8217;tror hokimi Inolchiq, kar- vonni ushlab, elchilarni qatl ettirgan (q. O&#8217;tror voqeasi). M.ning davlatini yaxshi o&#8217;rgangan Chingizxon Xorazmga qaram xalqlarning noroziligidan, lashkarbo- shilar orasidagi nizolardan, M.ning onasi Turkon xo-tun qarindoshlari ora- sidan chiqqan amaldorlardan foydalani- shi hamda M.ning mo&#8217;g&#8217;ullar hujumi xa- barini eshitib amalga oshirgan noto&#8217;g&#8217;ri tadbirlari (har bir shahar o&#8217;z-o&#8217;zini himoya qshshshi; raiyatdan 1 yil uchun 3 barobar xiroj yig&#8217;ishi) sababli mu-vaffaqiyatga erishdi. Chingizxon Xo- razmga yurish qilib O&#8217;tror (1219), Buxoro va Samarqand (1220)ni bosib oldi. M. Movarounnahrni tashlab Xuroson ta- rafga qochdi. Chingizxonning 20 min-Glik qo&#8217;shinining tinimsiz ta&#8217;qib qilishi M.ga o&#8217;z kuchlarini qayta to&#8217;plab, nafa- sini rostlashga imkon bermadi. Kaspiy dengizining Ashur o.ga borib qolgan M. qattiqbetob bo&#8217;lib qoldi va umrining oxirida oldingi qarorini o&#8217;zgartirib, o&#8217;g&#8217;li Qutbiddin O&#8217;zloqshohning o&#8217;rniga Jaloliddin Manguberdini valiaxd deb e&#8217;lon qildi. O&#8217;sha orolda vafot etdi va shu erda dafn etildi. Keyinchalik Jalo- liddinning farmoyishiga ko&#8217;ra, M.ning jasadi Isfahondagi Xorazmshoxlarning xotirasiga qurilgan madrasaga ko&#8217;mish uchun Ardahn qal&#8217;asiga keltirilgan. Manba: Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy, Sulton Jaloliddin man- guberdi hayoti tafsiloti, T., 1999. Ad.: Buniyodov 3., Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998. Ne&#8217;mat Polvonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad Xorazmshoh, Muhammad II Aloiddin, Aloiddin Muhammad (to&#8217;liq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin) (taxm. 1182\u2014 1220 y. dek.) \u2014 Anushteginiylar sulolasidan bo&#8217;lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori (1200 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-xorazmshoh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116863","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116863","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116863"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116863\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116875,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116863\/revisions\/116875"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116863"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116863"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116863"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}