{"id":116867,"date":"2024-05-08T18:09:08","date_gmt":"2024-05-08T15:09:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116867"},"modified":"2024-05-08T18:09:13","modified_gmt":"2024-05-08T15:09:13","slug":"muqimiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muqimiy\/","title":{"rendered":"Muqimiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo&#8217;ja Mirzaxo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;li) (1850 \u2014 Qo&#8217;qon -1903.25.5) \u2014 shoir va mutafakkir. O&#8217;zbek demo-kratik adabiyoti asoschila- ridan. Otasi toshkentlik, onasi oy- shabibi xo&#8217;jandlik bo&#8217;lib, Qo&#8217;qonda yashaganlar. M. boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Ona- si Muhammad Aminxo&#8217;jada she&#8217;riyatga havas uyg&#8217;otgan. M. Qo&#8217;qondagi Nodira bino qildirgan &#8220;moxlar oyim&#8221; madra- sasida, so&#8217;ng Buxoro madrasalaridan birida o&#8217;qigan (1864-65; 1875-76). 1876 y.da Qo&#8217;qonga qaytgach, er qurilishi Mahkamasida mirzalik qilgan. 70-y.lar oxirlarida Qo&#8217;qonga qaytgan va ijod b-n shug&#8217;ullangan. Otasi vafotidan so&#8217;ng moddiy ahvoli og&#8217;irlashgach, &#8220;Hazrat&#8221; ma- drasasining kichik bir hujrasiga ko&#8217;chib o&#8217;tgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sa-yohat qilgan (1887-88, 1892), Toshkentdagi yangiliklar b-n tanishgan. Tosh-kent ma- Daniy va adabiy hayotini chuqur o&#8217;rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilg&#8217;or ruxdagi ijodkorlar b-n aloqa bog&#8217;lab, ijodiy hamkorlik qilgan. M. yashab ijod et- gan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit M. ijodiga kuchli ta&#8217;- sir ko&#8217;rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san&#8217;- atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an&#8217;analar- dan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar b-n qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o&#8217;rgandi, ular g&#8217;azallariga muxammaslar bog&#8217;ladi. Jomiyni o&#8217;ziga ustoz bildi. O&#8217;zbek, fors mumtoz shoirla- ri an&#8217;-analarini davom ettirdi. O&#8217;zbek adabiyotida demokratik yo&#8217;nalishning vujudga kelishi va shakllanishi M. nomi b-n bog&#8217;liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg&#8217;or fikrli shoir- lar o&#8217;zbek adabieti tarixida yangi sahifa ochdilar. M. lirikasi chuqur optimism b-n sug&#8217;orilgan, qayotiylik ushbu lirika- ning asosiy va etakchi xususiyatlaridan. M. Real muhabbatni, insonni kuylagan. She&#8217;rlarining tub mohiyatini inson ke- chinmalari, Sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do&#8217;stlik, sadoqat, samimiyat, va- fodorlik, sabot va matonat ulug&#8217;langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan (&#8220;Ke- lur oxir seni ham yo&#8217;qlag&#8217;udek bir zamon yaxshi&#8221; va b.). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo&#8217;lgan she&#8217;rlari- da ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan. M. dunyoqarashi va intilishlari b-n muhit o&#8217;rtasidagi ziddiyat uning ijo- dida tanqidiy yo&#8217;nalishni maydonga keltirgan. Bu uning xdjviyotida ko&#8217;proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo&#8217;linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylar- ning kirdikorlari ochib tashlangan (&#8220;ta- nobchilar&#8221; va b.)- &#8220;Saylov&#8221;, &#8220;dar mazam- mati zamona&#8221; va b.da o&#8217;lkaga kirib kela- yotgan kapitalistik va g&#8217;ayriaxloqiy mu- nosabatlar hamda ularning oqibatlari ko&#8217;rsatilgan. Ba&#8217;zan, o&#8217;sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan (&#8220;Hajvi Halifai Mingtepa&#8221;). Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimo- iy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik b-n tasvirlagan (&#8220;devo- Namen&#8221;, &#8220;Ko&#8217;samen&#8221; &#8220;hayron qildi loy&#8221;, &#8220;Pash-shalar&#8221;, &#8220;shikoyati bezak&#8221; va b.). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o&#8217;zgarishlarga yangicha muno- sabat aks etgan (&#8220;ta&#8217;rifi pech&#8221;, &#8220;aroba qursin&#8221;, &#8220;loy&#8221; va b.). M. o&#8217;zbek adabiyoti ga ishchilar mav- zu-ini olib kirdi, tiplar galereyasi- ni yaratdi (&#8220;Maskovchi boy ta&#8217;rifida&#8221;, &#8220;Voqeai Viktor&#8221; va b.). Turli shaxar va qishloqlarga qilgan sayohatlari ta-assurotlari asosida 4 qismli &#8220;Sayohatnoma&#8221; asarini yozdi. Asar engil, o&#8217;ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali ban- dlardan tashkil topgan. Unda xalqtur- mushining og&#8217;irligi, qishloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma&#8217;qullab, go&#8217;zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illat- larni tanqid qilgan. M.ning Nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she&#8217;riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. She&#8217;- rlari qo&#8217;lyozmalar, bayozlar, 20-a. boshla- rida litografiyada nashr qilingan Kito- blar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha etib kelgan. M. ijodini o&#8217;rganish, asarlarini to&#8217;plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov &#8220;Devoni Muqimiy&#8221; to&#8217;plamini (T., 1907) nashr qilgan, so&#8217;ng 1910,1912 y.larda &#8220;Devoni Muqimiy maa hajviyot&#8221; nomi b-n asarla- ri to&#8217;plami bosilgan. Keyingi davrlarda G&#8217;. G&#8217;ulom, Oybek, X,. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, G&#8217;. Karimov, A. Xayitme- tov va b. M. ijodini tadqiq etganlar. She&#8217;rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo&#8217;qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg&#8217;ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent ko&#8217;chalaridan biri, O&#8217;zbek davlat musiqali drama teatri M. nomi b-n ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla &#8220;Mavlono Muqimiy&#8221; romani va &#8220;Muqimiy&#8221; dramasini yaratgan. M.ning aksariyat g&#8217;azallari ashulaga aylangan. As: asarlar to&#8217;plami [2jli], T., 1960\u2014 1961; Asarlar, T., 1974. Ad.: Yoqubov H., O&#8217;zbek demokrat sho- iri Muqimiy, T., 1953; Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955; ka- riMov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970; Karimov F., O&#8217;zbek adabiyoti tari- XI, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987. Sunnatilla Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo&#8217;ja Mirzaxo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;li) (1850 \u2014 Qo&#8217;qon -1903.25.5) \u2014 shoir va mutafakkir. O&#8217;zbek demo-kratik adabiyoti asoschila- ridan. Otasi toshkentlik, onasi oy- shabibi xo&#8217;jandlik bo&#8217;lib, Qo&#8217;qonda yashaganlar. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muqimiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116867","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116867","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116867"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116867\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116879,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116867\/revisions\/116879"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116867"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116867"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116867"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}