{"id":116884,"date":"2024-05-08T18:15:30","date_gmt":"2024-05-08T15:15:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116884"},"modified":"2024-05-08T18:15:37","modified_gmt":"2024-05-08T15:15:37","slug":"muruntov-oltin-koni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muruntov-oltin-koni\/","title":{"rendered":"Muruntov oltin koni"},"content":{"rendered":"\n<p>Muruntov oltin koni &#8211; Mar- kaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh.dan 180 km shim.da, Zarafshon sh.dan 40 km Sharqda, Tomditovning Jan. eta- gida joylashgan. Ruda zaxiralarining ko&#8217;lami, rudani qazib olish texnolo- gik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga ko&#8217;ra dunyodagi noyob konlar sirasiga kira- Di. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota tog&#8217;larida, oltin rudalari mavjudligi mil. AV. 6-5-a. lardan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. O&#8217;lkada oltin konlarini izlash bo&#8217;yicha dastlabki Max- sus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va b. to- monidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari bo&#8217;lishi mum- kinligini geolog olimlar A.E.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-a.ning 30-y. laridagi geologik tadqiqotlari aso- sida bashorat qilganlar. 1930-y.larda Tomditovning Jan. etaklarida oltin zarralari bo&#8217;lgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934 y.da besapan qishlog&#8217;i yaqinida ol &#8211; tin mineraliza-tsiyasi zonasi belgilan- Di. Shundan ke-yin besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning Jan. yon bagridagi kremniyli slaneslar- da keng ko&#8217;lamda oltin qidiruv va raz- vedka ishlari olib borildi. 1951-53 y.larda I.h.Hamroboev O&#8217;zbekistonning g&#8217;arbiy hududida oltinni ko&#8217;pincha margi-mush b-n uzviy bog&#8217;liq holda uch- rashi qonuniyatini aniqladi. Shu asos- da 1954-56 y.larda O&#8217;zbekistonning g&#8217;arbiy qismida 2 xil oltin konlari bor- ligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) b-n, ikkinchisi- da juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi ma&#8217;lum bo&#8217;ldi.1958 y. oltinmar- Gimush bog&#8217;liqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy bo&#8217;lgan anomaliya maydonlari belgilandi. O&#8217;sha yili Mar- gimushning yuqori kontsentrasiyasi mav- jud bo&#8217;lgan anomaliyalardan biri \u2014 Mu- runtov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni o&#8217;ta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959-62 y.larda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari na- tijasida konning asosiy hududi belgi- landi va oltinga boy uchastkalarining o&#8217;lchamlari juda yirikligi aniqlandi. M. o.k.ningochilishigasalmokli hissa qo&#8217;shgan bir guruh geolog olim va mutaxas- sislar (I. H. Hamroboev, H.T.To&#8217;laganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkoves va b.) mamlakatning oliy mukofotiga sazo- vor bo&#8217;ldilar (1966). 1965-69 y.larda M.o.k.ning sa-noat o&#8217;zlashtirishi ishla- ri bajarilib, 1969 y. 21 iyulda dastlab- ki mahsulot \u2014 Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyo- ga mashhur bo&#8217;ldi. Dunyoda eng yirik ka- rerlardan biri \u2014 &#8220;Muruntov&#8221; Kare- rining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karerdan yiliga 35-37 mln. m3 hajmida tog&#8217;jinslari qazib olinadi, shu b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan Zarafshon sh.dagi oltin i.ch. kompleksi yiliga 24 mln. T rudani (2001 y.) qayta ishlaydi. Bu kom- pleks jahonda oltin ishlab chiqarish b-n mashhur bo&#8217;lgan eng yirik korxona- lar qatorida 2-o&#8217;rinda (Indoneziyadagi &#8220;Grosberg&#8221; korxonasidan keyin) turadi. M.o.k.da 1995 y.dan &#8220;Zarafshon- Nyumont&#8221; qo&#8217;shma korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatib kelmoqda. Mazkur qo&#8217;shma kor- xona 1995-2001 y.lar mobaynida ba- lansdan tashqari bo&#8217;lgan va juda katta hajmda yig&#8217;ilib qolgan mineralli ; jinslar ag&#8217;darmasining 84 mln. t sini &#8216;qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi. M.o.k. proterozoy erasining boshla- Nishida hosil bo&#8217;lgan cho&#8217;kindi meta- ; morfik tog&#8217;jinslaridan tashkil top- gan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu katlamlar- ning quyi qismi yuqori darajali meta- morfizmga uchragan yashil Amfi-bolli va kvars-slyudali slaneslardan, kvar- tsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slaneslar miqdori kamay- ib, terrigen tog&#8217;jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida Alev- rolit, qumtosh va fillitsimon sla- neslardan tashkil topgan terrigen tog&#8217; jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon bo&#8217;lgan. 1 bevosita oltin ruda- sini o&#8217;zida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga bo&#8217;lish mumkin: ruda usti katlami (&#8220;yashil&#8221; besapan) \u2014 qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam (&#8220;aralash&#8221; besapan) \u2014 qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami (&#8220;kulrang&#8221; be- sapan) \u2014 qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning o&#8217;rta qismi \u2014 &#8220;aralash&#8221; besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud bo&#8217;lgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki &#8220;kulrang&#8221; besapan va ustki \u2014 &#8220;yashil&#8221; besapan qatlamlarida ham uchraydi. Maz- kur besapan svitasidagi oltin minera- lizasiyasini quyidan toshqazigan svita- siga mansub cho&#8217;kindi chegaralab turadi. Magmatizm hosilalari tomirsi- mon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli tog&#8217;jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga yo&#8217;nalgan bir necha tasmalar hrsil qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa sienitdiorit-granofirli Muruntov magmatik kompleksiga kiruvchi granit- porfir, sferolit-porfir va Monso- nit porfirlardan tuzilgan. M.o.k.ning Jan.-Sharqiy chegarasida Markaziy Osi- yoda yagona bo&#8217;lgan eng chuqur burg&#8217;i qudug&#8217;i SG-10 yordamida er qa&#8217;rining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granito- ID intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil bo&#8217;lish jarayonidagi asosiy omillaridan biri- dir. Mazkur intruziv massivi kaliyna- triy qo&#8217;shslyudali leykokrat va biotitli granitlardan tashkil toptan. Konning hoz. tuzilishini yuzaga kelishida, shu- ningdek, ruda tarqalishi va joylashi- shida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) o&#8217;q chizig&#8217;i M.o.k.dan janubrokda o&#8217;tuvchi toshqazigan anti- klinalining shim. qanotini shakllan- tiruvchi Muruntov antiklinali va Jan. sinklinal; 2) Muruntov &#8220;juft&#8221; er yorig&#8217;ini tashkil qilgan Jan. va struktu- rali er yoriqlari, kenglik yo&#8217;nalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik Jan. og&#8217;ish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-g&#8217;arbga 60-70\u00b0 burchak ostida og&#8217;ib yotuvchi shim-Sharqiy yo&#8217;nalishdagi er yoriqlari. Tik joylashgan rudali zonalar oltinga eng boy bo&#8217;lib, o&#8217;zaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvar- sli, kvarssulfidli, kvars-turmalinli va karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida oltin mik- dori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, ar- senopirit.xalkopirit, galenit, sfale- rit, molibdenit, sheelitdan, noruda mi- nerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti-nolit, muskovit, kaltsit kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va o&#8217;rta donali kvars tomiri va tomir- chalarida bir kancha sulfidli mineral- lar, sof vismut va kumush sulfasollari b-n birgalikda uchraydi. M.o.k. rudala- rining asosiy qismi (85% gacha) shee- lit-oltinkarbonatkaliy shpati-kvars minerallarining paragenetik assosi- asiyasini tashkil etadi. Assosiasiyada bo&#8217;lgan oltinning probasi 830 dan 980 gacha o&#8217;zgaradi va bu oltinning tarkibi- da qo&#8217;shimcha 3,84 \u2014 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi darajali bo&#8217;lgan mi- nerallar assosiasiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) \u2014 bu oltin-arsenopirit-kvars mineral- lari assosiasiyasi. M.o.k. rudalarining kimyoviy tarkibi turlicha bo&#8217;lib, o&#8217;rtacha 1,0 \u2014 29,0 g\/t oltin, 0,8 \u2014 7,2 g\/t kumush, 0,003 \u2014 0,6% volfram oksidi, 0,07 \u2014 2,19% oltingugurt, 0,03 \u2014 1,73% margi- mush va b. noyob elementlar kam mikdorda bor. Kon rudasidagi 50-60% oltin zar- ralarining kattaligi 0,01\u20140,02 mm bo&#8217;lib, ularni faqat mikroskopda ko&#8217;rish mumkin. Bu o&#8217;ta mayda dispersli ruda tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalar- dan foydalaniladi. Bunday hollarda oltin ajratib olish texnologik jara- yonida atrof muhitga zarar etkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va moslamalar qo&#8217;llaniladi va zarur tex- nologik tadbirlar bajariladi. So&#8217;nggi yillarda M.o.k.ni qo&#8217;shimcha o&#8217;rganish maqsadida 20 dan ortiq i. ch. tashkilot- lari tomonidan i.t. muassasalari b-n x.amkorlikda bir necha dasturlar amalga oshirilmoqda. Ad.: Dalimov T.N. i dr., Geologiya i poleznie iskopaemie Respubliki O&#8217;zbekiston, T., 1998; Zolotorudnoe me- storojdenie Muruntau, T., 1998; Kuche reki y N. I., Zoloto Kizilkumov, T., 1998. Muhammadjon Mansurov, Abdurahim Abduvahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muruntov oltin koni &#8211; Mar- kaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh.dan 180 km shim.da, Zarafshon sh.dan 40 km Sharqda, Tomditovning Jan. eta- gida joylashgan. Ruda zaxiralarining ko&#8217;lami, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muruntov-oltin-koni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116884","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116884","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116884"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116897,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116884\/revisions\/116897"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}