{"id":116912,"date":"2024-05-08T18:25:36","date_gmt":"2024-05-08T15:25:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116912"},"modified":"2024-05-08T18:25:40","modified_gmt":"2024-05-08T15:25:40","slug":"mirzachol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mirzachol\/","title":{"rendered":"Mirzacho&#8217;l"},"content":{"rendered":"\n<p>Mirzacho&#8217;l \u2014 Urta Osiyodagi te- kislik. Uzbekistonning Sirdaryo, Jiz- zax viloyatlari, Qozog&#8217;istonning Jan. Qozog&#8217;iston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani xududlarida. Mayd. 10 ming km2, bal. 230 -385 m. Sharqda Sirdaryo, Jan.da Turkiston va Nuro- ta tog&#8217;larining tog&#8217;oldi tekislikla- ri b-n chegaradosh. G&#8217;arbda asta-sekin Kizilqumga tutashib ketadi. Qizilqum b-n M. orasidagi tabiiy chegara arna- soy botig&#8217;idan o&#8217;tadi. M. Sirdaryoning lyossimon qumoq va qumloqlardan tar- kib topgan uchta ko&#8217;hna qayiri (terrasa- si)da joylashgan, Jan. qismi tog&#8217;lardan oqib tushuvchi mavsumiy oqar suvlar- ning prolyuvial, prolyuvial-allyuvial va allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. M.ning bir necha bor dengiz bosishi natijasida bu erda, asosan, karbo- natli, gipsli va gilli sho&#8217;r jinslar to&#8217;planib qolgan. M. to&#8217;rtlamchi davr- dagi Alp tektonik harakatlari nati- jasida cho&#8217;kkan. Golosen epoxasida yangi tektonik harakatlardan Sirdaryoning 1-, va 2-ko&#8217;hna qayirlari paydo bo&#8217;lishi b-n 3-ko&#8217;hna qayirda sizot suvlari Pa- sayib, tuproq va ustki qatlamlar Vu- judga kelgan. Erlar sug&#8217;orilganda ana shu qatlamdagi tuzlar er yuzasiga chiqib qoladi. M.ning er yuzasi tekislik, shim. va shim.-g&#8217;arbga qiya. Jan. qismida chuqur jarliklar, Sirdaryo vodiysida qoldiq o&#8217;zanlar va o&#8217;rqirlar bor. Markaziy va shim. qismlari tekis. Sirdaryoga 6-20 m chuqurliqdagi jarlik hosil qilib tu- shadi. M.ni Jan.-sharkdan shim.-g&#8217;arbga Ettisoy, Sardoba, Qoraqaroy, Sho&#8217;ro&#8217;zak kabi o&#8217;zansimon pastliklar \u2014 sirda- Ryoning eski o&#8217;zanlari kesib o&#8217;tgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9-10 m. Iqlimi kontinental. Ur- tacha yillik t-ra Shimoliy qismida 12,5, Jan. da 15,g. Iyulning o&#8217;rtachi t-rasi 26 \u2014 30\u00b0, yanv.niki 0,8\u20144\u00b0. Yozi nihoyatda issiq (ba&#8217;zan 40-47\u00b0). Yillik yog&#8217;in miqdori 200-300 mm, tog&#8217;oldi qismida 310-428 mm, ko&#8217;proq bahorda yog&#8217;adi. Te- kislikka Bekobod shamolining ta&#8217;siri kuchli (ba&#8217;zan shamolning tezligi 46 m\/ sek. ga etadi), bug&#8217;lanishni kuchaytira- Di, sho&#8217;rlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar tog&#8217;laridan Sang- zor daryosi, Zominsuv, Xo&#8217;jamushkentsoy, Pishag&#8217;arsoy, Rabotsoy va b. oqib tushadi. Bu soylar bahorda to&#8217;lib oqadi. Sirdaryo qayirlarida ko&#8217;l va botqoqliklar ko&#8217;p. Ko&#8217;llarning suvi sho&#8217;r. M.da sizot suvla- ri tog&#8217;oldi tekisliklarida 20-120 m, tekislik qismida esa 0,3 m chuqurlikda, sho&#8217;rligi 30 g\/l dan ortiq, tarkibida xlorid tuzlari ko&#8217;p. Markaziy qismida sizot suvlarining oqimi nihoyatda se- kin va ancha sho&#8217;r. M.dagi prolyuvial te- kisliklarda tipik bo&#8217;z, Markaziy va tog&#8217; oldi qismlarida och bo&#8217;z, o&#8217;zansimon past- liklarda sho&#8217;rxok, sho&#8217;rtob, Daryo vodiy- sida allyuvial-o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi- botqoq tuproqlar tarqalgan. Markaziy qismidagi och bo&#8217;z tuproqlarning ustki qatlami (1-3 m) sho&#8217;rlanmagan, ostki qatlamdagi qumoq va qumloq yotqiziqdar kuchli sho&#8217;rlangan. M. tuproqlari juda sho&#8217;r va sizot suvlari yuza bo&#8217;lganidan maxsus Meli- orativ tadbirlar amalga oshiriladi. M.ning sho&#8217;rlanmagan erlarida qo&#8217;ng&#8217;ir- bosh, rang, oqquray, kovrak, qizil burgan, sho&#8217;rlangan erlarida oq shuvoq, oq jusan, keyreuk, yulg&#8217;un, sho&#8217;rxoklarda sarisa- zan shoxilak, qorabaroq, ajriq, kurmak o&#8217;sadi. Ko&#8217;pgina arxeologik topilmalar M. da qad.da dehqonchilik qilinganidan darak beradi. Qad.da qazilgan O&#8217;rimboy- o&#8217;g&#8217;uz va eski Tuyatortar kanallarning qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. M. da 1895 y.da uz. 84 km bo&#8217;lgan kanal qurilgan va 7600 ga er sug&#8217;orilgan. 1913 y. Knyazariq (hoz. Do&#8217;stlik kanali) ishga tushirilgan. 1911 y. sug&#8217;oriladigan erlarning mayd. 12 ming ga bo&#8217;lgan. 1910 y.dan 1914 y.gacha 95 ming ga er o&#8217;zlashtirilib, shundan 60 ming ga er sho&#8217;rlanish va botqoqlanish natija- sida ishdan chiqqan. Imkon qadar ko&#8217;proq paxta xom ashyosi etishtirish va uni me- tropoliyaga tashib ketish maqsadida Moskva, Petrograd va b. shaharlardan texnika va mutaxassislar kela boshladi. Sug&#8217;oriladigan erlar maydoni 1921 y.da 20 ming ga, 1924 y.da 50 ming ga, 1928 y.D 67 ming ga gacha etdi. M.ga respublika- ning aholisi zich tumanlaridan oilalar ko&#8217;chirib keltirildi, yangi yirik sovxoz- lar (1924 y.da &#8220;Paxtakor&#8221;, 1929 y. &#8220;Ma- lik&#8221;, 1927 y.da &#8220;boyo-vut&#8221;) tashkil etildi. 1939-40 y.larda 60 ming ga sho&#8217;r bosgan va botqoqlashgan erlar o&#8217;zlashtirilib, ekin maydoniga aylantirildi. 1941 y.dasug&#8217;oriladigan erlar mayd. 90 ming ga bo&#8217;ldi. Qayroqqum suv ombori qurilishi b-n M.ning suv b-n ta&#8217;minlanishi yaxshi- landi. 1956 y. sug&#8217;oriladigan erlar 205,5 ming ga ga etdi. &#8220;Boshmirzacho&#8217;lqurilish&#8221; (&#8220;Glavgolodnostep-stroy&#8221;) tashkiloti tuzildi. Bu loyihaga muvofiq, asosiy kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Jan. Mirzacho&#8217;l kanali, qayir va Mar- kaziy Mirzacho&#8217;l kollektorlari ishga tushirildi. Sho&#8217;ro&#8217;zak, Sardoba va b. kol- lektorlarning ishi yaxshilandi. M. da erlarning sho&#8217;rini yuvish sizot suvlari- ning yuzasini pasaytirish bo&#8217;yicha ko&#8217;p ishlar amalga oshirildi. M. da Guliston, Yangier shaharlari va b. aholi punktlari vujudga keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mirzacho&#8217;l \u2014 Urta Osiyodagi te- kislik. Uzbekistonning Sirdaryo, Jiz- zax viloyatlari, Qozog&#8217;istonning Jan. Qozog&#8217;iston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani xududlarida. Mayd. 10 ming km2, bal. 230 -385 m. Sharqda Sirdaryo, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mirzachol\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116912","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116931,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116912\/revisions\/116931"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}