{"id":116916,"date":"2024-05-08T18:25:49","date_gmt":"2024-05-08T15:25:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116916"},"modified":"2024-05-08T18:25:53","modified_gmt":"2024-05-08T15:25:53","slug":"miniatyura-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/miniatyura-3\/","title":{"rendered":"Miniatyura"},"content":{"rendered":"\n<p>Miniatyura (Frans. miniature; lot. minium \u2014 qizil bo&#8217;yoq) \u2014 badi- iy usullari o&#8217;ta nafis bo&#8217;lgan kichik hajmli (mo&#8221;jaz) tasviriy sanat asar- lari. O&#8217;rta asr qo&#8217;lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo&#8221;jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, mag&#8217;zi soxta (toshqog&#8217;oz), metall, chinni, ba&#8217;zan mai- shiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va b.)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtas- virga ham M. atamasi qo&#8217;llanadi (q. Lok- li miniatyura). Badiiy M.ning kitob va portret M.si kabi sohalari keng tarqalgan. Ki- tob M.sida rasmlar rangli qilib tempe- ra, guash, elim, akvarel va b. bo&#8217;yoqdar b-n qo&#8217;lda bevosita qo&#8217;lyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va b.) shu Kito- blarning bezaklari b-n uyg&#8217;unlashgan. M. qad.dan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Qad. Misr papiruslariga xira bo&#8217;yoklar b-n peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. So&#8217;nggi antik M.lar (4-6-a.lar) shakllar va nurhavo holati to&#8217;g&#8217;ri berilganligi b-n diqqatga sazo- vor. Bu usul Vizantiya M.si (asosan, Di- niy qo&#8217;lyozmalar)da 10-a.gacha hukm surgan. M.gaxalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. 13\u2014 15-a.lar gotika M.sida na- Turani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn b-n izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interer, me&#8217;moriy hoshiyalarga keng o&#8217;rin beril- Di. Frantsiyada yirik M. ustalaridan A. Bonevyo, Jakmar D&#8217;Eden va b. samara- li ijod qildi. O&#8217;rta asrlar G&#8217;arb M.si mahalliy maktablarning kupliga b-n AJ- ralib turadi. Armaniston (6\u2014 7-a.lar), Gruziya (9-10-a.lar), Rossiya (P-a.)da M. rivojlandi. O&#8217;rta asrlarda Sharkda M.ning o&#8217;ziga xos maktablari shakllangan (q. Kitobat san&#8217;ati). Arab M.sida bir qator makta- blar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afg&#8217;oniston, O&#8217;rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Hindiston qo&#8217;lyozma kitoblari- ning barcha bezaklari o&#8217;zaro uyg&#8217;unlikda bog&#8217;langan; chiziqli ritm, manzara, ran- glarning nozik uyg&#8217;unligi ularning bez- AK tuzilishini belgiladi. M. qo&#8217;lyozma kitoblarning mo&#8221;jaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida 12-19-a.larda Sharkda keng tarqalgan. Avval ilmiy qo&#8217;lyozmalar (mas, tabobatga oid Dioskoridning &#8220;do- rilar&#8221; risolasining Arab tiliga tarji- masi, Abu Rayhon Beruniyning &#8220;osar ul- Boqiya&#8221; \u2014 &#8220;o&#8217;tmishdan qolgan yodgorli- klar&#8221;, Qazviniyning &#8220;nujum&#8221; \u2014 &#8220;yul- duzlar&#8221; va b.), keyinchalik badiiy asar- lar (Haririyning &#8220;maqomot&#8221;, &#8220;Kalila va Dimna&#8221;, &#8220;tarixi Tabariy&#8221; kabi asar- lar)ga rasmlar ishlangan. Badiiy adabi- yot, asosan, epik she&#8217;riyat \u2014 masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221;. Nizomiy, Xusrav Dexdaviy, Alisher Navoiylarning &#8220;Xamsa&#8221;lari, Jomiy, Sa&#8217;diy, Hofiz Sheroziy va b.ning asarlari) qo&#8217;lyozmalarini ziy- natlash uchun yaratilgan M.lar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musav- vir sifatida Sharkda Moniydan so&#8217;ng Juna-ID Bag&#8217;dodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, G&#8217;iyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdul- la musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va b.ning nomlari mashhur. Temuriylar davrida alohida varaqlarga M. ishlash va ulardan muraqqa tuzish an&#8217;-anaga aylan- gan, alohida shaxslar tasviri (portre- ti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga ko&#8217;tarilgan. 14-a. oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyin- chalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan; Amir Temur qurgan bog&#8217;lardagi ko&#8217;shklar ham devoriy rasmlar b-n bezatilgan. Temu- riylar saroylarida alohida kltobxona- lar tashkil etilib, u erda mohir xattot va kitobat axdi, jumladan, musavvir- lar ham FA-oliyat ko&#8217;rsatgan (mas, Mirzo Boysun-G&#8217;ur kutubxonasida qirkdan ziyod xattot, etmishdan ortiq musavvirlar ijod qilgani ma&#8217;lum). Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham Kito- BAT san&#8217;ati va M. taraqqiyotiga katta e&#8217;tibor berilgan. Temuriylar, Shaybo- niylar, Boburiylar davri M. asarlari jahonning eng nufuzli muzey, kutubxona va shaxsiy to&#8217;plamlarida saqlanadi. Portret M.si rassomlik san&#8217;atining alohida turi sifatida Uyg&#8217;onish davri- da shakllangan, usul va uslub jihatidan kitob M.si b-n, shuningdek, realistic san&#8217;atning umumiy taraqqiyoti b-n uzviy bog&#8217;langan. Germaniya, Angliyada M. asarlari portret va ruhiy holatning aniqligi va boyitilganligi b-n ajralib turadi (Kichik X. Xolbeyn va uning shogirdla- ri). 16-a.da Frantsiyada emal usulidagi M. rivojlangan. 18-a.dan Rossiyaga keng tarqaldi, italyan R. Karrera fil suyagi- ga rangli zaminda guash b-n rangtasvir ishlash usulini kiritdi, akvarel M.si yuksak cho&#8217;qqiga ko&#8217;tarilgan. Evropada 17-18-a.larga kelib M. o&#8217;rnini gravyura egalladi, litografiya rivojlandi. 19-a. dan fotografiyaning tarqalishi tufayli portret M.si yaratish susaydi. O&#8217;zbekiston hududida 20-a. boshlari- ga kelib M. san&#8217;atining rivoji to&#8217;xtab qoldi. Usta Mo&#8217;min, A. Siddiqiy, G. Nikitin, Ch. Ahmarov, T. Muhamedov kabi rassomlar ijodida M. an&#8217;anala- ri kuzatiladi. 70-80-y.larda M. an&#8217;- analarini tiklashga urinishlar bo&#8217;ldi. M.ning haqiqiy taraqqiyoti O&#8217;zbekiston mustaqilligidan so&#8217;ng amalga oshdi. Ch. Ahmarov M. san&#8217;ati an&#8217;analarini o&#8217;z ijodida davom ettirdi, uni yangicha mazmun, g&#8217;oyalar b-n boyitdi. Uning sho- girdlari ustozining ishlarini davom ettirib, M.ni yangi bosqichga ko&#8217;tardilar; M. lokli M., qog&#8217;oz, mato, teri, charmda- gi M.ni va devoriy ish> larni qamrab olib keng ko&#8217;lamli badiiy uslubiy yo&#8217;nalishga aylandi. Hoz. kunda M. ri- voji 3 yo&#8217;nalishda \u2014 aynan qo&#8217;lyozma (kitob) rasmlari (T. Muhamedov, Sh. Muhamadjonov, M. Salimov va b.), lok- li M. (N. Xolmatov, A. Yo&#8217;ldoshev, Sh. Shoahmedov va b.) hamda M. uslubida devoriy rasmlar yaratish (T. Boltaboev, H. Nazirov, G&#8217;. Kamolov \u2014 Kamoliddin Behzod nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofotining birinchi sovrindorlari va b.) bo&#8217;yicha ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Miniatyurachi rassomlar &#8220;Usto&#8221; va &#8220;musavvir&#8221; ijodiy uyushma- larida FA-oliyat ko&#8217;rsatmoqdalar. Ka- moliddin Behzod nomidagi milliy ras- somlik va dizayn in-tida, Respublika rassomlik kollejida miniatyurachi ras- somlar tayyorlanadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari, Angren ishlab chikarish birlash- masi klubi binosi devorlari (&#8220;Ulug&#8217;bek akademiyasi&#8221; nomli) va b. M. uslubidagi rasmlar b-n bezatilgan. Ad.: Norqulov N., Nizomiddinov N., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970; Alisher Navoiy asarlariga ishlan- gan rasmlar, T., 1982; Sharq miniatyura maktablari, T., 1989; Oriental miniatures 14th\u201417th centuries, Tashkent, 2001. Abdumajid Madrahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Miniatyura (Frans. miniature; lot. minium \u2014 qizil bo&#8217;yoq) \u2014 badi- iy usullari o&#8217;ta nafis bo&#8217;lgan kichik hajmli (mo&#8221;jaz) tasviriy sanat asar- lari. O&#8217;rta asr qo&#8217;lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo&#8221;jaz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/miniatyura-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116916","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116916","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116916"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116916\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116934,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116916\/revisions\/116934"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116916"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116916"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116916"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}