{"id":116921,"date":"2024-05-08T18:26:18","date_gmt":"2024-05-08T15:26:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116921"},"modified":"2024-05-08T18:26:28","modified_gmt":"2024-05-08T15:26:28","slug":"mineral-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mineral-2\/","title":{"rendered":"Mineral"},"content":{"rendered":"\n<p>Mineral (Frans. mineral \u2014 ruda) \u2014 Er (va b. kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar nati- jasida hosil bo&#8217;lib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan tabiiy jism; asosan, tog&#8217;jinsla- ri, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi. M. aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq M. ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning M.ga mansubligi Bax- sli, lekin muz M. deb qabul qilingan. Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi ko&#8217;rinishi kristallarga o&#8217;xshash, lekin amorf, shishasimon holatdagi me- tamikt minerallar farq qilinadi. Har bir M. (mineral turi) muayyan tarkibli faqat o&#8217;ziga xos kristallik strukturaga ega bo&#8217;lgan tabiiy birik- madan iborat. M.ning bir xil tarkibli modifikasiyasi (mas, olmos \u2014 grafit, kaltsit \u2014 aragonit), lekin turlicha kristall tuzilishga ega bo&#8217;lgan M. har xil M. turiga mansub; aksincha, muayyan chegarada tarkibi o&#8217;zgarib, birok doimiy strukturaga ega bo&#8217;lgan M.ning izomorf katorlari (mas, olivinlar, volframit- lar, kolumbitlar) bitta mineral turiga kiradi. Kimyoviy tarkibi ayrim xossa yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta bo&#8217;lmagan o&#8217;zgarishlar M. struktu- rasida keskin farq qilmasa M.ning xil- lari deyiladi (mas, kvars xillari \u2014 tog&#8217; xrustali, ametist, tsitrin, xaltsedon). Bir-biridan fizik sirti b-n ajarlib turuvchi yakka kristallar, donachalar va b. M. jismlar mineral individlarni, ularning o&#8217;simtalari M. agregatlarni tashkil qiladi. Hoz. vaqtda tabiatda Xalqaro komissiya tomonidan rasmiy tasdiklangan qariyb 4000 M. turi mav- jud va yana taxm. 1000 ta M. topilgan va o&#8217;rganilgan, lekin hozircha tasdiklanma- gan. Har yili 100 ga yaqin yangi mineral turi topiladi va shundan 50-60 tasi tasdiqlanadi. O&#8217;zbekiston hududida 1000 dan ortik, M. topib o&#8217;rganilgan. Ko&#8217;pchilik M.lar ion strukturaga ega. Ionlari tartibli joylashgan ideal strukturadan chetlashish hollari ham tez- tez uchrab turadi. M. kristall panjarasinit ayrim strukturaviy elementlari (qatlam, paket, zanjirchalar va h.k.) shu ele-mentlar ichi- da strukturasi to&#8217;liq saqlangani holda bir-biriga nisbatan bir oz siljigan bo&#8217;lishi mumkin. Natijada M.ning po- litip modifikasiyalari vujudga keladi. Politiplar katlami M.lar (mas, slyuda, grafit, molibdenit, gilli M.lar)da ko&#8217;p uchraydi. Agar polimorfizm hodisasi t-ra va bosimning o&#8217;zgarishi b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lsa, M. politipiyasi esa extimol kri- stallarning o&#8217;sishi sharoiti b-n bog&#8217;liq. M.larning strukturaviy nuqsonlari, politipi va b. chetlanishlarini ideal strukturaga nisbatan qiyosiy o&#8217;rganish M.larning paydo bo&#8217;lishidagi termodi- Namik sharoitni aniqlashga imkon bera- Di. M.larning kimyoviy tarkibi, formu- lasi va tasnifi. M. strukturasida kimyo- viy elementlarning ahamiyati turlicha: ba&#8217;zilari etakchi bo&#8217;lib, M.ning aosiy tarkibini belgilaydi; boshkalari xusu- siyatlari va atom (ion) tuzilishlari b-n asosiylariga yaqin bo&#8217;lib, M.da izomorf (q. Izomorfizm) aralashma (mas, tseriy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, reniy, rubidiy, ko&#8217;pgina kamyob-er ele- mentlari) holida uchraydi. M. tarkibining murakkabligi va etarlicha barkaror emasligi izomorfizm hodisasi, submikroskopik kiritmalar, shuningdek, sorbtsiya hodisasiga ham bog&#8217;liq. M.da submikroskopik kiritma- lar quyidagi qollarda ro&#8217;y berishi mum- kin: eritma, qorishma va b. muhitning kristallanish jarayonida dispers ara- lashmalarni ushlab qolish natijasida (mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmala- ri, dala shpatidagi gematit kiritmala- ri); t-ra sharoitlarining o&#8217;zgarishi na- tijasida qattiq qorishmalarning par- chalanishi (dala shpatlarida pertitlar- ning hosil bo&#8217;lishi, murakkab sulfide va murakkab oksidlarning parchalanishi) dan; metamikt o&#8217;zgarishda; bir M. o&#8217;rniga boshqasi joylashgan hollarda yoki ikki- lamchi o&#8217;zgarishlar natijasida. Ko&#8217;pgina M.lar (mas, magnetit) tarkibida doim turli qo&#8217;shimchalar zarralari bo&#8217;ladi. Tabiatda tarqalgan jami M.larning chorak qismini silikatlar sinfi, 12% ini oksid va gidrokiedlar, 13% ini sulfid va uning analoglari, 18% cha- sini fosfatlar, arsenat (vanadat)lar, 32%ini boshqa kimyoviy birikmalar tash- kil etadi. Er po&#8217;stining 92% silikat, oksid va gidroksidlardan tarkib topgan. Kimyoviy birikmalari tipiga ko&#8217;ra, M. oddiy (tug&#8217;ma elementlar) va murakkab tarkibli (binarli va b.)ga bo&#8217;linadi. M.larning hoz. qo&#8217;llaniladigan tas- nifiga kimyoviy birikmalar va kri- Stall panjarasi tiplaridagi farklar asos qilib olingan. Muayyan struktura tipiga mansub M.ning tarkibi, shuning- dek, uning izomorfizmdagi krnuniyatli o&#8217;zgarishlari unda ishtirok etgan atom- lar (ionlar) tuzilishi va kristalloki- myoviy tavsifi, ularning radiusi, koor- dinasion sonlari va kimyoviy bog&#8217;lanish tipi b-n belgilanadi. M. Konstitusiyasi (tarkibi va struk-turasi) kristalloki- myoviy formulalarda ifodalanadi. M.larning tashqi qiyofasi ularning ichki strukturasi va vujudga kelish sha- roitlari b-n belgilanadi. Ayrim M. individlarining o&#8217;lchami 1 \u2014 100 nano- metrdan (kolloid minerallar) 10 m gacha (mas, pegmatitlardagi spodumen Kristal- lari) bo&#8217;ladi. Kristall strukturasi va o&#8217;sish sharoitlariga bog&#8217;liq holda M.ning turli qiyofadagi izometrik (mas, galit, galenit, sfalerit, olivin), varaqsimon va tangasimon (molibdenit, slyudalar, talk), taxtachasimon (barit va b.), US- tunsimon va ignasimon (rutil, akti-no- lit, turmalin) kristallari vujudga ke- ladi. M.ning ba&#8217;zi kristallarida o&#8217;ziga xos shtrix chiziqlar, shunin-gdek, o&#8217;sish va erish shakllarini kuzatish mumkin. M. morfologiyasi va qirralari tuzili- shini batafeil o&#8217;rganib, ya&#8217;ni kristallo- morfologik tadqiqotlar o&#8217;tkazib M. in- dividlarining paydo bo&#8217;lish tarixini tiklash mumkin. Tabiatda M.ning ayrim kristallari b-n birga o&#8217;zaro qonuniy orientirlangan (qo&#8217;shaloq, parallel), shuningdek, o&#8217;zaro orientirlanmagan (mineral agregatlari) M. o&#8217;simtalari bo&#8217;ladi. Agregat morfologiyasiga ko&#8217;ra, ayniqsa, ekzogen M.lar uchun xos bo&#8217;lgan druzalar (shchyotkalar), dendritlar, do- nachali, zich va tuproqsimon massalar, oolit va sferolitlar, sekresiya va kon- kresiyalar, turli oqiqlar farq qiladi. M. agregatlarni o&#8217;rganish b-n mineralo- giyaning maxsus ontogenik analiz bo&#8217;limi shug&#8217;ullanadi. M.ning morfologik Xu- susiyatlarini bilish ularni tezroq aniqlashga yordam beradi. M.ning fizik xususiyatlari ularning kristall strukturasi va kimyoviy tar- kibiga bog&#8217;liq. M.ning tabiiy Kristal- larida izomorfizm, mikro tuzilishi- ning bir xil emasligi, tartibsizligi, nuqsonlarining mavjudligi va b. xos- salariga ko&#8217;ra, ularning xususiyatlari odatda doimiy emas. M. fizik xossala- riga zichlik, mexanik, optik, lyumines- tsent, magnit, elektr, termik radioaktiv- lik va b. kiradi. Zichligiga qarab engil (2500 kg\/ m3 gacha), o&#8217;rta (2500 dan 4000 kg\/m3 gacha), ogir (4000 dan 8000 kg\/m3) va o&#8217;ta og&#8217;ir (8000 kg\/m3 dan ko&#8217;p) M.ga bo&#8217;linadi. M.ning zichligi kristall strukturasiga kiruvchi atom yoki ionlar massasiga va ularning joylanish xarakteri, qo&#8217;shimcha anionlar va suvning bo&#8217;linishiga bog&#8217;liq. M.ning fizik xossasiga Abu Rayhon Beruniy ham katta e&#8217;tibor bergan va o&#8217;sha davrda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan M. va javohirlarning solishtirma og&#8217;irligini aniqlab, shu asosda M.lar tasnifini tuzgan. Beruniy keltirgan ma&#8217;lumotlar hozirgilaridan deyarli farq qilmaydi. Mexanik xossalari ga qattiqlik, mo&#8217;rtlik, cho&#8217;ziluvchanlik, ulanish te- kisligi, sinish yuzasining kurinishi, egiluvchanlik, qayishqoklik kiradi. M. dastlab o&#8217;rganilganda, odatda, uning nis- biy qattiqligi Moss shkalasiga muvofiq aniqlanadi. Ulanish tekisligi uta mukammal, mu- kammal, o&#8217;rtacha va nomukammal bo&#8217;ladi. Bu M.ning muayyan yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha yori- lish (ajrash) yuzasida namoyon bo&#8217;ladi. Optik xossalari. M.ning rangi, yal- tirokligi, shaffoflik darajasi, nur sindirishi, nurni aks ettirishi, pleox- roizm va b. xossalari M. donachalarining ayrim qismlarida optik mikroskop er- damida spektrning ultrabinafsha va infraqizil nurlarida o&#8217;rganilishi mum- kin (q. Kristalloptika). M.ning yaltirokligi (metall, yarim metall va nometall \u2014 olmos, shishasi- mon, yogli, mumsimon, ipaksimon, sadafe- imon va h.k.) uning sirtidan qaytgan nur miqdori va nur sindirish ko&#8217;rsatkichiga bog&#8217;liq. M.ning boshqa ko&#8217;pgina fizik Xu- susiyatlari (lyuminessent, magnit, elek- trik, radioaktivlik va b.) qattiq jism- lar fizikasida yaxshi o&#8217;rganilmoqda. M. dastlab dala sharoitlarida tashki belgilariga qarab o&#8217;rganiladi. Kompas erdamida ferromagnit M.lar (magnetit, pirrotin) aniqlanadi. Karbonat tar- kibli M.lar xlorid kislota eritmasi tomizilganda &#8220;qaynab ko&#8217;pirishi&#8221;dan bilinadi. Ba&#8217;zan sifatli kimyoviy reak- tsiyalardan foydalaniladi. Topilgan mi- nerallarni ma&#8217;lum turga mansubligini belgilaydigan maxsus aniqlagichlar ham mavjud. Ko&#8217;pgina minerallarni (mas, gil- li M.) dala sharoitida aniqlash qiyin. M.ning kimyoviy tarkibi lab. sharoitida kimyoviy, shuningdek, spektral kimyoviy analizlar metodi b-n aniqlanadi. Shaf- FOF va nur o&#8217;tkazuvchi M.lar qutblangan nurli mikroskop erdamida, shaffof bo&#8217;lmaganlari maxsus mikroskopda o&#8217;rganiladi. M.ning aniq tashhisi faqat rentgenogrammma erdamida bajarila- Di. Juda mayda dispers M.lar electron mikroskop ostida elektronografik me- tod b-n tadqiq qilinadi. M. tarkibida suvning qanday shaklda mavjudligini bilishda termik analiz va b. metodlar- dan, qo&#8217;shimchalarni aniqlashda esa rent- gen mikroanalizatordan foydalaniladi. Tabiatda tarqalishi va hosil bo&#8217;lishi. Barcha M.lar tarqalishiga ko&#8217;ra, jins va ruda hosil qiluvchi [tog&#8217;jinsi yoki ruda tarkibida qatnashuvchi, ikkin- chi darajali yoki aktsessorlar (tarkibida 1% dan kup bo&#8217;lmagan)], kam va juda kam uchraydigan, ahyon-ahyonda bitta uchraydi- gan turlarga bulinadi. Bu shartli buli- nish, chunki ba&#8217;zi tabiiy jarayonda juda kam hosil buluvchi M. boshqa geologik sharoitlarda keng tarkalgan buladi. Har bir M. aniq geologik va fizikki- myoviy sharoitda muayyan bir tabiiy Geo- kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelib, o&#8217;zining rivojlanish tarixiga ega. M. rivojlanish jarayonida vujudga kelish, o&#8217;sish va o&#8217;zgarish bosqichlarini o&#8217;taydi. M. va agregatlarining bu bosqichlari tadriji rus geologi D. P. Grigorev tomonidan M . l a r ontoge- niyasi nomi b-n birlashtirilgan (1961). M.ning vujudga kelishi muhitning tur- li fazasida (eritma, qorishma, gaz) kechi- shi mumkin. M. o&#8217;sish jarayonida izomorf yoki mexanik ravishda M. hosil qiluvchi muhitdagi aralashmalarni va suyuq, gazlisuyuq va gazli kiritmalarni qo&#8217;shib oladi. Fizikkimyoviy sharoitning (mas, traning pasayishi, bosimning ortishi, yangi aralashmalarning kelib qo&#8217;shilishi va h.k.) o&#8217;zgarishi quyidagi holatlarga olib keladi: a) deformasiya; b) M.ning erishi; v) polimorf o&#8217;zgarishlar; g) qattiq qorishmalarning parchalanishi; D) qayta kristallanish; e) boshka M. b-n almashinishiga olib keladigan kimyoviy o&#8217;zgarish jarayoni. Agar bu o&#8217;zgarishlarda avval mavjud bo&#8217;lgan M.ning tashqi shak- li saqlansa, psevdomorfoz M.lar vujud- ga keladi. Bir tarkibning polimorf mo- difikasiyalarida ifodalanadigan bir- lamchi va undan hosil bo&#8217;luvchi ikkilam- chi M. psevdomorfozlari paramorfozlar (mas, vyursitdan sfalerit, grafitdan olmos) deyiladi. Turli reaktsiyalar na- tijasida vujudga kelgan har qanday M. alohida, sof holda uchramaydi, hamma vaqt boshqa M.lar hamroxligida bo&#8217;ladi. Bir jara-yonda cheklangan maydon va vaqtda hamda ma&#8217;lum fizikkimyoviy sharoitda qonuniyatli ravishda hosil bo&#8217;luvchi M. birikmalar M.lar paragene- zisi yoki paragenetik assosiasiyalar dey- iladi. M.ning bir paragenetik assosi- asiyasi rivojlanish jarayonida tabiiy muxit, t-ra, bosim va komponentlar kon- tsentrasiyasining o&#8217;zgarishi natijasida krnuniyati ravishda ikkinchisi b-n Alma- shinadi. Vujudga kelayotgan M.lar asso- tsiasiyasini fizikkimyoviy diagramma- lar yordamida tadqiq qilish paragenetik analizning asosi hisoblanadi. M.ning bir konning o&#8217;zida turli paragenetik assosiasiyasida, ya&#8217;ni turli bosqichda namoyon bo&#8217;lishi uning generasiyasi deyi- ladi. Tabiiy reaktsiyalar mahsuli bo&#8217;lgan M. uni hosil qilgan mu-hit, fazali holat, fizikkimyoviy parametrlar b-n uz- viy bog&#8217;liq. Bularning hammasi M. hosil bo&#8217;lish jarayonining har bir bo-sqichida M. tarkibi va xususiyatlarida uzgarib, o&#8217;ziga xos maxsus tipomorf belgilari- ga ega bo&#8217;ladi. M. xreil bo&#8217;lgan muhit b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan kimyoviy struktura, fizik belgilarining majmui M. tipo- morfizmi deyiladi. M.larning o&#8217;zi yoki ularning parageneziyalari, shuningdek, ularning ayrim belgilari ham tipo- morf bo&#8217;lishi mumkin. M.ning tipomorf xususiyatlaridan foydali qazilmalarni qidiruv belgilari sifatida foydala- nish mumkin. M. endogen, ekzogen va metamorfizm jarayonlarida vujudga keladi. Hoz. za- mon &#8220;M.lar genezisi&#8221; tushunchasi bir kancha masalalar, jumladan, M. hosil bo&#8217;lish jarayoni ximizmi, M. hosil bo&#8217;luvchi muhitning fazali holati va h.k. tavsifini o&#8217;z ichiga oladi. M. genezisi- ni tavsiflovchi ob&#8217;ektiv ma&#8217;lumotlarni olish foydali qazilma konlar geologik jarayonlarini va shakllanish tarixini o&#8217;rganishga, shu b-n birga ularni izlash, razvedka qilish va sanoat ahamiyatini&#8217; baqolashga imkon beradi. Qo&#8217;llanishi. M.ning xususiyatlari uni texnikaning qaysi sohasida ishla- tilishini belgilaydi. Mas, o&#8217;ta qattiq M.lar (olmos, korund, granat va b.) abra- Ziv asboblar sifatida, pezo-elektrik xususiyatli M.lar radioelek-tronika- da qo&#8217;llaniladi va h.k. M.ning har xil fizik xususiyatlari (asosan, zichligi, qayishqoqligi, magnitliligi, elektr o&#8217;tkazuvchanligi, radioaktivligi va b.)ga qarab ruda boyitish, foydali qazilmalar qidirishning geofizik usullari bel- gilanadi. M. ning kristallik panja- rasidagi nuqsonlarni aniq maqsadga yo&#8217;naltirilgan mexanik, akustik, termik (qizdirish va keyin tez yoki sekin sovi- tish), kimyoviy (kuidirish, reagentlar b-n ishlov berish), radiasion (rentgen va gamma nurlar b-n nurlantirish) usullar b-n yo&#8217;qotish yoki tuzatish katta istikbol- lar ochilishiga imkon beradi. Hozirgacha ma&#8217;lum bo&#8217;lgan M.larning atigi 1\/5 qismiga yaqini sanoatda foydalaniladi. M.ning tarkalishi, xossalarini sinchi- Klab o&#8217;rganish yangi M. turlaridan ama- liyotda foydalanishga imkon yaratadi. O&#8217;zbekistonda ko&#8217;p M. konlari ochilgan. M.lardan ba&#8217;zilari dunyoda birinchi marta topilgan va mashhur olimlar va topilgan joylari nomi b-n atalgan (mas, avisenit, birunit, xamrabaevit, nasle- dovit, uklonskovit, ferganit va b.). Hoz. sanoatda Mendeleev jadvalidagi barcha elementlardan foydalanilmoqda, ular asosiy komponent yoki qo&#8217;shimcha element sifatida har xil M.lar tarkibida mav- jud. M.ning monokristallar yoki ular- ning sintetik analoglari elektronika, optika, radiotexnika, elektroenergeti- kada ishlatilmoqda. O&#8217;z chiroyi b-n ajra- lib turadigan M.lar qimmatbaho, yarim qimmatbaho javohirlar (olmos, Zumrad, yoqut, sapfir, nefrit va b.) sifatida qo&#8217;llaniladi. Mineraloglarning tadqiq qilish ob&#8217;ektiga oydan olib tushilgan, samodan tushgan jismlar, er mantiya- si va okean tubi M.lari ham yil sayin qo&#8217;shilib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mineral (Frans. mineral \u2014 ruda) \u2014 Er (va b. kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar nati- jasida hosil bo&#8217;lib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan tabiiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mineral-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116921","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116921","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116921"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116921\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116940,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116921\/revisions\/116940"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116921"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116921"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116921"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}