{"id":116949,"date":"2024-05-08T18:37:21","date_gmt":"2024-05-08T15:37:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116949"},"modified":"2024-05-08T18:37:25","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:25","slug":"memorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/memorlik\/","title":{"rendered":"Me&#8217;morlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Me&#8217;morlik, arxitektura \u2014 foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va ja- miyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san&#8217;ati. Me&#8217;mor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi b-n avval ijo- diy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat b-n bunyod etadi. M. asar- lari qatoriga turli-tuman binolar, uy- joylar, me&#8217;moriy majmualar, maydon- lar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar \u2014 qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish b-n M.ning jamlovchi, eng murak- kab sohasi \u2014 shaharsozlik shug&#8217;ullanadi. Tabiat manzaralari b-n bog&#8217;liq muhitni bunyod etish, bog&#8217;lar yaratish sohasi bog&#8217;sozlik (bog&#8217;-Park) san&#8217;atidir. M. asari amaliy xizmati, vazifasi- dan tashqari ma&#8217;lum g&#8217;oyaviybadiiy maz- Munni, o&#8217;z davrini ifodalovchi me&#8217;mo- riy qiyofa \u2014 obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng ma-hobatli va eng ko&#8217;p xarajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli san&#8217;at sifatida namoyon bo&#8217;ladi. M. boshqa turli xil san&#8217;at namunalarini (haykaltaroshlik, o&#8217;ymakorlik, ganchkor- lik kabi) o&#8217;zida&#8217; mujassam etishi b-n san&#8217;atlar onasiga, fazoviy shakllar o&#8217;zaro mutanosib, hamohang bo&#8217;lishini nazarda tutib me&#8217;moriy kadimiyat Yodgor- liklari toshda qotib qolgan musiqaga o&#8217;xshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va go&#8217;zal bo&#8217;lishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur bo&#8217;lgan etti mo&#8221;jizatpk hammasi inson dahosi b-n yaratilgan me&#8217;moriy san&#8217;at asarlari bo&#8217;lgani bejiz emas. O&#8217;tmish davru davronlar to&#8217;fonida juda ko&#8217;p mahobatli binolar nomni- shonsiz to&#8217;zib ketgan. Lekin asrlar osha etib kelgan buyuk me&#8217;moriy meros yod- gorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiytexnika imkoniyatla- ri kengayishi, badiiy tarixiy tajri- ba ortishi natijasida M.ning uslubiy o&#8217;zgarishlari paydo bo&#8217;ldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilma- gan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura b-n bog&#8217;liqulkan inshootlari qad. ko&#8217;tardi. Hozir ham Misr exromlarini hayrat b-n ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (mil. AV. 7-a.), o&#8217;rta asrlar Evropa me&#8217;mor- ligidagi roman (10-12-a.lar), gotika (12-15-a.lar) uslublarida ulkan bi- nolar, xususan, ibodatxonalar bunyod etildi. Afina Akropoli tepasidagi mahobatli Parfenon, doriy kolonnala- ri qatori, ajoyib re-lefli haykallari b-n hozirgacha klassik M.ning mashhur ramziga aylangan maktab, teatr, stadion, ibodatxona kabi yangi taqliddagi bino- lar qurildi. Gotika uslubiga xos cho&#8217;ziq ravoklar, nayzasimon shakllardagi bez- aklar G&#8217;arbiy Evropa shaharlarining muqaddas ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi Notr-dam sobori (Frantsiya, 13-14-a.lar) Uyg&#8217;onish davri \u2014 Renes- sans (15-a. oxiri \u2014 16-a. boshlari) uslu- bi asosini qad. davr klassik me&#8217;morli- gi shaklu-shamoyilini yangi davr talab va im-koniyatlari zamini b-n bog&#8217;lab qayta tiklash va rivojlantirish mahsulidir. Klassik orderlar \u2014 ustunlar ti- zimi asosida keng ko&#8217;lamda murakkab me&#8217;moriy ansambllar, majmualar, kat- ta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozisiyalar yaratish im-koniyatiga keng yo&#8217;l ochib berdi. O&#8217;rta asrlar me&#8217;morligida 16-a. ur- talaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezak- dor bo&#8217;lishiga alohida e&#8217;tibor beril- Di. Keyinroq (17-19-a.lar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans me&#8217;morligi tamoy- illari erishgan yutuklaridan ijodiy foydalanish natijasida klassisizm US- lubi paydo bo&#8217;ldi. Ayniqsa, G&#8217;arbiy Ev- ropa shaharlarida klassisizm ruhidagi ajoyib me&#8217;moriy ansambllar yaratildi. 19-a.ning 1-yarmi va 20~a.ning boshlari- da sanoatning rivojlanishi yangi tip &#8211; dagi me&#8217;moriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fka, z-D, elektrostantsiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo bo&#8217;ldi. Ayniqsa, metall, temir-be- ton konstruktsiyalari va b. yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va b.) M. imkoniyati ufqlarini baland ko&#8217;tardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmono&#8217;par baland, ko&#8217;p qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va Takrorlanuv- chi (tipovoy) qismlar asosida yig&#8217;ilib, ni-hoyatda tez fursatda kurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar M.da yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funktsionistlar (AK.Sh da F. Rayt va b.) binoning go&#8217;zalligi, uning shakli va funktsiyasining uzviy- ligi, konstruktsiyaning nafis, materi- allarini tabiiy bo&#8217;lishiga bog&#8217;liq deb ta&#8217;kidlasalar, boshqa bir guruh me&#8217;mor- lar (Germaniyada V. Gropius va b., &#8220;Bau- xauz&#8221; ijodiy markazi) umuman yangi za- mon me&#8217;morligida bezakdorlikka o&#8217;rin yo&#8217;q, deb e&#8217;lon qilishdi. Qurilish tex- nikasi yutuq va imkoniyatlariga ko&#8217;proq e&#8217;tibor berib, M.ning g&#8217;oyaviybadiiy, hatto go&#8217;zallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo bo&#8217;ldi. Ijodiy okimning ko&#8217;pligi M. ob&#8217;ektlari ko&#8217;rinishida o&#8217;z ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik san&#8217;ati misli ko&#8217;rilmagan miqyosda o&#8217;sib ketdi, ajoyib, go&#8217;zal, zamo- naviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hoz. zamon M.gida ilga- ri tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, ya&#8217;ni me&#8217;moriy san&#8217;atda che- gara bilmas baynalmilal ruh va shaklu- shamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham M.da milliylik muammosi yana diqqat e&#8217;tiborni tortmoqda. Binobarin M., shaharsozlik, bog&#8217;sozlik san&#8217;atlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo me&#8217;- moriy merosini o&#8217;rganishga qaratilgan, ilg&#8217;or me&#8217;morlik tajribalar ijodkor me&#8217;mor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. M. ola- midagi odatga ko&#8217;ra, tarixiy kitoblar, asosan, qad. dunyo \u2014 Misr, Yunoniston, Rim va o&#8217;rta asrlardagi Evropa davlat- lari M.gini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, ara- biston kabi qad. madaniyat markazlari M.gi nisbatan kam o&#8217;rganilgani uchun, ularning xalqaro ta&#8217;siri bir oz cheklan- ganday ko&#8217;rinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo M.gi, xususan, O&#8217;zbekiston M.gi ham mutaxassislar tadqiqotida endigi- na yuz ochmoqda. O&#8217;zbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman me&#8217;moriy yodgorlikla- ri, yuksak nafosat mujassami bo&#8217;lgan mahobatli osori-atiqalari b-n diqqat- e&#8217;tiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;idagi eng qad. madaniyat markaz- lari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qa&#8217;ridan ajoyib me&#8217;moriy xazina- ni namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qo&#8217;yqirilgan qal&#8217;a, Tuproqqal&#8217;a, Af- rosiyob, Varaxsha, Poykend, qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo&#8217;qon kabi ko&#8217;hna shaharlar o&#8217;zining noyob me&#8217;moriy obi- dalari (Somoniylar maqbarasi, Mag&#8217;oki Attori, Chashmai Ayyub, poyi Kalon maj- mui, labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulug&#8217;bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori mas- jidmadrasa va b.) b-n dunyoga tanilgan. O&#8217;zbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va Temuriylar davri b-n uzviy bog&#8217;liq bo&#8217;lib, uni Uyg&#8217;onish \u2014 Sharq Renessansi sifatida ta&#8217;riflash odat bo&#8217;lib qolgan, &#8220;er yuzining sayqali&#8221; Samarqand, &#8220;bi- lim va odob gumbazi&#8221; Kesh \u2014 Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur sa&#8217;y- ehtimoli, me&#8217;moriy vayu-yati (valiy- likning ko&#8217;pligi) va karomati tufay- li tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Ko&#8217;ksaroy ko&#8217;shklari, dor US-Siyodat ma- drasasi, ko&#8217;k gumbaz, Jome&#8217;masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad ko&#8217;tardi. Shohizinda kabi me&#8217;moriy ne &#8211; kropol bunyod bo&#8217;ldi. Ko&#8217;hna Kesh gullab yashnagan me&#8217;moriy Bog&#8217;istonga aylanga- ni uchun Shahrisabz nomi b-n ulug&#8217;landi. Samarqand atrofida paydo bo&#8217;lgan Mar- jon bog&#8217;lar halqasi to&#8217;rida Dilkusho ko&#8217;shki \u2014 Ishratxona, Chilustun ko&#8217;shki, kichik Oqsaroy ko&#8217;shki kabi xushbichim binolar, bir-biridan go&#8217;zal bog&#8217;i dil- kusho, bog&#8217;i naqshi Jahon, bog&#8217;i shamol, Bog&#8217;i chi-nor kabi bog&#8217;lar umuman me&#8217;mo- riy bog&#8217;sozlik san&#8217;ati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bog&#8217;sozlik san&#8217;ati temuriyzoda Zahiriddin Bobur b-n kirib kelganini hind san&#8217;atshu-nos- lari e&#8217;tirof etishadi. Hatto o&#8217;rta asr- lardagi Evropa bog&#8217;-parklariga te-muriy bog&#8217;lari ta&#8217;siri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. b-n bog&#8217;liq ilm-fan riso- lalari yaratilgani e&#8217;ti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Fo- Robiy, Birjondiy kabi allomalar asar- larida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan bo&#8217;lsa, Ulug&#8217;bek atrofidagi olimlar faqat astronomi- yaga doir tadqiqotlar b-n cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bog&#8217;sozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-a.da Buxorodagi xalq me&#8217;morlari dastxati b-n yaratilgan Nodir me&#8217;moriy chizmalar saqlangan (O&#8217;zFAShI fondida). Hoz. za- mon M.gida keng qo&#8217;llanilayotgan modul tizimi o&#8217;zbek me&#8217;morligida miqyos nomi b-n qadimdan ma&#8217;lum. O&#8217;zbekiston M.gi tarixini o&#8217;rganish yo&#8217;lida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, M. bunyodkori xalq me&#8217;morlari ijodini o&#8217;rganish natija- sida qad. zamonlardayoq unut bo&#8217;lgan ba&#8217;- zi me&#8217;moriy qonunqoidalar siru asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramida- ehromlar loyihasi haqidagi keying ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo o&#8217;zbek xalq me&#8217;morla- ri amalida saqlanib qolgan me&#8217;moriy Alqonun-ulgutarh orqali oson echimini topdi. O&#8217;zbekiston M.gining asrlar davo- mida avloddan-avlodga o&#8217;tib kelayotgan an&#8217;-analari, qonunqoidalari 19-a.\u2014 20-a, boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. M. ijodkorlari ma&#8217;muriyat talabi ostida ishlashga maj- bur bo&#8217;ldi. M.da ba&#8217;zi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, Evropa va b.) kirib kelayotgan kapi- talistik talablar b-n hamohang bo&#8217;ldi. Xalq me&#8217;morligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun me&#8217;morlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy bi- nokorlik cheklab qo&#8217;yildi, oqibatda taj- ribali xalq me&#8217;morlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosi- da bajarilishi milliy M.ni so&#8217;ndirib qo&#8217;ydi. &#8220;Shaklan milliy, mazmunan so- tsialistik arxitektura&#8221; shiori 20-a. ning 2-yarmidan boshlab ba&#8217;zi ijodiy izlanishlarga yo&#8217;l ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). O&#8217;sha davrda yaratilgan diqqatga sazovor bi-nolarda xalq ustalari ishtiroki b-n ijobiy natijalarga erishildi. Mustaqil O&#8217;zbekiston M. sohasida to&#8217;g&#8217;on bo&#8217;lgan g&#8217;ayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish in-tlari malaka- li me&#8217;morlar tayyorlab bermoqda. Max- sus o&#8217;quv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. O&#8217;zbekiston M.gi keyin- gi o&#8217;n yillik (1991-2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi o&#8217;zgarib, yanada obod bo&#8217;ldi, mahobatli binolar qad ko&#8217;tardi (&#8220;Turkiston&#8221; saroyi, Oqsaroy, tosh- kent hokimiyati, Oliy Majlis binolari, O&#8217;zbek milliy teatri rekonstruktsiyasi, O&#8217;zbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat mu- zeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.). Ad.: 3axidov P., Tradisii narodnix zodchix Uzbekistana: M., 1964; Vseob- tshaya istoriya arxitekturi, t., 1-12, M.-L., 1944-1975; Zohidov P., Me&#8217;mor olami, T., 1991. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Me&#8217;morlik, arxitektura \u2014 foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va ja- miyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san&#8217;ati. Me&#8217;mor inson hayoti va faoliyati uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/memorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116949","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116949","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116949"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116949\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116971,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116949\/revisions\/116971"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116949"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116949"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116949"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}