{"id":116955,"date":"2024-05-08T18:37:38","date_gmt":"2024-05-08T15:37:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116955"},"modified":"2024-05-08T18:37:42","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:42","slug":"mahmud-yalavoch","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmud-yalavoch\/","title":{"rendered":"Mahmud Yalavoch"},"content":{"rendered":"\n<p>Mahmud Yalavoch, Mahmud Xoraz- miy (?\u2014 1254, Pekin) \u2014 Chingizxon xiz- matida bo&#8217;lgan xorazmlik savdogar. Chin- gizxon tomonidan Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi bo&#8217;lib kelganligi uchun Yalavoch (elchi) laqabi b-n mashhur. M. Ya. qoraxitoylar xizmatida ham bo&#8217;lgan (1211). Chingizxon savdo-sotiqqa kat- ta e&#8217;tibor berib, karvon yo&#8217;llarining bexatarligini ta&#8217;minlash b-n birga musulmon savdogarlariga hurmati ba- Land bo&#8217;lgan. Shu tufayli Mo&#8217;g&#8217;ulistonga kelib savdo qilganlar orasida Buxo- ro, Samarqand, O&#8217;tror, Xo&#8217;jand kabi shaharlardan kelganlar ko&#8217;pchilikni tash- kil qilgan. Ular orasida Mahmud ham bo&#8217;lgan. 1218 y. bahorida Chingizxon uni Buxo- rolik Alixo&#8217;ja (Ali xochje), o&#8217;trorlik Yusuf Jahongir (Yusufu-Jyanke) hamroxligida Muhammad Xorazmshoh saroyiga elchi (Yalavoch) qilib yuborgan. Safar oldidan Chingizxon ularga katta miqdorda sovg&#8217;asalomlar va o&#8217;z maktu- bini topshiradi. Maktubda Chingizxon Xorazmshohni &#8220;o&#8217;g&#8217;limdek yaxshi ko&#8217;raman&#8221; deb ta&#8217;kidlab uni itoatga chaqirgan. M. Ya. boshchiligidagi elchilar Buxoroda Muhammad Xorazmshoh b-n uchrashib, unga Chingizxonning sovg&#8217;alar va maktubini topshirganlar. Xorazmshoh MAK-tubni o&#8217;qigach, bironta so&#8217;z aytmay, kelgan elchi- larni kuzatib qo&#8217;yishni buyurgan. Mo&#8217;g&#8217;ullar istilosidan so&#8217;ng M. Ya. Xo&#8217;jandga ko&#8217;chib kelib, bir necha vaqt Chingizxon nomidan Movarounnaxrni idora qilgan, viloyatlarni boshqarishda bosqoqpshk mansabini joriy etgan. Shunga kura, u yig&#8217;ilgan soliqlarni Chig&#8217;atoyxoyaga emas, balki to&#8217;g&#8217;ridan to&#8217;g&#8217;ri Chingizxon saroyiga yuborib turgan. Bu hol Chig&#8217;atoyga yoqmas edi, chunki otasi unga suyurg&#8217;ol qilib bergan hududga M. Ya. hokimlik qilgan joylar ham kirar edi. Bundan tashqari, Chig&#8217;atoy budda Di- niga e&#8217;tiqod qilgani tufayli M.Ya.ning Islom diniga qattiq amal qilib, buzil gan shahar va uy-joylarni, iqtisodiy va madaniy hayotni tiklashiga, maktab va madrasalar qurilishiga katta e&#8217;tibor berishiga qarshi bo&#8217;lgan. Shu tufayli Chig&#8217;atoy M.Ya.dan qutulish yo&#8217;lini axtarib, fursat poy- lagan. 1227 y. M.Ya.ni qo&#8217;llab-quvvatlab turgan Chingizxon vafot etgan. 1238 y. Buxoroda Mahmud Torobiy qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lgan. Chig&#8217;atoy qo&#8217;zg&#8217;olonda M.Ya.ni ayb- dor deb topib, uni javobgarlikka tor- tish uchun Xitoyga jo&#8217;natgan. Xitoy manbalarida M.Ya.ni Torobiy qo&#8217;zg&#8217;olonining sababchisi sifatida ja- vobgarlikka tortilgani yoki tortilma- gani haqida ma&#8217;lumot yo&#8217;q. Yuan sulola- si tarixida ko&#8217;rsatilishicha, O&#8217;qtoyxon hukmronligining so&#8217;nggi yili, ya&#8217;ni 1241 y. 10-oyida M. Ya.ga Xitoy aholisining ma&#8217;muriy ishlarini boshqarish vazi- fasi yuklatilgan. Guyukxon (1246-48) va Munke (1251 \u2014 59) davrida ham M. Ya. yuqori lavozimni saqlab qolgan. Xu- Susan, 1251 y. u Pekin sh.ga hokim etib tayinlangan. Xitoy manbalarida M. Ya. G&#8217;arbiy o&#8217;lkalar (O&#8217;rta Osiyo va Sharqiy Turki-ston)ni boshqaruvchi bosh nozir sifatida eslatib o&#8217;tilgan. M, YA. Pekinga qisqa muddat hokimlik qilgan bo&#8217;lsada, shahar qurilishi va obodonchiligi yo&#8217;lida katta ishlarni amalga oshirgan va unga ko&#8217;plab turkistonliklarni jalb qilgan. M. Ya. ning kichik o&#8217;g&#8217;li Alibek (? \u2014 1281) Sharqiy Turkistonning Ili viloyati hokimi etib tayinlangan. Xu- bilay mo&#8217;g&#8217;ullar ulug&#8217;qooni etib tay- inlanganda (1260) u Markaziy O&#8217;rdaga chaqirtirilib, davlat ishlariga jalb etilgan. 1267 y. \u2014 maslahatchi, 1272 y. o&#8217;ng qo&#8217;l vazir etib tayinlangan. Shunda unga Xenan o&#8217;lkasining ma&#8217;muriy ishlar boshlig&#8217;i vazifasi topshirilgan. 1276 y. u Jyangxuey o&#8217;lkalari hokimi etib tay- inlangan. Biroq 1281 y. boshida Alibek tuhmat balosiga uchrab, xoqon amriga XI- yonat qilganlikda ay-blanib qatl etil- gan. Ad.: Sagdullaev A. va b., O&#8217;zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000. Abdulahad Xo&#8217;jaev,<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mahmud Yalavoch, Mahmud Xoraz- miy (?\u2014 1254, Pekin) \u2014 Chingizxon xiz- matida bo&#8217;lgan xorazmlik savdogar. Chin- gizxon tomonidan Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi bo&#8217;lib kelganligi uchun Yalavoch (elchi) laqabi b-n mashhur. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmud-yalavoch\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116955","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116955","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116955"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116955\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116955\/revisions\/116977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116955"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116955"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116955"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}