{"id":116957,"date":"2024-05-08T18:37:41","date_gmt":"2024-05-08T15:37:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116957"},"modified":"2024-05-08T18:37:47","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:47","slug":"mahmud-torobiy-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmud-torobiy-qozgoloni\/","title":{"rendered":"MAHMUD TOROBIY QO&#8217;ZG&#8217;OLONI"},"content":{"rendered":"\n<p>MAHMUD TOROBIY QO&#8217;ZG&#8217;OLONI \u2014 Buxoroda mo&#8217;g&#8217;ullar zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq harakati (1238). Harbiy rahbari \u2014 Mahmud Toro- biy, g&#8217;oyaviy mafkurachisi \u2014 Shamsuddin Mahbubiy. Chig&#8217;atoy ulusida mo&#8217;g&#8217;ullar istibdodi ostida ezilgan va zulmi- dan to&#8217;ygan mahalliy aholi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarishga bir necha marta xarakat qilgan. Buxorodan 20 km G&#8217;arbdagi Torob qishlog&#8217;i (hoz. Buxoro viloyati Jondor tumani hududi) da boshlangan qo&#8217;zg&#8217;olon bu kurashning cho&#8217;qqisi hisoblanadi. Torob qishlog&#8217;i va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida o&#8217;zaro kengashib, mo&#8217;g&#8217;ullar zulmiga qarshi ochiq kurash boshlashga qaror qilganlar. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Maxmud Torobiy boshchi &#8211; ligida Buxoroga yurishdi va shahardagi Malik Sanjar qasri (1206 y.da Buxoroda ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon rahbari qurdirgan) ni egallab, uni o&#8217;zlariga qarorgoh qilib olishdi. Ular safiga ko&#8217;plab tarafdorlar va maslakdoshlar kelib qo&#8217;shilgan. Toro- biyning opasi ham qo&#8217;zg&#8217;olonning faol ishtirokchilaridan biri bo&#8217;lib, bu tabib va duoxon ayol o&#8217;z mardligi, kuch-g&#8217;ayrati, jasorati va dushmanga nafrati b-n qo&#8217;zg&#8217;olonchilar orasida alohida ajralib turgan. Juvayniynchng yozishicha, yirik tasavvuf shayxi va aqoid ulamosi sham- suddin Mahbubiy qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning g&#8217;oyaviy rahnamosi sifatida qo&#8217;shin va xalq o&#8217;rtasida katta tashviqot ishlarini olib borgan. Ular mo&#8217;g&#8217;ul bosqinchilari va ular xizmatiga o&#8217;tgan mahalliy ma&#8217;- murlarni o&#8217;ldirib, mol-mulkini be- va-bechoralarga taqsimlab berishgan. Buxoro butunlay qo&#8217;zg&#8217;olonchilar qo&#8217;liga o&#8217;tgan. Mahmud Torobiy Robia saroyi- ga joylashib, Sulton qilib ko&#8217;tarilgan, bosh sadr Burhoniddin uning talabi b-n Shamsuddin Mahbubiyni shahar sa- dri etib tayinlagan. Mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shinlari va bosqinchilari bu paytda Karma- naga qochib, shoshilinch kuch to&#8217;play boshlaganlar. Qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirish uchun Karmanadan yuborilgan mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shinlari Buxoro atrofida tormor kel- tirilgan, jangda 10 ming mo&#8217;g&#8217;ul askari o&#8217;ldirilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar mo&#8217;g&#8217;ullarni quvib, Karmanagacha borganlar. Biroq bu jangda Mahmud Torobiy va sham- suddin Mahbubiy ham halok bo&#8217;lishgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonga Mahmud Torobiyning 2 ukasi: Muhammad va Ali rahbarlik qilganlar. Mo&#8217;g&#8217;ullar ularga qarshi Eldiz No&#8217;yon va chekan Qurchi boshliq yangi kuch- larni tashlashgan. Karmana yaqinidagi Raboti Malik (hoz. Navoiy tumani Mar- kazi Malik rabot)da bo&#8217;lgan tshiddatli jangda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar mag&#8217;lubiyatga uch- ragan, ulardan 20 ming kishi, jumladan, Muhammad hamda Ali ham halok bo&#8217;lgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon shafqatsizlarcha bostiril- gan. Mo&#8217;g&#8217;ullar Buxoroga kirib, shahar va uning atrofidagi kishilarni talashga va o&#8217;ldirishga kirishgan. Xo&#8217;jandda tur- gan Maxmud Yalavochning bu erga kelishi b-n Buxorodagi qirg&#8217;in to&#8217;xtatilgan. U talangan va vayron etilgan shahardan hech qanday soliq yig&#8217;ib ,bo&#8217;lmasligiga Chig&#8217;atoynn ishontira olgan. M.T.q. mag&#8217;lubiyatga uchrasa ham, u izsiz ket- magan. Mo&#8217;g&#8217;ul ma&#8217;murlari endilikda mahalliy aholi b-n ehtiyotkorona mu- nosabatda bo&#8217;lib, o&#8217;lpon va soliqlarni kamaytirishgan. Ma&#8217;lum muddat tur- li o&#8217;zboshimchaliklarga chek qo&#8217;yilgan. Chig&#8217;atoy ulusini mo&#8217;g&#8217;ul xoqon (qoon)lari nomidan bo-shqargan Mahmud Yalavoch va uning o&#8217;g&#8217;li Mas&#8217;ud Yalavoch bu paytda ham xoqonlar manfaatini ko&#8217;zlaydigan, ham mahalliy xalqqa xayrixoh nozik siyosat- ni yuritishgan. Ad.: Buxoro Sharq durdonasi, T., 1997; Tataromongoli v Azii i Evrope, M., 1970. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MAHMUD TOROBIY QO&#8217;ZG&#8217;OLONI \u2014 Buxoroda mo&#8217;g&#8217;ullar zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq harakati (1238). Harbiy rahbari \u2014 Mahmud Toro- biy, g&#8217;oyaviy mafkurachisi \u2014 Shamsuddin Mahbubiy. Chig&#8217;atoy ulusida mo&#8217;g&#8217;ullar istibdodi ostida ezilgan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmud-torobiy-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116957","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116957","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116957"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116957\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116979,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116957\/revisions\/116979"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116957"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116957"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116957"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}