{"id":11696,"date":"2021-11-26T11:43:19","date_gmt":"2021-11-26T08:43:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11696"},"modified":"2025-10-15T10:09:11","modified_gmt":"2025-10-15T07:09:11","slug":"achchi-atchi-surilmasi-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/achchi-atchi-surilmasi-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"ACHCHI (ATCHI) SURILMASI haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>ACHCHI (ATCHI) SURILMASI &#8211; Ohangaron daryosi yuqori oqimining chap sohilida 1972 yil bahorida vujudga kelgan ulkan surilma. Sahni 8 kilometr kvadrat bo&#8217;lgan 800 million metr kub hajmdagi tog&#8217; jinsi surila boshladi. Achchi surilmasining dastlabki belgilari 70-yillar avvalida namoyon bulgan. Mikrorelefda eng ko&#8217;p jiddiy o\u2019zgarishlar 1973 yildan boshlangan (yirik yoriqlar paydo bo&#8217;ldi, turar joy binolari va inshootlar shikastlandi, avtomobil yo&#8217;llari va Ohangaron daryosi ko&#8217;prigi deformasiyalandi). Surilma Teshiktosh shaharchasini, &#8220;Yerostigaz&#8221; stansiyasi va Angren shahri quyi qismini bosishi hamda Angren GRESga suv beruvchi kanalni to&#8217;sib, ko&#8217;mir havzasini suv ostida qoldirish xavfini tug&#8217;dirdi. Surilma tezligi dastlab sutkasiga 1-2 millimetr, keyinroq 17 millimetrga yetdi. Dunyoda eng katta surilmalardan biri bo&#8217;lgan Achchi surilmasining paydo bo&#8217;lishiga u yerda 8 kilometr kvadrat maydonda 1947 yildan shaxta usulida uzluksiz ko&#8217;mir qazib olinishi, 1961 yildan ko&#8217;mirning bir qismini yer ostida gazga aylantirilishi natijasida bo&#8217;shliq paydo bo&#8217;lishi, 40-65 metr qalinlikda 60 million metr kub kon chiqindilari to&#8217;kmasi (otval)ning uyumlanishi, ya&#8217;ni nazoratsiz antropogen omillar sabab bo&#8217;ldi. Bularning barchasi tog&#8217; jinslari qatlamida tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Ko&#8217;mirning shaxta usulida qazib olinishi, 100-130 metr chuqurlikda 5-15 metr qalinlikdagi ko&#8217;mir qatlamining gazga aylantirilishi 1960 yildayoq 60 ga yerda surilma sodir bo\u2019lishiga, yer usti qatlamining 45 metrgacha surilishi va 4-15 metr cho&#8217;kishiga sabab bo\u2019lgan edi. Zagsan surilmasi ham yer osti suvlari rejimini o&#8217;zgartirdi. Achchi surilmasi favqulodda murakkab va xavfli vaziyatni vujudga keltirdi. Uni bartaraf etish maqsadida respublika hukumatining maxsus qarori asosida tezkor ekspert-metodik kengash tashkil qilinib, unga tegishli tashkilotlar jalb qilindi. Ko&#8217;lami jihatidan ulkan falokat keltirib chiqarishi ayon bo&#8217;lgan surilmaning zudlik bilan to&#8217;xtatib qolish chora-tadbirlari belgilandi. Tavsiyalarni muvofiqlashtirish va amaliy ishlarni bajarish Geologiya va mineral resurslar davlat qo&#8217;mitasining &#8220;O&#8217;zbekgidrogeologiya&#8221; birlashmasi zimmasiga yuklandi. Yuzdan ortiq burgilash ishlari olib borildi va surilma maydonining muhandislik-geologik va gidrogeologik holatlari o&#8217;rganildi. Surilmani to&#8217;xtatish uchun 120 million metr kub hajmda tog&#8217; jinsi keltirilib daryo bo\u2019yiga 3,2 kilometr masofaga yotqizildi va damba (kontrfos) hosil qilindi. Teshiktoshning 13 ming aholisi boshqa yerga ko&#8217;chirildi, Ohangaron daryosi yangi o&#8217;zan (6 kilometrli aylanma kanal) ga burib yuborildi. Achchi surilmasi tezligi kamaytirila borib, 17 yildan keyin to&#8217;xtash fazasiga erishildi. Surilmaning barqarorlashtirishga erishilishi tabiiy ofatlarning oldini olishda jahon amaliyotida katta voqea bo&#8217;ldi. Achchi surilmasini &#8220;O&#8217;zbekgidrogeologiya&#8221; birlashmasi qoshidagi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati tomonidan nazorat qilib borish davom etmoqda. Olimjon Oxunjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ACHCHI (ATCHI) SURILMASI &#8211; Ohangaron daryosi yuqori oqimining chap sohilida 1972 yil bahorida vujudga kelgan ulkan surilma. Sahni 8 kilometr kvadrat bo&#8217;lgan 800 million metr kub hajmdagi tog&#8217; jinsi surila &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/achchi-atchi-surilmasi-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11696","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11696","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11696"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11696\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":158244,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11696\/revisions\/158244"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11696"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11696"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11696"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}