{"id":116961,"date":"2024-05-08T18:37:52","date_gmt":"2024-05-08T15:37:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116961"},"modified":"2024-05-08T18:37:57","modified_gmt":"2024-05-08T15:37:57","slug":"matbuot-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/matbuot-2\/","title":{"rendered":"Matbuot"},"content":{"rendered":"\n<p>Matbuot \u2014 barcha bosma mahsulotlar majmui; tor ma&#8217;noda dav- riy nashrlar, asosan, gazeta va jurnal- larni ifodalaydi(sinonimi \u2014 Pressa). M. ijtimoiy ongning o&#8217;tkir va ta&#8217;sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, jamo- atchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g&#8217;oyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyo- siy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yo&#8217;nalishlarda yoritadi. M. 15-a.ning o&#8217;rtalarida Evropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari \u2014 radioeshittirish va televide- Nie paydo bo&#8217;lguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va g&#8217;oyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat bo&#8217;lgan, 17-a.ning boshlarida gaz.lar, keyinroq esa jur.lar tashkil topdi; 19-a.ning o&#8217;rtalarida mat- buot agentliklari vujudga kela boshladi (q. Informasiey agentlik). 20-a.da om- maviy axborotning radioeshittirish va televidenie singari turlarining paydo bo&#8217;lishi va taraqqiy qilishiga qaramay, M. hamon kishilik jamiyatidagi o&#8217;z o&#8217;rni va mavqeini to-bora kengaytirib bora- yapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyat- ning hamma tomonlariga doimiy va sama- rali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatayapti. Butun dunyoda M.ning muttasil keng tarqalib borayot- gani buning isbotidir. Tarixiy rivojlanish jarayonida M.ning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-ma&#8217;muriy tashkilotlar va b.), hissadorlik ja- miyatlari, hukumat muassasalari va b. tomonidan ta&#8217;sis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turla- ri vujudga keddi. M. qaror topgan dast- labki paytlarda Evropada cherkov diniy mafkurani targ&#8217;ib qilishda bosma Kito- blardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat ma&#8217;naviy hayotiga cherkov ta&#8217;- sirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy M. tarkib topdi va keng rivoj- lana boshladi. Ilg&#8217;or ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar o&#8217;rnatish uchun ku- rashda taraqqiy-parvar M.ning xizmati katta bo&#8217;ldi. Uzbekistonda M. 19-a.ning 2-yarmi- da tarkib topdi. Toshkentda 1870 y.da o&#8217;lkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan &#8220;Turkestanskie vedomo- sti&#8221; va &#8220;Turkiston viloyatining gazeti&#8221; Markaziy Osiyodagi M.ning ilk namu- nalari hisoblanadi. Turkistonda dast- labki taraqqiyparvar milliy gaz. lar 1905-07 y.lardan faoliyat ko&#8217;rsata bosh- ladi (&#8220;taraqqiy&#8221;, &#8220;Xurshid&#8221;, &#8220;Shuhrat&#8221; va b.). Ularning yo&#8217;lini 20-a.ning 2-o&#8217;n yilligida chop etilgan &#8220;Sadoi Turki- ston&#8221;, &#8220;Sadoi Farg&#8217;ona&#8221;, &#8220;najot&#8221; gaz. lari, &#8220;oyina&#8221; jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, ma&#8217;rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib qildilar. 1917 y.dan so&#8217;ng, sobiq SSSR tarkibi- dagi barcha ittifoqdosh respublikalarda bo&#8217;lganidek, O&#8217;zbekistonda ham yangi siyo- siy yo&#8217;nalishdagi partiyasovet matbuoti- ning ko&#8217;p tarmoqli tizimi qaror topdi. Umumdemokratik qoidalarga zid ravish- da M.ning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yakkapartiyaviylik \u2014 kommuni- stik partiyaning mutlaq yakkahokimligi sharoitida kechdi. Gaz., jur.lar, kitoblar qiyofasi, yo&#8217;nalishi shu hukmron partiya rahbariyati ko&#8217;rsatmalari asosida belgi- landi. Istiqlol tufayli O&#8217;zbekiston M.i taraqqiyotida ham sifat jihatidan bu- tunlay yangi \u2014 demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashki- lotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim ja- moalar, fuqarolar ham M. nashrlarini ta&#8217;sis etish huquqiga ega bo&#8217;ldilar. Mam- lakatda matbuot erkinligitl ta&#8217;min- lashga imkoniyat yaratila borildi. Omma- viy axborot vositalarining normal FA- oliyat ko&#8217;rsatishi uchun shart-sharoit yara- tish, ularni nashr etish va tarqatish b-n bog&#8217;liq moliyaviy va texnik masalalarni echishda, ijodkorlarning demokratik ja- rayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam ko&#8217;rsatish maqsadida O&#8217;zR ommaviy axborot vositalarini demokratlashti- rish va qo&#8217;llab-quvvatlash ijtimoiysi- yosiy jamg&#8217;armasi tashkil qilindi (1996 y. 30 avg.). Bu jamg&#8217;arma ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil, o&#8217;z- o&#8217;zini boshqaruvchi, hukumatga qarashli bo&#8217;lmagan tashkiloti hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;No- shirlik faoliyati to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1996 y. 30 avg.), &#8220;Ommaviy axborot vositalari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1997 y. 26 dek.), &#8220;Jurnalist- lik faoliyatini himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1997 y. 24 apr.), &#8220;Axborot olish kafo- latlari va erkinligi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1997 y. 24 apr.) qonunlari qabul qilinishi O&#8217;zbekiston M.i taraqqiyotida muhim rol o&#8217;ynadi. O&#8217;zbekiston M.i ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan O&#8217;zR Davlat matbuot qo&#8217;mitasi O&#8217;zbekiston Respu- blikasi Prezidentining &#8220;matbuot va lashtirish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; farmoni (2002 y. 3 iyul) ga binoan O&#8217;zbekiston Res- publikasi matbuot va axborot agent- ligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpog&#8217;iston Respublika- si matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axbo- rot hududiy boshqarmalari tuzildi. Maz- kur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining ax- borotga bo&#8217;lgan talab-ehtiyojlarini yana- da to&#8217;liqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matba- achilikni keng ko&#8217;lamda rivojlantirish- ga ko&#8217;maklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yo&#8217;lida oddinga tashlangan katta qadam bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston M. mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy bo&#8217;lmagan nashrlarga bo&#8217;linadi. Davriy nashrlar ga gaz., jur., jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va b.); davriy bo&#8217;lmagan nashrlarga kitob, riso- la, bosma fafik mahsulotlar va sh.k. ki- radi. Bular ham, o&#8217;z navbatida, bir qancha turlarga \u2014 umumsiyosiy va ixtisos- lashgan; muassisligiga ko&#8217;ra \u2014 hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-g&#8217;armalar.tijorat, Di- niy tashkilotlar va b.ning gazetalari; hududiy yunalishga qarab \u2014 Markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tu- man, quyi M. organlari (q. Kup tirajli gazeta) bo&#8217;ladi. Bozor iktisodiyoti sharo- ITIda reklamatijorat, xususiy gaz.lar yuzaga keldi (yana q. Gazeta). Jur.lar mohiyatiga ko&#8217;ra \u2014 ijti- moiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, q.x.ga oid va sh.k.; yunalishiga qarab \u2014 bola- lar, yoshlar, xotinqizlar va b. nashrlar- ga bo&#8217;linadi. Muassisligiga ko&#8217;ra \u2014 hukumat idoralari, nodavlat tashkilot- lar, xususiy jur.lar ham chiqmoqda (yana. q. Jurnal). Kitob mahsulotlari maqsadiga qarab \u2014 ommaviysiyosiy adabiyot, badiiy ada- biyot, ilmiy adabiyot, ilmiy-ommaviy adabiyot, darslik, ma&#8217;lumotnoma adabi- yoti va sh.k.ga bo&#8217;linadi (yana q. Kitob). Mamlakatda bozor iktisodiyoti talabla- ridan kelib chiqib, keng ommaga zarur bo&#8217;lgan, xaridorgir kitoblar nashr eta- digan nashriyotlar tizimi yuzaga keldi (yana q. Noshirlik). &#8220;Taraqqiy&#8221; gaz.ning 1soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasi O&#8217;zbekistonda Mat- buot va ommaviy axborot vositalari xo- dimlari kuni sifatida nishonlanib ke- ladi (1993 y.dan). O&#8217;zbekiston M.iga doyr masalalar asosan &#8220;O&#8217;zbekiston matbuoti&#8221; jur. ida yoritiladi. Ad.: Pidaev T., Matbuot \u2014 millat chirog&#8217;i, T., 1999; Abduazizova N., Turki- ston matbuoti tarixi (1870 \u2014 1917), T., 2000. Tohir Pidaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Matbuot \u2014 barcha bosma mahsulotlar majmui; tor ma&#8217;noda dav- riy nashrlar, asosan, gazeta va jurnal- larni ifodalaydi(sinonimi \u2014 Pressa). M. ijtimoiy ongning o&#8217;tkir va ta&#8217;sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/matbuot-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116961","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116961","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116961"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116961\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116984,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116961\/revisions\/116984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116961"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116961"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116961"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}