{"id":116963,"date":"2024-05-08T18:37:56","date_gmt":"2024-05-08T15:37:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116963"},"modified":"2024-05-08T18:38:03","modified_gmt":"2024-05-08T15:38:03","slug":"margilon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/margilon\/","title":{"rendered":"Marg&#8217;ilon"},"content":{"rendered":"\n<p>Marg&#8217;ilon \u2014 Farg&#8217;ona viloyati- dagi shahar. Farg&#8217;ona vodiysining Jan. qismida, Oloy tog&#8217;lari etagida joylash-gan. Farg&#8217;ona sh.dan 10-12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stantsiya- si \u2014 Marg&#8217;ilon (4 km). Iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 25-26\u00b0, yanv.niki -3,5\u00b0. M.ning Jan. chekkasidan Jan. Farg&#8217;ona kanali va shahar ichidan Marg&#8217;ilonsoy oqib o&#8217;tadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 y.da 117 ming, 1939 y.da 46 ming, 1897 y.da 36 ming kishini tashkil etgan), aso- san, o&#8217;zbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashay- Di. M.dan 3-4 km janubroqda joylash- gan yangi Marg&#8217;ilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi M. shahar Kengashiga qaraydi. M. to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki yozma ma&#8217;- lumotlar 10-a.ga taalluqli. O&#8217;sha dav- rlarda shahar &#8220;Marg&#8217;inon&#8221; deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ish- latilib kelingan. M. nomining kelib chiqishi haqida aniq bir ma&#8217;lumot yo&#8217;q. Ayrim toponimistlar &#8220;marg'&#8221; \u2014 &#8220;maysa- zor&#8221;, &#8220;o&#8217;tzor&#8221;dan deb taxmin qiladilar. M. &#8220;murg'&#8221; va &#8220;yunon&#8221; so&#8217;zlaridan de- gan mahalliy to&#8217;qima rivoyat ham bor. Ibratniig &#8220;tarixi Farg&#8217;ona&#8221; qo&#8217;lyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 y.da asos solingan. Arxeologik topilmalar M. o&#8217;rnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-a.da u katta qishloq bo&#8217;lganligini, 11 \u2014 12-a.larda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold &#8220;mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi dav- rida Turkiston&#8221; asarida Qoraxoniylar davrida ham M. viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. &#8220;Boburnoma&#8221;da M. Farg&#8217;onadagi 8 tshahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida so&#8217;z yuritilib, uning &#8220;donai Kalon&#8221; deb ata- luvchi anori va &#8220;Subhoniy&#8221; navli o&#8217;rigi maqtaladi. Shaharning qad. Qismida o&#8217;tkazilgan arxeologik qazilmalar na- tijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha shaharning 12 darvozasi bo&#8217;lgan. Buyuk ipak yo&#8217;lida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas to&#8217;qish b-n shug&#8217;ullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashg&#8217;ar savdogar- lari tomonidan ko&#8217;plab xarid qilingan. Shuningdek, M.da do&#8217;ppido&#8217;zlik, misgar- lik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti b-n tanga ham zarb qilingan. Shahar tur- li davrlarda Temuriylar, Shayboniy- lar davlatlari, keyingi davrda Qo&#8217;qon xonligi tarkibida bo&#8217;lgan. 1875 y.da rus qo&#8217;shinlari tomonidan bosib olin- gan. M.da oq podsho ma&#8217;murlari zulmi- ga qarshi qaratilgan, tarixda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan &#8220;Po&#8217;latxon qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221; (1873\u2014 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zo&#8217;rlab olib ketilishiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni (1916) bo&#8217;lib o&#8217;tgan. M. 1876-1926 y.larda Farg&#8217;ona viloyatining uezd shahri bo&#8217;lgan, so&#8217;ngra Farg&#8217;ona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan. 1927 y.da M.da birinchi pillakash- lik f-kasini qurishga kirishildi. Bun- dan tashqari, ikkita elektr stantsiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlari bor edi. Keyinroq me- xanizasiyalashgan ko&#8217;nchilik z-Di, taxta tilish tsexi, poyabzal f-kasi foydala- nishga topshirildi. Shoyi to&#8217;qish Artel- lari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tu- shirildi. 1963 y.da badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik Artel- lari negizida &#8220;Atlas&#8221; firmasi vujudga keldi (1976 y.dan &#8220;Atlas&#8221; i.ch. birlash- masi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 Avto- transport korxonalari, 17 qurilish tash- kiloti bor (2002). &#8220;Turonshoyi&#8221;, A. Na- voiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, &#8220;Farg&#8217;onasut&#8221;, yog&#8217;ochsozlik korxonalari mavjud. &#8220;Do&#8217;stlik\u2014 Marg&#8217;ilon&#8221; qo&#8217;shma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va Xu- susiy korxona, Markaziy dehqon bozori, &#8220;Marg&#8217;ilon&#8221; mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari ishlab tu- ribdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, do&#8217;ppido&#8217;zlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy ta&#8217;lim makta- bi, &#8220;Istiqbol&#8221; gimnaziyasi, milliy Xu &#8211; narmandchilik va aniq fanlar liseylari mavjud bo&#8217;lib, ularda 200 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tib- biyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, Mehribonlik uyi, &#8220;shoyi&#8221; kom- paniyasining ipakchilik in-ti faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. 12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jum- ladan, Markaziy madaniyat uyi), y. Oxun- Boboev memorial muzeyi, madaniyat va san&#8217;at muzeyi, &#8220;Nurxon&#8221; xalq teatri, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. &#8220;Al Hidoya&#8221; xotira majmui mavjud. Shahar televideniesi va radioeshittirishlari qo&#8217;mitasi ishlab turibdi. M. vodiydagi yirik shaharlar b-n avtomobil yo&#8217;llari orqali bog&#8217;langan. &#8220;Marg&#8217;ilon haqiqati&#8221;, &#8220;Turon shoyisi&#8221; gaz.lari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 o&#8217;ringa mo&#8217;ljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va b. tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 o&#8217;rta tibbiy xodim xizmat qiladi. &#8220;At- laschi&#8221; va &#8220;Turon&#8221; stadionlari, 33 sport zali, ko&#8217;plab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tar- biya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shug&#8217;ullanmoqda. Me&#8217;moriy Yodgor- liklardan pir Siddiq majmui (&#8220;kap- tarlik&#8221;, 18-a. o&#8217;rtalari), Xo&#8217;ja mag&#8217;iz maqbarasi (18-a.ning birinchi yarmi), Cho- kar, Toronbozor masjidlari (20-a. bosh- lari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-a. oxiri) va b. saqlanib qolgan. M.da buyuk alloma Burhoniddin Marg&#8217;inoniy yashab o&#8217;tgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tug&#8217;ilgan va b. bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg&#8217;ilon \u2014 Farg&#8217;ona viloyati- dagi shahar. Farg&#8217;ona vodiysining Jan. qismida, Oloy tog&#8217;lari etagida joylash-gan. Farg&#8217;ona sh.dan 10-12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stantsiya- si \u2014 Marg&#8217;ilon (4 km). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/margilon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116963","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116963","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116963"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116963\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":116986,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116963\/revisions\/116986"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116963"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116963"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116963"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}