{"id":116990,"date":"2024-05-08T18:54:00","date_gmt":"2024-05-08T15:54:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116990"},"modified":"2024-05-08T18:54:06","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:06","slug":"markazii-nerv-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/markazii-nerv-sistemasi\/","title":{"rendered":"MARKAZII NERV SISTEMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>MARKAZII NERV SISTEMASI -odam va hayvonlar nerv sistemasi- ning asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning o&#8217;simtalaridan tarkib topgan. M.n.s. umurtqasiz hayvonlarda o&#8217;zaro birikkan nerv tugun- lari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. M.n.s. va periferii, nerv sistemasi funktsional jiqatdan bir butun sistema bo&#8217;lib, sezuvchi (Affe- rent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali barcha a&#8217;zolar va to&#8217;qimalar b-n bog&#8217;langan. M.n.s.ning eng murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. M.n.s.ning aso- siy funktsiyasi atrof muhit hamda a&#8217;- zolar va to&#8217;qimalardagi o&#8217;zgarishlar to&#8217;g&#8217;risidagi axborotni qabul qilish, qayta ishlash, o&#8217;tkazish va saklash; orga- nizmning barcha sistemalari faoliyatini boshqarish, ular o&#8217;rtasidagi bog&#8217;lanishni amalga oshirish orqali organizmning bir butunligini ta&#8217;minlashdan ibo- rat. Evolyusiya jaraenida umurtqasiz hayvonlarda 2 xil: tarqoq-tugunli (bo&#8217;shliqichlilarda) va ancha murakkab tuzilgan tugunli (halqali chuvalchanglar va bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilarda) M.n.s. shakllangan. Umurtqali hayvonlarning embryonal rivojlanishida M.n.s. dastlab yaxlit nerv nayi ko&#8217;rinishida bo&#8217;lsa, tuban xor- dalilar (mas, lantsetnik)da nerv nayi ularning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Yuksak xordalilarda embrio- nal rivojlanish davrida nerv nayining oldingi qismi yo&#8217;g&#8217;onlashib bosh miya bo&#8217;limlarini hosil qiladi. Dastlab oldingi, o&#8217;rta va rombsimon bo&#8217;limlar, keyinroq oldingi miyaning bir kismi \u2014 oraliq miya tashkil topadi; rombsi- mon bo&#8217;limdan Varoli ko&#8217;prigi, miyacha va uzunchoq miya shakllanadi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda oldingi miyaning po&#8217;stloq-osti tuzilma- lari (bazal gangliylar, oraliq miya) va bosh miya katta yarimsharlari po&#8217;stlog&#8217;i rivojlanadi. Sut emizuvchilarda kat- ta yarimsharlar po&#8217;stlog&#8217;i bosh miyaning eng yirik kismini tashkil etadi. Bosh miya ham orqa miya singari oraliq va harakatlantiruvchi neyronlardan ibo- rat. Sezuvchi neironlar tanasi esa M.n.s. dan tashqarida gangliylarda joylashgan. Filogenez jaraenida oraliq neyronlar- ning mikdoriy nisbati ortadi. Yuksak primatlarda ular barcha neyronlarning 99,95% ini tashkil etadi. M.n.s.da ney- rogliya hujayralari ham bo&#8217;ladi. M.n.s. ning funktsiyasi reflekslar orqali amalga oshadi. Barcha psixik ja- rayonlar (o&#8217;rganish, eslash, tafakkur, nutq va b.) shartli reflekslar b-n bog&#8217;liq. Xar qanday refleksning moddiy asosi- ni refleks yoyi tashkil etadi. Muayyan ta&#8217;sirlovchiga iqtisoslashgan reseptor- lar bo&#8217;lishi, nerv impulelarini bir yo&#8217;nalishda o&#8217;tkazish, neironlar o&#8217;rtasida sinaptik bog&#8217;lanish (q. Sinapslar), ishchi organda funktsional javobning vujudga kelishi reflektor yoyi uchun xos bo&#8217;lgan xususiyatlar hisoblanadi. Reflektor yoyining Markaziy qismi ke- ladigan va chiqadigan im-pulelarni nazorat qilish sistemasiga ega. Sut Emi- zuvchilarning M.n.s.da eng sodda ref- lektor yoyi monoseptik ey hisoblanadi. Odatda umurtqali hayvonlar M.n.s.dagi reflektor yoylari miya bo&#8217;limlaridan ham tashqariga chiqadigan nerv hujayralarining murakkab tutashuvi- dan iborat. Miya reflektorining o&#8217;zaro integrasiyalanishi (muvofiklashuvi) tu- fayli M.n.s. bir butun, izchil sistemada namoyon bo&#8217;ladi. Integrativ sistemalar taxm. bir xildagi funktsional element- lardan iborat bo&#8217;ladi. Ularning ele- mentlari son jihatdan cheklangan nerv jarayonlari (postsinaptik potentsial- larni kuzatuvchi va tormozlovchi, javob beruvchi potentsiallar) orqali o&#8217;zaro bog&#8217;langan. Nisbatan sodda tuzilgan in- tegrativ sistemaga misol qilib orqa miya refleksini ko&#8217;rsatish mumkin. Ney- Ronal programmali integrativ Sistema ham mavjud. Bu sistema tashki va ichki afferent signallarga javob tariqasida ketma-ket sodir bo&#8217;ladigan va o&#8217;zaro qat&#8217;iy muvofikdashgan reflekslarni ishga soladi. Bu reflekslar tufayli na- fas olish, harakatlanish, yutinish kabi murakkab jarayonlar amalga oshadi. Miya dastasi integrativ sistemasi oldin- gi miyaga o&#8217;tadigan ax-borot hamda orqa miya motoneyronlariga chiqadigan sig- nallar oqimi orqali boshqarib turila- Di. Emosional reaktsiyalar asosini ham M.n.s.ning bir qancha integrativ siste- malari tashkil etadi. Miya dastasi ney- ronlarining maxsus guruhi neyromedi- atorlar (monoaminlar, peptidlar, ami- nokislotalar va b.) ishlab chiqaradi. Bu neyromediatorlar aksonlari M.n.s.ning funktsional ixtisoslashgan maxsus qismiga boradi. Neyromediatorlar nerv funktsiyasini faollashtiruvchi yoki tormozlovchi neyromo-dullashtiruvchi sistemalar qatoriga kiradi. Organizm- ning tetikligini saklab, kishi tabiati- ni va tush ko&#8217;rishini boshqarib turuvchi noradrenergik sistema; emosional reak- tsiyalar, murakkab harakatlar, tetiklik, huzurhalovatni sezishni boshqaruvchi dofaminergik sistema; termoregulyasiya, sezgi, uyquga ketishni boshqaruvchi se- ratoninergik sistema ham neyromodul- lashtiruvchi sistemaga kiradi. Neyromo- dul va integrativ sistemalarning o&#8217;zaro ta&#8217;siri tufayli M.n.s.ning murakkab fiziologik jarayonlarni boshqarish im- koniyati oshadi. Nosir Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MARKAZII NERV SISTEMASI -odam va hayvonlar nerv sistemasi- ning asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning o&#8217;simtalaridan tarkib topgan. M.n.s. umurtqasiz hayvonlarda o&#8217;zaro birikkan nerv tugun- lari (gangliy) sistemasidan, umurtqali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/markazii-nerv-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116990","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116990","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116990"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116990\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117017,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116990\/revisions\/117017"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116990"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116990"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116990"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}