{"id":116994,"date":"2024-05-08T18:54:05","date_gmt":"2024-05-08T15:54:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=116994"},"modified":"2024-05-08T18:54:13","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:13","slug":"mantiq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mantiq-2\/","title":{"rendered":"Mantiq"},"content":{"rendered":"\n<p>Mantiq, logika \u2014 to&#8217;g&#8217;ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shak- llari haqidagi fan. M. o&#8217;zining shak- llanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda M. falsafa tarkibida bo&#8217;lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning &#8220;tabiat to&#8217;g&#8217;risida&#8221; asa- rida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta&#8217;limotida u yoki bu dara- jada ko&#8217;rib chiqilgan. Aristo-\/ielgacha bo&#8217;lgan mantiqiy ta&#8217;limotlar ichida Demokritnnt mantiqiy ta&#8217;limoti, so- krashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. il- Mining alohida fan sifatida shaklla- nishi Aristotel nomi b-n bog&#8217;likdir. U birinchi bo&#8217;lib M. o&#8217;rganadigan masa- lalar doirasini aniqlab berdi. Uning &#8220;Kategoriyalar&#8221;, &#8220;talqin haqida&#8221;, &#8220;Bi- rinchi analitika&#8221;, &#8220;ikkinchi analiti- ka&#8221;, &#8220;sofistik raddiyalar haqida&#8221;, &#8220;to- Pika&#8221; nomli asarlari M. masalalariga bag&#8217;ishlangan. Aristotel M.ni &#8220;ma&#8217;lum bilimlardan noma&#8217;lum bilimlarni aniqlovchi&#8221;, &#8220;chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi&#8221; fan sifatida ta&#8217;riflaydi. Aristoteldan so&#8217;ng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining, Epikur, skep- tiklar ta&#8217;limotlarida rivojlantiril- gan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. O&#8217;rta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifati- da taraqqiy etdi. Bunda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkir- larning xizmati katta bo&#8217;ldi. Forobiy o&#8217;zining &#8220;mantiqqa kirish&#8221;, &#8220;ilmlar- ning kelib chiqishi va tasnifi&#8221; asar- larida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikri- cha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng to&#8217;g&#8217;ri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning &#8220;Kitob ashshifo&#8221;, &#8220;kitob annajot&#8221;, &#8220;Donishno- ma&#8221; asarlarida M.ga doyr fikrlari bayon etilgan. &#8220;M. bilingan (bilimlar) yor- damida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni ko&#8217;rsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolg&#8217;on nima ekan &#8211; ligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir&#8221;, degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egal- lashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid ta&#8217;limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Evropaga ki- rib keldi. O&#8217;rta asr Evropasida M. ma- salalari, asosan, umumiy va yakka tushun- chalarning o&#8217;zaro munosabati do-irasida o&#8217;rganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Be- kon, T. Gobbs, V. Leybnis va b. M. ilmi turli yo&#8217;nalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 \u2014 19-a.lar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim o&#8217;rin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning o&#8217;rganish ob&#8217;ektini ta- fakkur tashkil etadi. M.ning asosiy va- zifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yo&#8217;llarini o&#8217;rganishdir. M. tafakkurning namoyon bo&#8217;lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumla- dan, fikrlar o&#8217;rtasidagi aloqadorlikni ko&#8217;rsatadigan qonunqoidalar yig&#8217;indisini o&#8217;rganadi. M.ning vazifasi \u2014 chin fikrni, haqiqatni aniqlash. M. ilmining o&#8217;rganish ob&#8217;ekti tafakkur tr- Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud bo&#8217;ladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o&#8217;zaro aloqalarga ki- rishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muam- mo, gipoteza, nazariya, g&#8217;oya va b.)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin bo&#8217;lishi va for- mal jihatdan to&#8217;g&#8217;ri qurilishi kiradi. O&#8217;zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr \u2014 chin fikr deb atala- Di (q. Isbot). Fikrni to&#8217;g&#8217;ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (q. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, etarli asos qonuni, uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish ja- rayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o&#8217;rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur ko&#8217;p qirrali jarayon bo&#8217;lib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) bo&#8217;yicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o&#8217;rganish mumkin. Bularning barchasi M. ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (q. Induk- tsiya, deduktsiya) foydalanishga, har xil yo&#8217;nalishga ajralishiga sabab bo&#8217;ladi. Hoz. paytda M.ning formal M., dialektik M., matematik M. kabi yo&#8217;nalishlari bor. Formal M. tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nis- batan mustaqil ravishda o&#8217;rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to&#8217;g&#8217;ri qurish b-n bog&#8217;liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik M. tafakkur- ni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o&#8217;rganadi. Ma- tematik M. tafakkurni matematik me- todlar yordamida tadqiq etadi. U hoz. za- mon mat. sining muhim yo&#8217;nalishlaridan biri bo&#8217;lib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan siste- mada tahlil qiladi. 20-a.da noan&#8217;anaviy M.ning turli yo&#8217;nalishlari, xususan, ko&#8217;p qiymatli mantiqiy sistemalar (ya. Lukasevich, Geyting, Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Post- ning pqiymatli mantiqiy sistemasi va sh.k.), konstruktiv M. lar (A. N. Kolmo- gorov, A. A. Markov variantlari) va mo- dal M. kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi. O&#8217;zbekistonda M. masalalari b-n dast- lab M. M. Xayrullaev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shug&#8217;ullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxo&#8217;jaeva, D. Fayzixo&#8217;jaeva va b. M.ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi. Ad.: Xayrullaev M. M., Haqberdiev M., Logika, T., 1984; Sharipov M., Fayzixo&#8217;jaeva D., Mantiq (ma&#8217;ruzalar matni), T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mantiq, logika \u2014 to&#8217;g&#8217;ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shak- llari haqidagi fan. M. o&#8217;zining shak- llanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mantiq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-116994","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116994","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=116994"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116994\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117021,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/116994\/revisions\/117021"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=116994"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=116994"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=116994"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}