{"id":117003,"date":"2024-05-08T18:54:22","date_gmt":"2024-05-08T15:54:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117003"},"modified":"2024-05-08T18:54:47","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:47","slug":"madrasa-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/madrasa-4\/","title":{"rendered":"Madrasa"},"content":{"rendered":"\n<p>Madrasa (Arab, darasa\u2014o&#8217;rganmoq) \u2014 musulmonlarning o&#8217;rta va oliy o&#8217;quv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida davlat or- ganlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7-8-a.larda Islom dini ulamolari mu- sulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida Arab davlatlarida paydo bo&#8217;lgan. 9-13-a.lar- da Islom diniga e&#8217;tiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, O&#8217;rta Osiyoda tarqaldi. M.larda milliy ziyolilar tay-yorlangan. Abu Bakr Muhammad Narsha- xiyning &#8220;Buxoro tarixi&#8221; asarida aytib o&#8217;tilgan 937 y.gi yong&#8217;inda zarar ko&#8217;rgan &#8220;Forjak&#8221; M.si O&#8217;rta Osiyodagi dastlab- ki M.lardandir. M.larning xon M.lari, eshon M.lari, xususiy M.lar kabi turla- ri bo&#8217;lgan. M. muassislari M.ni ta&#8217;min- lash uchun maxsus mulk \u2014 vaqf ajratish- gan va bu mulkni boshqaruvchi mutavva- lini tayinlashgan. M.larning vaqf da- romadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, M. binosini ta&#8217;mirlash uchun ajratilgan, ma&#8217;lum qismi mutav- Vali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va b. xizmatchilarga berilgan. M.ga maktabxonann tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshga- cha bo&#8217;lgan. Ular M. yotoqxonalarida yashash huquqiga ega bo&#8217;lgan kunduzgi bo&#8217;lim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi bo&#8217;lim talabalari toifalariga ajratilgan. M. o&#8217;quv dasturining umumiy jihatlari 10-12-a.larda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashg&#8217;ulotlar, odatda, sent.da boshla- nib, may oyigacha davom etgan. Yoz oyla- ri va Ramazon oyida ta&#8217;tilga chiqilgan. M.da hafta kunlari tahsil (shanba, yak- shanba, dushanba, seshanba) \u2014 mashg&#8217;ulot kunlari va ta&#8217;til (chorshanba, Payshan- ba, juma) \u2014 o&#8217;tilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga bo&#8217;lingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod no- mozidan keyinoq) boshlangan. M.da ta&#8217;- lim 3 bosqichda: boshlang&#8217;ich (adno), o&#8217;rta (avsat) va yuqori (a&#8217;lo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi &#8220;Aqoid&#8221; Kito- bini o&#8217;qishga o&#8217;tguncha davom etgan, avsat bosqichi &#8220;Aqoid&#8221; kitobini o&#8217;qishdan boshlanib, &#8220;sharhi mulla&#8221; kitobini o&#8217;rganguncha bo&#8217;lgan va undan keying murakkab qo&#8217;llanmalarni o&#8217;rganuvchilar a&#8217;lo bosqichi talabalari hisoblangan. M.da o&#8217;qish talabalar iqtidoriga qarab, 7-12 y. davom etgan. O&#8217;rta Osiyodagi M.larda Arab va fors tilida yozilgan kitoblar o&#8217;qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharx- lab berilgan. M. o&#8217;quv kursi, odatda, &#8220;Avvali ilm&#8221; deb nomlangan fors ti- lidagi o&#8217;quv qo&#8217;llanmasini o&#8217;zlashtirish b-n boshlangan. Keyin o&#8217;rta asrlarning ilmiy tili hisoblangan Arab tili grammatikasi (Arab tili morfologiya- si \u2014 sarfi va sintaksisi\u2014nahvi &#8220;Bi- don&#8221;, &#8220;Kofiya&#8221; kabi darsliklar asosida) o&#8217;qitilgan. Arab tili grammatikasidan so&#8217;ng o&#8217;quv kursi 2 bo&#8217;limga: umumta&#8217;- lim kursi \u2014 mushkulot va fiqh kur- si \u2014 masala bo&#8217;limlariga ajratilgan. M.larda fiqh kursining faroiz \u2014 me- ros huquqi qismi b-n birga mat. Fani ham majburiy o&#8217;quv kursiga kiritil- gan. Talabalar o&#8217;z xo-hish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki ma- sala bo&#8217;limlaridan birini, agar istasa- lar har ikki bo&#8217;limni o&#8217;qib tamomlashla- ri mumkin bo&#8217;lgan. M.larda to&#8217;liq kureni o&#8217;qib tamomlash uchun talabalardan fal- safa va huquq fanlariga oid taxm. 137 darelik \u2014 qo&#8217;llanmani o&#8217;zlashtirish ta- lab etilgan. Bu dareliklarning aksariya- tini o&#8217;rtaosiyolik allomalarning asarla- ri, jumladan, Imom Buxoriy va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziylarning hadis to&#8217;plamlari, Abu Mansur Moturi- diy Samarqandiyning &#8220;kitob attavhid&#8221;, Burhoniddin Marg&#8217;inoniynchng &#8220;al- Hidoya Fi sharh albidoya&#8221;, Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning &#8220;arRisola ash-Shamsiya Fi-l qavoid almantiqiya&#8221;, Abdurahmon Jomiyshtg &#8220;al-Favoid addi- yoiya&#8221;, Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning &#8220;Viqoyat arrivoya Fi masoil&#8221;, Ubaydulloh ibn mas&#8217;-ud Mahbubiyning &#8220;an-Nuqoya&#8221; (&#8220;muxtasar alviqoya&#8221;) kabi asarlari tashkil etgan. M.larda tala- balarning qiziqishlari va mudarris- larning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jug&#8217;rofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, me&#8217;morlik asosla- ri, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham o&#8217;qitilgan. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida O&#8217;rta Osiyo M.lari o&#8217;quv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda o&#8217;qitiladigan fanlar tarkibi- ga turk, rus, frantsuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. 19-a. oxiri \u2014 20- a. boshlarida Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, Turkiston general- gubernatorligida 348 M. bo&#8217;lgan. 20-a. ning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan M.lar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va &#8220;Xuro- FOT o&#8217;choqlari&#8221; tamg&#8217;asi b-n tugatib yubo- rilgan. O&#8217;zRda O&#8217;zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta M. esa endilikda faqat ruhoniylar tayyor- laydigan o&#8217;rta va oliy diniy o&#8217;quv yurtla- riga aylantirilgan. M.lar musulmon olamida me&#8217;morlik inshooti sifatida 10\u2014 11-a.larda vujud- ga kelgan. Ilk M.lar bir qavatli, o&#8217;rtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat bo&#8217;lgan. Ba&#8217;zan gumbazli go&#8217;rxona qurilib, M.ga homiylik qilgan kishi- ning sag&#8217;anasi qo&#8217;yilgan. 14-16-a.lardan boshlabhashamatli M. binolari qurish avj oddi. Ular 2-3 qavatli qurilib, odatda, katta va go&#8217;zal peshtokli, atrofi hujralar b-n o&#8217;ralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va maejidi bo&#8217;lgan. Keyinrok, katta M.lar yoniga minora qurish rasm bo&#8217;lgan. Kirish peshtoqining ro&#8217;parasida, peshayvon bo&#8217;lib, u yozgi darsxona vazifa- sini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Ba&#8217;zan M.larda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar b-n o&#8217;ralib, hovli o&#8217;rtasida hovuz qilingan. M.larning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar b-n pardozlangan. Qur&#8217;ondan oyatlar va hadislar ko&#8217;chirib yozilgan. Mas, Buxo- rodagi Ulug&#8217;bek M.si eshiklariga &#8220;Bi- lim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir&#8221; degan hadisi-sharif bitilgan. M. umumiy qurilish tipologiyasi (tasnifi) loyihasi va qurilmasiga ko&#8217;ra, ajralib turadi. O&#8217;rta Osiyo me&#8217;morli- gida masjid va darsxona qoidaga ko&#8217;ra, peshtoqning ikki yon qanotida joylash- gan. Suriya va Misrda ular kiraverish- da hovlining to&#8217;rida ko&#8217;ndalangiga ay- vonli qilib qurilgan. Turkiyada hovli tepasi ham gumbaz b-n qoplangan. O&#8217;rta Osiyo va G&#8217;arbiy Osiyoda odatdagidek ra- vokli qilib yopish uslubi qo&#8217;llangan. Shim. Afrikada to&#8217;sinli tomlar bo&#8217;lgan. Arab mamlakatlaridadastlabki M. va- zir Nizomulmulk tomonidan Bag&#8217;dodda (11-a.ning 2-yarmida) qurilgan. O&#8217;rta Osiyoda M. maxsus me&#8217;morlik inshoo- ti sifatida qurilgani haqida tarixiy ma&#8217;lumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamg&#8217;och Bug&#8217;roxon Ibro-him qurdirgan (11-a.) M. qoldiklari topilgan. Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Samarqanddagi Ulug&#8217;bek madrasasi, Sherdor madrasa, Ti- makori madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi, Muhammad Amin inos madrasasi, Toshkentdagi Ko&#8217;kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Abulqosim madrasasi, Qo&#8217;qondagi Kamol qozi madrasasi, Andijondagi gumbaz M. va b. me&#8217;moriy yodgorliklar sifatida mashhur. Ad.: Kerenskiy O. M., Medrese Tur- kestanskogo kraya-Spb., 1892; Abdullaev Yu., Ocherki po metodike obucheniya gramo- te v o&#8217;zbekskoy shkole, T., 1966; Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; Shamsutdinov R. T., Rasulov B., Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri va XX asr boshlari), An- Dijon, 1995. Gulnora Solijonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Madrasa (Arab, darasa\u2014o&#8217;rganmoq) \u2014 musulmonlarning o&#8217;rta va oliy o&#8217;quv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida davlat or- ganlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7-8-a.larda Islom dini ulamolari mu- sulmon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/madrasa-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117003","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117003","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117003"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117003\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117030,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117003\/revisions\/117030"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117003"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117003"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117003"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}