{"id":117004,"date":"2024-05-08T18:54:24","date_gmt":"2024-05-08T15:54:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117004"},"modified":"2024-05-08T18:54:48","modified_gmt":"2024-05-08T15:54:48","slug":"madaniy-osimliklarning-kelib-chiqish-markazlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/madaniy-osimliklarning-kelib-chiqish-markazlari\/","title":{"rendered":"MADANIY O&#8217;SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>MADANIY O&#8217;SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI &#8211; Er sharida o&#8217;simliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning Ge- netik xilma-xilligi eng ko&#8217;p bo&#8217;lgan Geo- grafik markazlar. M.o&#8217;.k.ch.m. to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot madaniy o&#8217;simliklar selektsiya- si va ularning navlarini yaxshilash uchun boshlang&#8217;ich materiallarga ehtiyojlar tu- fayli yuzaga kelgan. Unga Ch. Darvinning biologik turlarning kelib chiqishida geografik markazlarning mavjudligi to&#8217;g&#8217;risidagi g&#8217;oyalari asos bo&#8217;lgan. 1883 y.da shveytsariyalik botanik olim A. De- kandol eng asosiy madaniy ekinlar bir &#8211; lamchi kelib chiqqan geografik o&#8217;lkalarni ta&#8217;riflab berdi. Lekin unda juda keng hududlar ko&#8217;rsatilgan bo&#8217;lib, ayrimla- rining maydonlari deyarli qit&#8217;alar chegaralariga to&#8217;g&#8217;ri kelar edi. 1925-39 y.larda M.o&#8217;.k.ch.m. nazariyasini eng iz- chil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov o&#8217;zi va b. botanik olim- lar tomonidan ilmiy ekspedisiyalarda to&#8217;plangan jahon o&#8217;simlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kollektsiyasi) to&#8217;g&#8217;risidagi juda katta materiallarga tayangan holda M.o&#8217;.k.ch.m.ning 8 ta aso- siy geografik markazi yoki o&#8217;choqlarini ko&#8217;rsatib berdi: Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekin- lar vatani); Hindiston markazi (mada- niy o&#8217;simliklar turlarining deyarli 1\/3 qismi; sholi, shakarqamish, baklajon, bodring, mevali ekinlar vatani); O&#8217;rta Osiyo markazi (no&#8217;xat, China, kunjut, Max- sar, yasmiq, ko&#8217;pgina sabzavotlar \u2014 piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar \u2014 o&#8217;rik, nok, tok, bodom vatani); G&#8217;arbiy Osiyo marka- zi (bug&#8217;doyning ko&#8217;pgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam tur- lari, sabzi, anjir, anor v b.); O&#8217;rta den- giz, markazi (zaytun, tseratoniya daraxti, juda ko&#8217;p ozuqa va sabzavot ekinlari va- tani); Efiopiya markazi (bug&#8217;doy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va b. vatani); Marka- ziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziq- ovqat, texnika va dorivor o&#8217;simliklar, shu jumladan, makkajo&#8217;xori, uzun tolali g&#8217;o&#8217;za, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali o&#8217;simliklarning ko&#8217;pgina turlari vatani); Janubiy Amerika Mar- kazi (ko&#8217;pgina ildizmevali o&#8217;simliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani). O&#8217;tmishda ayrim o&#8217;simliklar bu aso- siy markazlardan chetda madaniy ekin- larga aylantirilgan. Lekin bunday o&#8217;simliklar soni juda kam. N. I. Vavi- lov birlamchi (eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari o&#8217;rtasida to- var ayirboshlash va o&#8217;zaro aloqalarning rivojlanishi b-n bog&#8217;liq holda keyincha- lik paydo bo&#8217;lgan) M.o&#8217;.k.ch.m. borligini ko&#8217;rsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va b. yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik markazlari bo&#8217;lgan, deb hisoblangan bo&#8217;lsa, N. I. Vavilov deyar- li barcha madaniy ekinlar tog&#8217;li, tropik, subtropik va mo&#8221;tadil mintaqalarda paydo bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatib berdi. Etishtirilayotgan ko&#8217;pchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik Mar- kazlari fakat o&#8217;simlik boyliklaridan tashqari eng qad. dehqonchilik madani- yati b-n ham bog&#8217;likdir. Hindiston Mar- kazi qad. Hindiston va Hindixitoy ma- daniyati b-n, O&#8217;rta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega bo&#8217;lgan etrus, ellin va Misr madaniyati b-n bog&#8217;liq va h.k. Shunday qilib, yovvoyi o&#8217;simliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol o&#8217;ynagan. N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy o&#8217;simlik genofondlari (q. Genetik fond) bo&#8217;yicha dunyo miqyosida to&#8217;plangan juda katta ma&#8217;lumotlar- ni tahlil qilish asosida madaniy o&#8217;simliklar kelib chiqqan va yangi shak- llar paydo bo&#8217;lgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi (xa- ritaga q.). Bulardan tashqari, mada- niy o&#8217;simliklarga genetik jihatdan qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida bo&#8217;lib) qolishi tufay- li paydo bo&#8217;lgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan. M.o&#8217;.k.ch.m. haqidagi ta&#8217;limot- ning asosiy nazariy mohiyati mada- niy o&#8217;simliklarda tur hosil bo&#8217;lish jarayonining muayyan geografik joyga bog&#8217;liqligini ko&#8217;rsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy o&#8217;zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lib, amaliy selektsiyada qimmatli boshlang&#8217;ich material bo&#8217;la oladigan, muhim xo&#8217;jalik belgilarining Nodir genlariga ega o&#8217;simliklarning yangi shakllarini yara- tishiga imkon beradi. Madaniy ekin- larning aksariyati dehqonchilikda 5\u2014 8 ming yildan beri ekiladi. O&#8217;simliklar madaniylashtirilgan sari o&#8217;z marka- Zidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Sun&#8217;- iy va tabiiy tanlanish natijasida o&#8217;simliklarning genotiplari, morfo- logik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip o&#8217;zi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Mas, Makka- juxori yaxshi tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa kunli tropik o&#8217;simligidir, ammo yangi navlari va duragaylari 55\u00b0 shim. kenglikda ekiladi; soya issiqsevar o&#8217;simlik, 3500-4000\u00b0 foydali harorat yig&#8217;indisini talab etadi, ammo uning shim. ekotipi 1750-1800\u00b0 da pishadi. N. I. Vavilov va b. olimlarning mehnati tufayli [mas., O&#8217;zbekiston FA Genetika va o&#8217;simliklar eksperimental biolo- giyasi in-tida g&#8217;o&#8217;zaning kelib chiqishi markazlariga akad. A. Abdullaev bosh- chiligida Meksika (1975), Peru (1984), Shri Lanka, Hindiston, Xitoy (1989\u2014 90), Avstraliya (1997)ga ek-spedisiyalar uyushtirilgan] er sharining turli mam- lakatlariga o&#8217;tkazilgan juda ko&#8217;p botanic ekspedisiyalar natijasida faqat miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan ham boy bo&#8217;lgan, jahondagi eng yirik va noyob madaniy o&#8217;simliklar hamda ular- ning yovvoyi ajdodlari kollekdiyalari yaratilgan. Dunyo kollektsiyasi namunala- ridan foydalanish asosida turli q.x. ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan. Madaniy o&#8217;simliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilish megamarkaz- lari (P. M. Jukovskiy) I. Xitoy-Yaponiya (soya, yum-shok bug&#8217;doy, tariq, qo&#8217;noq, marjumak va b. vatani). II. Indoneziya-Hindixitoy (suli, shakarqamish, banan, murch, sab- zavot ekinlari). III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari, Avstraliya g&#8217;o&#8217;zalari, sebarga turlari, ta- maki, evkalipt, tropik daraxtlar turla- ri). IV. Hindiston (sholi, hind bug&#8217;doyi, shakarqamish, Osiyo g&#8217;o&#8217;za turlari, baqlajon, bodring, Mango). V. O&#8217;rta Osiyo (O&#8217;zbekiston, Toji- kiston, Afg&#8217;oniston, G&#8217;arbiy Tyanshan tog&#8217;lari; ko&#8217;k no&#8217;xat, xashaki dukkakli- lar, no&#8217;xat, mosh, afg&#8217;on javdari, maxsar, yasmiq, o&#8217;rik, shaftoli, olma, qovun, g&#8217;o&#8217;za turlari va b.). VI. G&#8217;arbiy Osiyo (Tog&#8217;li Turkmani- ston, Eron, Zakavkaze, kichik Osiyo, ara- biston ya. o.; bug&#8217;doy turlari, arpa, Jav- dar, suli, beda, tok, chirmashib o&#8217;sadigan zig&#8217;ir, nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot ekinlari). VII. O&#8217;rta dengiz (zaytun, suli, bug&#8217;doy turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari, zig&#8217;ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg&#8217;om, turp, piyoz, sarimsoq, ko&#8217;knor, oq xantal). VIII. Afrika (jo&#8217;xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, moyli palma, DUK- kakli ekinlar, kunjut, kofe, g&#8217;o&#8217;za turla- ri). IX. Evropa-Sibir (tolali zig&#8217;ir, duragay sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha, meva, sabzavot ekinlari). X. Markaziy Amerika (makkajo&#8217;xori, uzun tolali g&#8217;o&#8217;za turlari, loviya, kungaboqar, qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka turlari, ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar). XI. Janubiy Amerika (madaniy kar- toshka, pomidor, tamaki, ananas, ko&#8217;p yil- lik arpa, er yong&#8217;oq, gurchsimon (chatnaydi- gan) makkajo&#8217;xori turlari). XII. Shimoliy Amerika (arpa turla- ri, lyupin turlari, ko&#8217;p yillik o&#8217;tsimon kungaboqar turlari, meva, sabzavot, reza- vor o&#8217;simliklar). Ad.: Jukovskiy P. V., Mirovoy geno- fond rasteniy dlya selektsii, L., 1970; Sinskaya E. N., Istoricheskaya geografiya kulturnoy Flori, L., 1969; Hasanov U. H., Madaniy o&#8217;simliklarning kelib chiqish markazlari, T., 1989. Halima Otaboeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MADANIY O&#8217;SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI &#8211; Er sharida o&#8217;simliklarning muayyan turlari dastlab madaniylashtirilgan (dehqonchilikda ekilgan) va ularning Ge- netik xilma-xilligi eng ko&#8217;p bo&#8217;lgan Geo- grafik markazlar. M.o&#8217;.k.ch.m. to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot madaniy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/madaniy-osimliklarning-kelib-chiqish-markazlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117004","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117004","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117004"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117004\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117031,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117004\/revisions\/117031"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117004"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117004"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117004"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}