{"id":117214,"date":"2024-05-08T19:33:24","date_gmt":"2024-05-08T16:33:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117214"},"modified":"2024-05-08T19:33:27","modified_gmt":"2024-05-08T16:33:27","slug":"munavvarqori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/munavvarqori\/","title":{"rendered":"Munavvarqori"},"content":{"rendered":"\n<p>Munavvarqori, Abdurashidxo- Nov Munavvar qori (1878, Toshkent \u2014 1931.23.4, Moskva) \u2014 O&#8217;rta Osiyo jadid- chilik harakatining yo&#8217;lboshchisi, 20-a. o&#8217;zbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Tosh-kentning Shayxontohur dahasidagi Darxon maxallasida ziyoli oilasida tug&#8217;ilgan. Otasi Abdurashid- xon soti-boldixon o&#8217;g&#8217;li mudarris, ona- si Xosi-yat otin Xonxo&#8217;ja Shorahimxo&#8217;ja mudarris qizi otinoyi bo&#8217;lgan. U oklada uchinchi o&#8217;g&#8217;il bo&#8217;lib, katta akalari A&#8217;zam- xon (1872-1919) va Muslimxon (1875\u2014 1954) muallim bo&#8217;lishgan. Otasidan yosh etim qolgani tufayli dastlabki ta&#8217;lim- tarbiyani onasidan olgan. So&#8217;ng o&#8217;z davri- ning mashhur o&#8217;qituvchisi Usmon domla- dan ilmi qiroat va tajvidni o&#8217;rganib, hofizi Qur&#8217;on bo&#8217;lgan. 1885-90 y.larda Buxorodagi Mirarab madrasasida tehsil olgan, ammo tahsilni oxiriga etkazmay, Tosh-kentga qaytib, imomlik va mual- limlik b-n shug&#8217;ullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom et- tirgan. 1901 y.da usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o&#8217;quv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904 y.dan ijtimoiysiyosiy, madaniy xayot- ga aralasha boshlagan. 1906 y.dan &#8220;O&#8217;rta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy&#8221;, &#8220;Taraqqiy&#8221; gaz.larida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida &#8220;xur- shid&#8221; gaz.ni tashkil etgan. &#8220;Shuhrat&#8221; (1907), &#8220;Tujjor&#8221; (1907), &#8220;Osiyo&#8221; (1908) gaz.larini g&#8217;oyaviy boshqargan va ada- biy xodim vazifasini bajargan. So&#8217;ng &#8220;Sadoyi Turkisshon&#8221; (1914-15) gaz.da mas&#8217;ul muharrir muovini, &#8220;Al-isloh&#8221; jur. (1915-17)da maxfiy muxarrir, &#8220;Najot&#8221; va &#8220;Kengash&#8221; (1917) gaz.larida mas&#8217;ul muharrir. M. turli jamiyat va uyushmalar tashki- lotchisi. U &#8220;Jamiyati Imdodiya&#8221; (1909), &#8220;Turon&#8221; (1913), &#8220;Turkiston kutubxo- nasi&#8221; (1914), &#8220;Umid&#8221; (1914), &#8220;maktab&#8221; (1914), &#8220;ko&#8217;mak&#8221; (1921) jamiyat, tashki- lot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, a&#8217;zo. Sho&#8217;rolar hukumati davrida Xalq dorilfununi sho&#8217;rosining raisi, Turkiston maorif xalq komissar- ligi turk sho&#8221;basining ish yurituvchisi (1918), Toshkent sh. maorif noziri, Sharq xalqlari s&#8217;ezdi (1920, Boku) delegata va hay&#8217;ati a&#8217;zosi. BXSR maorif nozir- ligi vaqf bo&#8217;limi boshlig&#8217;i (1920-21), Toshkent sh. ijtimoiy tarbiya bo&#8217;limi mu- diri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov no- midagi ped. texnikumi, ayollar ped. in- tida muallim (1923 \u2014 25), Samarqand sh. muzeyida ilmiy xodim, O&#8217;zbekiston osori-atiqalarni saqlash qo&#8217;mitasining Tosh-kent-Farg&#8217;ona bo&#8217;limida mas&#8217;ul ko- tib (1927-28). M. bir qancha darslik muallifidir. Uning &#8220;Alibi avval&#8221; (1907), &#8220;adib US- soniy&#8221; (1907), &#8220;usuli hisob&#8221;, &#8220;tarixi qavm turk&#8221;, &#8220;tajvid&#8221; (1911), &#8220;Havoyiji diniya&#8221;, &#8220;tarixi anbiyo&#8221;, &#8220;tarixi is- lomiya&#8221; (1912), &#8220;er yuzi&#8221; (1916-17), 4 qismdan iborat &#8220;O&#8217;zbekcha til sabokli- gi&#8221; (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon b-n birga, 1925-26, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914 y.da taraqqiyparvar o&#8217;zbek shoirlarining she&#8217;rlarini jam- lab, &#8220;Sabzavor&#8221; nomi b-n nashr etgan. M. ijtimoiy-pedagogik faoliyat b-n birga badiiy ijod b-n ham shug&#8217;ullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina she&#8217;- rlari o&#8217;sha davrdagi matbuot va o&#8217;zi tuz- gan hamda yozgan darsliklarga kiritil- gan. Shuningdek, u o&#8217;tkir publisist adib sifatida tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mu- stamlakachilik va Xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masa- lalariga alohida e&#8217;tibor qaratgan. M. o&#8217;z faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik b-n cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan. Evropa savdosanoat, ilm-fanini o&#8217;rganishga chaqirgan, ma&#8217;naviy qoloqlikni qoralagan. Chor va sho&#8217;ro hukumatlari olib borgan mustamlakachi- lik si-yosatiga karshi izchil kurash olib borib, 1917-1924 y.larda &#8220;Sho&#8217;royi is- lom&#8221;, &#8220;Turk adam markaziyat&#8221;, &#8220;Ittihod va taraqqiyot&#8221;, &#8220;Milliy Ittihod&#8221;, &#8220;Nash- ri maorif&#8221; kabi jamiyat, firqa va tash- kilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori bo&#8217;lgan. Shu sababli Qo&#8217;qon sh.da tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm (1917) qo&#8217;llab-quvvatlagan. Umr bo&#8217;yi o&#8217;z vatani- ni mustaqil ko&#8217;rishni istagan. M. 1929 y. 6 noyab.da qamoqqa olinib, Moskva sh.dagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991 y.da rasman reablita- tsiya qilingan. As: Xotiralarimdan, T., 2001; tan- langan asarlar, T., 2003. Ad.: Ziyo Sayd, tanlangan asarlar, T., 1974; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 1ki- tob [Turkiston chor Rossiyasi mustamla- kachiligi davrida], T., 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangi- lanish, taraqqiyot va mustamlakachilik uchun kurash, T., 2001. Sirojiddin Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Munavvarqori, Abdurashidxo- Nov Munavvar qori (1878, Toshkent \u2014 1931.23.4, Moskva) \u2014 O&#8217;rta Osiyo jadid- chilik harakatining yo&#8217;lboshchisi, 20-a. o&#8217;zbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/munavvarqori\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117214","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117214","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117214"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117214\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117217,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117214\/revisions\/117217"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117214"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117214"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117214"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}