{"id":117319,"date":"2024-05-08T20:40:02","date_gmt":"2024-05-08T17:40:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117319"},"modified":"2024-05-08T20:40:05","modified_gmt":"2024-05-08T17:40:05","slug":"moxov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/moxov\/","title":{"rendered":"Moxov"},"content":{"rendered":"\n<p>Moxov (Arab, maxv \u2014 yo&#8217;q qilish yoki chetlatish), lepra, prokaza \u2014 bu- tun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki a&#8217;zolarni zarar- laydigan surunkali infektsion kasal- lik. Uni kislotaga chidamli moxov mi- kobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallik tarixi uzoq o&#8217;tmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qo&#8217;lyozmalarda ta&#8217;kidlanishicha, miloddan 3\u2014 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Mo&#8217;g&#8217;uliston, Xitoy kabi davlatlarda esa miloddan 2-2,5 ming yil ilgari bu ka- sallikka chalingan bemorlar to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar bor. M. Evropa davlatlarida lepra deb yuritiladi va shu nom b-n jahon tibbiyot nomenklaturasiga kiritilgan. M. qo&#8217;zg&#8217;atuvchisini birinchi bo&#8217;lib, Norvegiya vrachi Gerxard Xansen 1871 y.da aniqlagan va uning nomi b-n Xansen tayoqchalari deb yuritiladi. Tayoqchalar tuzilishi hamda ayrim xususiyatlari b-n sil tayoqchalariga o&#8217;xshab ketadi. M. b-n faqat odamlar kasallana- Di. Bemor sog&#8217;odam b-n uzoq vakt mai- shiy muloqotda bo&#8217;lganda yuqadi. M.ga kattalarga qaraganda bolalar ko&#8217;proq moyil bo&#8217;ladi. Shuning uchun aksari- yat hollarda xastalik bemorning yaqin qarindoshlariga, ayniqsa, farzandlari- ga tez yuqadi. Kasallik asta-sekin boshlanadi. In- kubasion davri 4-6 oydan 5-6 yilga- cha, ba&#8217;zan bundan ham uzoqroq. Spirtli ichimliklarga ruju qilish, ko&#8217;p chekish, yolchitib ovqatlanmaslik, sanitariyagigi- ena qoidalariga rioya qilmaslik bu dav- rni qisqartirishi mumkin. Inkubasion davr oxiriga kelib, bemorning darmoni quriydi, isitmasi ko&#8217;tariladi, nevral- gik og&#8217;riq, chov va son limfa tugunlari- ning kattalashishi, burun qurib, qonab turishi kuzatiladi. M.ning differentsiallanmagan, tu- berkuloid va lepromatoz shakllari bor. Differentsiallanmagan (dog&#8217;li) shakli- da terining ayrim joylarida qizg&#8217;ish- oqimtir, oqimtir-pushti rangli katta- kichik dog&#8217;lar paydo bo&#8217;ladi. Ular teri damidan bir oz ko&#8217;tarilib turadi. Soch to&#8217;kiladi: terining sezuvchanligi oldin oshib, keyin yo&#8217;qoladi. Quloqorqasi, bo&#8217;yin, elka va tirsak nervlari yo&#8217;g&#8217;onlashadi. Bu shakl 4-5 y.dan key- in tuberkuloid yoki lepromatoz shakliga o&#8217;tadi. Tuberkuloid M.da terida kattaki- chik kizil tugunchalar hosil bo&#8217;lib, bir- biriga qo&#8217;shilib ketadi. Lepromatoz M. o&#8217;ta yuqumli va og&#8217;ir o&#8217;tadi. Bemorning pe- shonasida, og&#8217;zi-burni atrofida, jag&#8217;lari terisi va quloq suprasida joylashgan tugunlar uning qiyofasini o&#8217;zgartirib qo&#8217;yadi. Kasallik o&#8217;chog&#8217;i sohasidagi teri sezuvchanligi yo&#8217;qolib, ayniqsa, qosh va kipriklar to&#8217;kilib, bemorni xunuk qilib qo&#8217;yadi. Tugun va do&#8217;mboqchalar qattiqlashadi, ular moshdek, hatto no&#8217;xatdek bo&#8217;lishi mumkin. Ba&#8217;zan to&#8217;qimaning gemorragik komponentlari qo&#8217;shilib, uning ran- gi zangsimon bo&#8217;lib qoladi. Oqibatda to&#8217;qimalarning qon b-n ta&#8217;minlanishi yomonlashadi, terida, ayniqsa, qo&#8217;l-oyoq terisida hadeganda bitavermaydigan tropik yaralar paydo bo&#8217;ladi. Katta tu- gunlar va infiltratlar chu-qur yaralar hosil qiladi. Ko&#8217;z muguz pardasining infiltrat- lanib yaralanishi ba&#8217;zan bemorni butun- lay ko&#8217;r qilib qo&#8217;yadi. Markaziy nerv si- stemasidagi o&#8217;zgarishlar bemorda nevro- tik buzilishlarga (nevroz, psixoz), peri- ferik nerv sistemasining yallig&#8217;lanishi esa qattiq og&#8217;riq b-n kechadigan nevrit va polinevritga sabab bo&#8217;ladi. Qo&#8217;l va oyoqlarda (barmoqlar va panjalarda) og&#8217;riq, t-ra va taktil sezuvchanlik yo&#8217;qola boshlaydi. Trofik o&#8217;zgarishlar nati- jasida bemorning barmoqlari xuddi qurbaqa yoki tyulen panjalariga o&#8217;xshab qoladi. Oyoq va qo&#8217;l de-formasiyalanib, mutilyasiya (barmoqlarning tushib keti- shi) kuzatiladi. Ko&#8217;z qovoqlari muskullarining kich- rayishi oqibatida bemorning ko&#8217;zi oxi- rigacha yopilmay qoladi (logo-ftalm). Yuz nervining zararlanishi oqibatida mimika muskullari atrofiyalanib, be- Morning yuz ko&#8217;rinishi niqob kiygan yoki qayg&#8217;uli odamga o&#8217;xshab qoladi. M.lar maxsus tashkil etilgan lepro- zoriylarda davolanadi. Bemorning oila a&#8217;zolari teri kasalliklari dispanseri nazoratiga olinadi. So&#8217;nggi yillarda kasallikning ol- dini olish va davolashga oid mukammal choratadbirlar ishlab chiqilgan. Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkiloti ma&#8217;lumot- lariga qaraganda, butun dunyoda M. kasal- ligi 2005 y.ga kelib deyarli yo&#8217;qotiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Moxov (Arab, maxv \u2014 yo&#8217;q qilish yoki chetlatish), lepra, prokaza \u2014 bu- tun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki a&#8217;zolarni zarar- laydigan surunkali infektsion kasal- lik. Uni kislotaga chidamli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/moxov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-117319","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117319","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117319"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117319\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117332,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117319\/revisions\/117332"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117319"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117319"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117319"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}