{"id":117454,"date":"2024-05-08T21:35:14","date_gmt":"2024-05-08T18:35:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117454"},"modified":"2024-05-08T21:35:17","modified_gmt":"2024-05-08T18:35:17","slug":"itchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/itchilik\/","title":{"rendered":"Itchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Itchilik \u2014 it zotlarini boqish va ko&#8217;paytirish; xo&#8217;jalik tarmog&#8217;i. Xizmat (yaylov, qorovul, ulov, chegara, qidi-ruv va b. xizmatlar), ov (sport va mo&#8217;ynali xayvonlarni ovlash); havaskorlik I.ga bo&#8217;linadi. Foydalanishga qarab, itlar simto&#8217;rli volerlarda, yog&#8217;och uychalarda bo&#8217;sh qo&#8217;yib yoki bog&#8217;lab, xonadonlarda hovlida yoki uy ichida bog&#8217;lamay yoki bog&#8217;lab boqiladi. Itlar uchun asosiy ozuqalar: go&#8217;sht, toza- langan baliq, non, sabzavotlar, yormalar. Itga beriladigan ozuqa yarim suyuq bo&#8217;tqa bo&#8217;lib, go&#8217;sht, sabzavotlar, yormalardan pi- shiriladi. Shuningdek, xom go&#8217;sht, qiltanoq va tangachalardan tozalangan baliq, baliq moyi, suyak, suyak uni beriladi. Katta yoshdagi yirik itning sutkalik rasio- ni: 400-500 g go&#8217;sht mahsulotlari yoki baliq, 300-400 g yorma, 200-300 g sab- zavot, 10-12 g osh tuzi; urg&#8217;ochi itlarga bo&#8217;g&#8217;ozlik va kuchuklarni emizish davrla- rida qo&#8217;shimcha 150-200 g xom go&#8217;sht, 1 l gacha sut va 30 g baliq moyi beriladi. Kuchuk bolalar 12-14 kunlikdan bosh- lab sigir suti b-n qo&#8217;shimcha boqiladi (agar kuchuklar soni 8 tadan ko&#8217;p bo&#8217;lsa qo&#8217;shimcha ovqatlantirish 6\u2014 7-kunligi- dan boshlanadi). Asta-sekin suyuq bo&#8217;tqa (30-40\u00b0 gacha sovutib), suvda ivitilgan non, xom qiyma qo&#8217;shimcha ozuqaga qo&#8217;shib beriladi. 25-kunligidan boshlab go&#8217;shtli bo&#8217;tqalar, maydalangan sabzi, xom go&#8217;sht qiyma berish mumkin. 6 oylikkacha kuni- ga 4-6 marta, 12 oylikkacha 3 marta, kat- ta yoshdagilarga 2 marta ovqat beriladi. O&#8217;zbekistonda I. uzok, tarixga ega. Qadimdan bu hududda yashagan chorvador qabilalar cho&#8217;pon itlarining eng yaxshi namunalarini saralash va ko&#8217;paytirish b-n mahalliy bo&#8217;ribosar, o&#8217;rta Osiyo ov- charkalari zotlarini yaratganlar. Ay- Rim podshohlar va amirlar saroylarida ovchi itlar zotlarini boqib parvarish- laydigan maxsus itboqarlar bo&#8217;lgan. Shaharqishloqlarda havaskorlar urish- tirish uchun urishqoq itlarni boqish va musobaqalar o&#8217;tkazish b-n shug&#8217;ullangan. O&#8217;rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin O&#8217;zbekistonda harbiy (xizmat), ov, dekorativ (tomosha) itla- ri boqish va ko&#8217;paytirish boshlandi. 1908 y.da Toshkentda ovchilar jamiyati va uning huzurida ov I. klubi tashkil etildi. 1911 y.da Toshkentda ov itlari ko&#8217;rgazmasi o&#8217;tka-zildi. Ko&#8217;rgazmada 60 ga yaqin itlar, shu jumladan, pointerlar, ingliz va shotland setterlari namoyish qilindi. 1927 y.dan O&#8217;zbekiston ov itlari sha- jara daftari joriy qilindi (bu daf- tarni 40 y. davomida havaskor ki-nolog- itshunos K.P. Popovich yuritib keldi). 1937 y. Toshkent sh.da Butunit-tifoq armiya, aviasiya va flotga ko&#8217;maklashuvchi ko&#8217;ngilli jamiyatning (DOSAAF) O&#8217;zbekiston bo&#8217;limi huzurida xizmat it- lari klubi tashkil qilindi, shu yili xizmat it zotlari ko&#8217;rgazmasida 100 dan ortiq nemis ovcharkalari namoyish qilindi va shu yildan boshlab xizmat itlari shajara daftari yuritiladi. O&#8217;zbekistonda xizmat I.ni rivojlanti- rishda V. F. Shamraev, V. Gubanov, F. N. Sherman, V. F. Guba, N. P. Jmilev, O. V. Rud-yuk, R. N. Ganiev va b.ning xizmati katta. Ov I. sohasida O&#8217;zbekiston ovchilar va baliq ovchilari uyushmasi huzurida kinologiya kengashi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 1973 i. da tashkil etilgan Toshkent de- korativ I. havaskorlari jamiyati 1990 y.dan Toshkent itsevarlar jami-yatiga aylantirildi. 1991 y.dan Toshkent xiz- mat I. klubi O&#8217;zbekiston Res-publikasi mudofaasiga ko&#8217;maklashuvchi tashkilotlar &#8220;Vatanparvar&#8221; Markaziy Kengashining respublika xizmat I. klubiga aylanti- rildi. 1992 y. may oy-ida yirik jamoat tashkiloti bo&#8217;lgan O&#8217;zbekiston kinologiya federasiyasi tashkil topdi. Xizmat I. sohasida O&#8217;zbekiston Res- publikasi Davlat bojxona qo&#8217;mitasining Milliy kinologiya markazi, Milliy xavfsizlik xizmatining na-slchilik pitomnigi, O&#8217;zR Mudofaa va-zirligi xizmat itchiligi naslchilik pitomnigi, Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkar- masining naslchilik pitomnigi ishlay- Di. Bu tashkilotlar I.ka oid naslchilik ishlarini olib boradi, itlarni ama- liy maqsadlarda foydalanish ishlariga tayyorlaydi. Itlarning yangi zotlarini etishtiradi, ularni sinovdan o&#8217;tkazadi, ko&#8217;rgazmalar tashkil qiladi, itlarni o&#8217;rgatish, mashq qilish st-yalari va may- donchalari tashkil etadi. Har yili kuz faslida Toshkent, Angren, Chirchiq, O&#8217;rganch, Zarafshon, Farg&#8217;ona va b. shaharlarda barcha it zotla- rining ko&#8217;rgazmatanlovlari o&#8217;tkaziladi (yana q. Kinologiya). Rashid Ganiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Itchilik \u2014 it zotlarini boqish va ko&#8217;paytirish; xo&#8217;jalik tarmog&#8217;i. Xizmat (yaylov, qorovul, ulov, chegara, qidi-ruv va b. xizmatlar), ov (sport va mo&#8217;ynali xayvonlarni ovlash); havaskorlik I.ga bo&#8217;linadi. Foydalanishga qarab, itlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/itchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117454","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117454","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117454"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117454\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117454\/revisions\/117458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117454"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117454"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117454"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}