{"id":117467,"date":"2024-05-08T21:36:45","date_gmt":"2024-05-08T18:36:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117467"},"modified":"2024-05-08T21:36:49","modified_gmt":"2024-05-08T18:36:49","slug":"islandiya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/islandiya-3\/","title":{"rendered":"Islandiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Islandiya (Island), Islandiya Re- spublikasi (Lydveldid Island) \u2014 Atlan- tika okeanining shim. qismidagi is- landiya o.da joylashgan davlat. Mayd. 103 ming km2. Aholisi 278 ming kishi (2001). Ma&#8217;muriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti \u2014 Reykyavik sh. Davlat tuzumi. I. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1944 y. 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1996 y. dan Olavur rag- nar Grimsson), u aholi tomonidan to&#8217;g&#8217;ri saylov yo&#8217;li b-n 4-y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni president b-n alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshi- radi va hukumatni tayinlaydi. Tabiati. I. qirg&#8217;og&#8217;i Jan.da tekis, qolgan qirg&#8217;oklari yirik qo&#8217;ltiq va Fi- ordlar b-n parchalangan. Er yuzasining ko&#8217;p qismi vulkanlardan xreil bo&#8217;lgan plato. Bal. 800 m li tog&#8217;massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi xarakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m). I. hududining 6 %i LAVA dala- laridan iborat. Sohilda pasttekisli- klar bor. Tez-tez zilzila bo&#8217;lib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bugli, ma&#8217;danli bu- loklar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi Su- barktika, dengiz ikli-mi, Golfstrim- ning ta&#8217;siri kuchli. Sohilida yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi \u2014 1, -3\u00b0, iyulniki 9, 1G. Yillik yog&#8217;in 500-4000 mm. I.ning Mar- kaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. I. maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va b. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan to&#8217;yinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Ko&#8217;l ko&#8217;p. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog Arktika tuproqlari uchraydi. O&#8217;simligi kam, jami 400 tur kjsak o&#8217;simlik bor. I. hududining 2\/3 qismi mox va lishay- nikli Toshloq. LAVA dalalarida hech narsa o&#8217;smaydi. Katta maydonlar torf- li botqoqlik va o&#8217;tloq. Kichikroq oq qayin o&#8217;rmonlari saklangan. Qutb tul- kisi, sichqonsimonlar, shim. bug&#8217;usi, norka, morj, tyulen, Baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bog&#8217;lari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-Sau, skaf- tafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qo&#8217;riqxonalar bor. Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til \u2014 Island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri. Tarixi. I. hududiga taxm. 870 y.dan odamlar ko&#8217;chib kelib, kimsasiz Orol- ni o&#8217;zlashtira boshlaganlar. Ularning ko&#8217;pchiligi norveglar bo&#8217;lgan. Skandi- naviyaning boshqa mamlakatlari, jumla- dan, Shvesiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island \u2014 muzlar mam- lakati deb atadilar. 11-a. oxiriga kelib bu erdagi q.x. xonadonlari 4,5 mingga etdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashg&#8217;uloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-a.ning 80-y. larida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxm. 1000 y.da shim. Ame- Rikaga etib bordilar. I.ga ko&#8217;chib kel- gan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq Majlisi \u2014 alting 930 y.da o&#8217;zining birinchi yig&#8217;ilishini o&#8217;tkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xo&#8217;jalik turmushining o&#8217;ziga xos xususiyatlari tufayli bu erdagi urug&#8217;chilik munosabat- lari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-a. gacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar \u2014 bondlar asosiy ijtimoiy qatlam bo&#8217;lgan. I. tarixining shu davri adabiyotda &#8220;Xalq hokimiyati davri&#8221; deb yuri-tiladi. O&#8217;rta asrlarga kelib yakka q.x. xonadoni asosiy xo&#8217;jalik va boshlang&#8217;-ich jamoat yacheyka- siga aylandi. Ammo 1262-64 y.larda I.ning asilzodalari o&#8217;rtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya dav- lati uni o&#8217;ziga bo&#8217;y-sundirib oldi, 1380 y.dan esa u (Norvegiya ham) Daniya b-n uniya (ittifoq) da bo&#8217;lgan. 1397 y.dan Kalmar Ittifoqi tarkibida. 1537 y.dan yana Daniya qara-mog&#8217;ida. 19-a. 2-yarmidan Island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874-1903 y.lari I. ba&#8217;zi Muxtor huquklarga ega bo&#8217;ldi. 1-jahon urushi davrida I.ning Daniya- ga qaramligi zaiflashdi. I.ning AQSh va Buyuk Britaniya b-n iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya I.ni Daniya-I. uniyasi b-n cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). I.ning doimiy beta- rafligi e&#8217;lon qilindi. 1944 y. maydagi referendum natijasida I. xalqi Daniya b-n uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda I. Respublika deb e&#8217;lon qilindi. I. \u2014 1946 y. dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1997 y. 25 sent.da o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 17 iyun \u2014 Mustaqillik kuni (1944). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq Ittifoqi partiyasi, 1968 y. tuzilgan; Mustaqillik parti- yasi, 1929 y. tashkil etilgan; taraqqiyot partiyasi, 1916 y. tuzilgan; &#8220;Xalq uyg&#8217;- onishi&#8221; siyosiy birlashmasi, 1944 y.da asos solingan; I. sosal-demokratik par- tiyasi, 1916 y. tashkil topgan; birlash- gan so&#8217;llar bloki, 1999 y.da tuzilgan. I. kasaba uyushmalari birlashmasi 1916 y. tuzilgan, xalqaro erkin kasaba uyushma- lari konfederasiyasi a&#8217;zosi. Xo&#8217;jaligi. I. \u2014 industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, Tse- ment, alyuminiy i.ch., metallsozlik ri- vojlangan. Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash etakchi o&#8217;rinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band bo&#8217;lib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni ta&#8217;- minlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yog&#8217;i, baliq uni. I.da sanoat ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan foydali qazilma va xom ashyo zaxirala- ri yo&#8217;q. Alyuminiy (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), ferrosilisiy, dia- tomit, azotli o&#8217;g&#8217;it ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash ke- malarini ta&#8217;mirlaydigan va yangila- rini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-bo&#8217;yoq, charm- poyabzal, to&#8217;qimachilik sanoati, tri- kotaj va mebel i.ch. rivojlangan. Yi- liga o&#8217;rtacha 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalani- ladi. Aholi jon boshiga elektr ener- giyadan foydalanishda dunyoda oldingi o&#8217;rinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega bo&#8217;lgan Arktikada hamkorlik qilishga I. katta e&#8217;tibor bera boshladi. U maz- kur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga ko&#8217;maklashuvchi Arktika ken-gashiga a&#8217;zo bo&#8217;lib kirgan. Qishloq xo&#8217;jaligi uchun yaroqli er- lar butun mamlakat hududining 14% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9,5% agrosanoat majmuida band. Kichik fermerlar ko&#8217;p. Etakchi tar- mog&#8217;i qo&#8217;ychilik va sut chorvachiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Em-xa- shak, kartoshka, issikxonalarda sab-zavot etishtiriladi. I.da dengiz transporti etakchi. Avto- mobil yo&#8217;llari uz. 10530 km. T. y. yo&#8217;q. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviasiya transporti katta ahamiyatga ega. Chet el sayyohligi rivoj- langan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi. I. chetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qo&#8217;y go&#8217;shti va te-risi, jun chiqaradi, chetdan transport vosita- lari, neft va neft maxsulotlari ola- Di. I.ning tashki savdo-sotiqdagi aso- siy mijozlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Skandinaviya mamla- katlari. Pul birligi \u2014 Island kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. I. da 6 yoshdan 16 yosh- gacha bo&#8217;lgan bolalar uchun 10 yillik maj- Buriy boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim, 16 yoshdagi bo- lalar uchun 3 yillik o&#8217;rta ta&#8217;lim joriy etilgan. Oliy ta&#8217;lim ti-zimida 5 un-t, jumladan, Reykyavik un-ti, 11 ixtisos- lashgan in-t bor. Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, I. milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badi- iy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik unti huzuridagi il- miy tadqiqotlar in-ti (1937) dir. Unda baliqchilik xo&#8217;jaligi, q.x. fanlari va b. bo&#8217;limlar bor. Un-t xuzurida bakterio- logiya va patologiya in-tlari ham mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko&#8217;rsatuvi. I.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: &#8220;Alti- dubladid&#8221; (&#8220;Xalq, gazetasi&#8221;, kundalik gaz., 1919 y.dan) , &#8220;Altidumadu-rini&#8221; (&#8220;Sosial-demokrat&#8221;, haftalik gaz., 1931 y.dan), &#8220;Vikan&#8221; (&#8220;hafta&#8221;, 2 haftada chiqadigan bezakli jur., 1938 y.dan) &#8220;Vinnan&#8221; (&#8220;mehnat&#8221;, oylik jur., 1943 y.dan), &#8220;Morgunbladid&#8221; (&#8220;tonggi gaze- ta&#8221;, kundalik mustaqil gaz., 1913 y.dan), &#8220;Toudvilinn&#8221; (&#8220;Xalq erki&#8221;, kundalik gaz., 1936 y.dan). I. davlat radioeshit- tirish va televidenie xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televidenie 1966 y. tashkil etilgan. Adabieti tarixida Saga (xalq, do- stonlari) etakchi janr bo&#8217;lgan. Norve- giya va Daniya hukmronligi davrida I. mada-niyati tushkunlikka uchrasada, Di- niy qo&#8217;shiqlar qatorida qahramonlik qo&#8217;shiqlari ham yaratildi. 18-a.dava 19-a. boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifati- da maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh b-n sug&#8217;orilgan. X. K. Lak- sness Island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-a. bosh- larida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabieti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati 11 \u2014 13-a.lardan rivojlana boshla- Di. Bu davrda kitob miniatyurasi, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi san&#8217;ati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari lang- xus (&#8220;uzun uy&#8221;) deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar erni chuqur o&#8217;yib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yog&#8217;och chetdan keltirilgan. 18-a.o&#8217;r-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-a.da kelti- rilgan yog&#8217;och, tuf, bazalt, temirdan 2-3 qavatli uylarni qurish urf bo&#8217;ldi. 1920- y.lar me&#8217;morligiga zamonaviy shakllar, konstruktsiyalar (yaxlit temir-beton, po&#8217;lat sinch) joriy etila boshladi. Key- ingi yillarda Reykyavik va Akureyri sh.larida 4-5 qavatli uylar, ma&#8217;mu- riy, jamoat binolari daniyaliklar ta&#8217;- sirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samu- elsson, Sigvaddi Tordarson kabi me&#8217;- morlar etishib chik,-Di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928-32, tibbiy markaz, 1946-50 va b.). Tasviriy san&#8217;at ijodkorlari mus- tamlakachilik zulmi ostida xam qad. naqqoshlik, o&#8217;ymakorlik an&#8217;analarini davom ettirdilar. 19-a.da milliy ozod- lik kurashi kuchayishi b-n I.da rassom &#8211; lik san&#8217;ati \u2014 portret (Sigurdur Gud- mundsson) va manzara (Tourarini tor- lauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida I.ning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uyg&#8217;onish ramzi sifatida ifodalandi. 20-a.da Kyarval izg&#8217;irin shimol tabia- tini, Gudmundur Torsteynsson xalq er- taklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shke- Ving esa mehnatkash xalq turmushini tas- virladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. Island xalqining tarixi, hayoti va fol- klori mav-zularini haqqoniy gavdalan- tirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik an&#8217;analar b-n birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy san&#8217;ati turlari (o&#8217;ymakorlik, kashtachilik va b.) rivojlangan. Musiqasi. An&#8217;anaviy musiqasi, aso- san, diniy aytimlari (Grigorian, key- inchalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qo&#8217;shiqlaridan ibo-rat. Xalq cholg&#8217;ularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. I. professio- nal musiqasi 19-a. oxiridan tez rivoj- lana boshladi. Unga milliy madhiya mu- allifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, ballada- lar yozdi. 20-a.da Evropa konservatoriya- larida ta&#8217;lim olgan kompozitorlar is- Land folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitor- lardan P. Iso-ulfsson, y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalar- dan g. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykya- vikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa do&#8217;stlari ja-miyati, kamer musikasi klubi, jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, XAB- narfordur va b. shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud. Teatri. Skaldlar she&#8217;riyati va qad. xalq dostonlarida teatr san&#8217;ati un- surlari bo&#8217;lgan. 1720 y.dan Skaulxol- tdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini ko&#8217;rsata boshladi. Bu te- ATR 1799 y.da Reykyavikka ko&#8217;chdi va 19-a. ning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi bo&#8217;ldi. Dramaturg S. Peturs- son 18-a. 2-yarmi va 19-a. boshlaridagi Island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-a. 2-yarmidan havaskorlik teatr to&#8217;garaklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pesalari sahnalashtirildi. 1897 y.da tashkil topgan Reykyavik te- ATR jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pesala- ri, shuningdek, V. Shekspir, F. Shil- ler asarlari sahnalashtirildi. 1950 y. milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan o&#8217;rin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mav- jud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I. ning eng yaxshi rej. va aktyorlaridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islandiya (Island), Islandiya Re- spublikasi (Lydveldid Island) \u2014 Atlan- tika okeanining shim. qismidagi is- landiya o.da joylashgan davlat. Mayd. 103 ming km2. Aholisi 278 ming kishi (2001). Ma&#8217;muriy jihatdan 23 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/islandiya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117467","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117467","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117467"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117467\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117468,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117467\/revisions\/117468"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117467"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117467"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117467"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}