{"id":117480,"date":"2024-05-08T21:43:08","date_gmt":"2024-05-08T18:43:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117480"},"modified":"2024-05-08T21:43:12","modified_gmt":"2024-05-08T18:43:12","slug":"iordaniya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iordaniya-2\/","title":{"rendered":"Iordaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Iordaniya, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi (A1-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) \u2014 yaqin Sharqda, Osiyo- ning g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 91,8 ming km2. Aholisi 5,15 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Ammon sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 12 muhofaza (vilo- yat)ga, muhofazalar tumanlarga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. I. \u2014 Konstitusi- yali monarxiya. 1952 y. 8 yanv.da qabul qilingan Konstitusiya amal qiladi (keyingio&#8217;zgarishlar b-n). Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Malik (podshoh) bo&#8217;lib (1999 y.dan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqa-ruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 podshoq va millat Majlisi (parlament); u Senat va deputatlar Pa- latasidan iborat. Senatni pod-shoh 4 y. muddatga tayinlaydi (Senat tarkibining yarmisi har 2 y.da yangilanib turadi). De- putatlar palatasi to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 4 y.ga saylanadi. Ijro- iya hokimiyatni podshoh o&#8217;zi tayinlaydi- gan hukumat \u2014 Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi. Tabiati. I.ning aksar qismi sharqdan (500 m) g&#8217;arbga tomon (1000-1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-tog&#8217;likdan iborat. Jan.dagi Ram tog&#8217;i \u2014 I.ning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning g&#8217;arbiy qismida meridian chizig&#8217;iga Pa- rallel holda yo&#8217;nalgan chuqur botiq voha \u2014 Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va ulik dengiz (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m past- da) o&#8217;rin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomo-nida Suriyafalastin tog&#8217;lari qad rostlab turadi. Iqlimi \u2014 subtropik, quruq iqlim. Yanv.da o&#8217;rtacha t-ra 8-14\u00b0, iyulda esa 24-30\u00b0 ga to&#8217;g&#8217;ri keladi, hor mintaqasi hamda I.ning cho&#8217;l qismida t-ra 50\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in miqsori mamlakatning g&#8217;arbidagi tog&#8217;larda 500\u2014 700 mm, sharqida va hor botig&#8217;ida 100 mm ni tashkil etadi. Doim oqib turuv- chi daryolari kam bo&#8217;lib, quruqo&#8217;zanlar va mavsumiy soylar ko&#8217;p uchraydi. I.ning g&#8217;arbiy qismidagi tog&#8217;larda O&#8217;rta den- giz qirg&#8217;oqlariga xos nabotot xilla- ri o&#8217;sadi, da-raxtzor va butazor ko&#8217;p. Sharqiy qismida esa, chalacho&#8217;l va cho&#8217;l o&#8217;simliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. I. hayvonot ola- mi uncha boy emas; sirtlon, cho&#8217;l tulkisi, to&#8217;ng&#8217;iz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi ko&#8217;p. Azraq milliy bog&#8217;i bor. Aholisi. Mamlakat umumiy aholisining 98% arablar; yahudiylar, armanlar, greklar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dog&#8217;istonliklar, o&#8217;zbeklar, turkmanlar ham yashaydi. Rasmiy tili \u2014 Arab tili. Mamlakat aholisining 90% Islom diniga, qolgan qismi xri- stian va yahudiy dinlariga mansubdir. Aholining 71% shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5% ga yaqin badaviy- lar bo&#8217;lib, ular ko&#8217;chmanchi hayot tar-ziga ega. Aholining 70% ga yaqini xizmat ko&#8217;rsatish sohasida, 12% i. ch. va tor- shon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimi, ta&#8217;lim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil. Tarixi. Hoz. I. hududida dastlab xana- aneylarning Somiy qabilalari yashagan. Mil. AV. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida bo&#8217;lgan. Mil. AV. 1ming yillik oxirida qad. Arab dav- lati \u2014 Nabateya Podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-a.ning 30-y.laridan I. Rim, 4-a.dan Vizantiya imperiyalari, 7-a. dan Arab xalifaligi qo&#8217;l ostida bo&#8217;ldi. I.da sekin-asta Arab tili va Islom dini tarqala boshladi. 11 \u2014 15-a.larda salib- chilar, Saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-a.ning boshidan 1918 y.gacha I. Usmonli turk imperiyasi tar- kibida bo&#8217;ldi. Mamlakat 1-jahon uru- shi davrida Arab qo&#8217;zg&#8217;olonchi vatanpar- varlari tomonidan ozod qilindi. So&#8217;ng hoz. Suriya hududi b-n birga Amir Fay- sal qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi (1918). 1920 y.dan I. Britaniya mandatidagi Falastinga qo&#8217;shildi. 1921 y. Iordan daryosining Sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasi- dan bo&#8217;lgan Amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati o&#8217;rnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan Konstitusiya qabul qilindi. 2-jahon urushi davrida Trans- Iordaniya Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga ay- lantirildi. 1946 y. 25 mayda Transior- Daniya I. nomi b-n mustaqil davlat, Amir Abdullox. esa uning podshohi deb e&#8217;lon qilindi. 1948-49 y.lardagi Arab-is- roil urushi natijasida Nablus, bayt- Lahm, Quddusning Sharqiy qismi I.ga qo&#8217;shib olindi. 1967 y. iyunida Isroil- Ior-Daniya urushi natijasida mamla- katning iktisodiy jiqatdan eng rivoj- langan qismi \u2014 6,6 ming km2 hududini Isroil qo&#8217;shinlari bosib oldi. I. \u2014 1955 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplo- Matiya munosabatlari 1993 y. 13 Fev.da o&#8217;rnatilgan. Milliy bayrami \u2014 25 may \u2014 Mustaqillik kuni (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. I. Xalqbirligi demokratik parti- yasi, 1991 y.dan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943 y.da tuzilgan, 1951 y.gacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq de- mokratik partiyasi, 1989 y.da tuzilgan; Arab sosialistik uyg&#8217;o-nish partiyasi (Base), 1947 y.da tashkil topgan, umuma- rab Baas partiyasining mintaqa bo&#8217;limi; Islom harakati fronti, 1991 y.da asos solingan. I. kasaba uyushmalari umumiy Federasi-yasi, 1954 y.da tashkil topgan. Xo&#8217;jaligi. I. dunyoning rivojla- nayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib bo- rayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, aso- san, sog&#8217;liqni saqlash, ta&#8217;lim, kommunal xizmat, suv va elektr tar-mog&#8217;i, trans- port, kommunikasiya va irrigasiya tar- moklari kiradi. I. ikti-sodiyotida xiz- mat ko&#8217;rsatish, sanoat, q. x. va sayyohlik sohalari jadal sur&#8217;atlarda rivojlana- yotir. I. fosfat va ishqor (potash), mis va marganes zaxiralariga va unchalik yirik bo&#8217;lmagan neft konlariga ega. Mamla- katda konchilik, energetika, to&#8217;qimachilik sanoatlari rivojlangan. Sanoati I. iqtisodiyotining muhim tarmoklaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27% ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, ener- getika, yoqilg&#8217;i, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoklari rivojlangan. Konchilik sa- noati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. I. yuqori sifatli fos- forit katlamlariga ega bo&#8217;lib, uning za- xirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga o&#8217;rtacha 6-7 mln. tonnadan ko&#8217;proq (2000 y.da 10 mln. tonna) fosforit qazib oli- nadi. I. dunyoning bu qimmatli xom ashyo- siga ega bo&#8217;lgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammon- dan 35 km uzoqlikda bo&#8217;lgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning che- klanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti bo&#8217;yicha u dunyoda AQSh va Maro-Kashdan keyin 3-o&#8217;rinda turadi. Mamlakat mine- ral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna bo&#8217;lib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kaltsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. I.da mis ru- dasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganes (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bu- lardan tashqari, uning eri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, Ben- tonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarf- lanadi va bir qismi eksport qilinadi. I.da kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada ma&#8217;danli o&#8217;g&#8217;itlar z-Di ishlaydi. Yiliga 200 ming t ftorli alyuminiy eritadi- gan, 300 t uran oksidi ishlab chikara- digan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, sham-punlar hamda yiliga 7 mln. ton- nadan ortiq tsement ishlab chiqariladi. Ro-shadiya, azraq, Holidiya, Fuheysa va b. joilarda tsement z-dlari mavjud. Neft mahsulotlari z-dlarida yiliga 4-5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bun- Day z-Dlarning eng yirigi az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiy- si, o&#8217;lik dengiz atrofi, azraq, Ruseyfa, Sarxon, rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor. Metallni qayta ishlash sanoati key- ingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura z-Di, yiliga 10\u2014 12 ming t quvur, 8-10 ming t alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, Bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan z-dlar bor. I.da sovitkich, gaz plita- lar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan z-dlar, kurilish mollari, mebel korxo- nalari ishlab turibdi. I.da dori-darmon, sigareta, kulolchi- lik buyumlari, poyabzal, to&#8217;qimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga o&#8217;rtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr Energi- yasi hosil qilinadi. Qishloq xo&#8217;jaligi I. iqtiso-diyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5\u2014 6% haydaladigan erlardir. Bu erlardan Yi- liga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon ber- maydi. Q. x. yalpi ichki mahsulotning 10% ni tashkil etadi. Unda aholining 8-10% mashg&#8217;ul. Q. x. erlari, asosan, Iordan da- ryosi bo&#8217;ylari va Transiordaniya yasei te- paliklari atrofida joylashgan bo&#8217;lib, tsitrus me-valar, olxo&#8217;ri, rlma, shafto- li, karam, bodring, baqlajon, qovun, po- midor, tamaki kabilar etishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qo&#8217;y va echki boqiladi, biroq em-xashakning etishmasligi, yay- lovlarning kamligi bu tarmoqning ri- vojlanishiga imkon bermaydi. Transporti. I.da avtomobil, t. y., suv va havo transporti keng ri- vojlangan. Avtomobil transportida Ammon\u2014Aqaba, Ammon\u2014Quddus, Am- mon\u2014 Damashq, Mafraq\u2014 Iroq chegarasi yo&#8217;nalishidagi yo&#8217;llar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 9 ming km. T. y. transportida esa Ammon \u2014 Su- riya chegarasi, Ammon\u2014Alhosa, Alhosa\u2014 Aqaba, Maon\u2014Rasnaqab kabi o&#8217;nlab t. y. liniyalari mavjud. T. y. uzunligi \u2014 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakat- dagi yagona Aqaba portining mavqei kat- ta. Ikkita yirik aeroport \u2014 Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) \u2014 Xayfo (is- roil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) \u2014 Sayda (Livan) neft quvurlari o&#8217;tgan. I. chetga asosan fosfat, fosfat- li va kaliyli o&#8217;g&#8217;itlar, ishqor, tsement, Mar-Mar, akkumulyatorlar, to&#8217;qimachilik buyumlari, parafin, lok, bo&#8217;yoqlar, to- zalash moddalari (soda va sovunlar), qandolatchilik mahsulotlari, meva- lar, poliz ekinlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, don, go&#8217;sht va sut mahsulotlari oladi. Ularning 15-20% ni bug&#8217;doy, bug&#8217;doy uni, sha- kar, go&#8217;sht, sut mahsulotlari, 10\u2014 15% ni neft va neft mahsulotlari, 25\u2014 30% ni mashina, asbob-uskuna, elektr jihozlari va mebel tashkil etadi. I. iqtisodiyotida sayyohlik sal-mokli o&#8217;rin egallaydi. Savdo-sotikdagi mijozlari: Arab davlatlari (asosan, Saudiya ara- bistoni, Iroq, ku-Vayt), AQSh, ita- liya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va b. Pul birligi \u2014 Iordan dinori. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;- rifiy muassasalari. I.da 6 y.lik boshlang&#8217;ich va 6 y.lik o&#8217;rta ta&#8217;lim bepul va majburiydir. O&#8217;quv yurtlari asosan davlatga qaraydi. Xususiy maktablar ham mavjud. Aholining 75% savodli (mustaqillikdan ilgari 80% savodsiz bo&#8217;lgan). Maorifga har yili mamla- kat byudjetining 8-10% sarflanadi. Mamlakatda Ammon va Irbid un-tlari, bir qancha in-t va kollejlar bor. Ular- da o&#8217;qish pulli. Ammonda i.t.lar kenga- shi, podshohlik ilmiy jamiyati, I. Arab tili akademiyasi mavjud. Ammonda un-t kutubxonasi, Xalq kutubxonasi, arxeo- logiya muzeyi, badiiy galereya, mozaika muzeyi, Islom muzeyi, Xalq muzeyi ish- laydi. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko&#8217;rsatuvi. I.da 1909 y.dan boshlab gaz. chika boshlagan. I.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: &#8220;Al-Axbor&#8221; (&#8220;Yan- giliklar&#8221;, kundalik gaz., 1975 y.dan), &#8220;Axbor al-Usbua&#8221; (&#8220;xafta yangilikla- ri&#8221;, haftalik gaz., 1959 y.dan), &#8220;Jordan tayme&#8221; (&#8220;Iordaniya vaqti&#8221;, ingliz ti- lidagi kundalik gaz., 1975 y.dan), &#8220;Al- Yaqza al-Arabiya&#8221; (&#8220;Arab uygonishi&#8221;, Arab tilidagi gaz., 1991 y.dan), &#8220;Al- Aqso&#8221; (Quddusdagi masjidning nomi, haftalik jur., 1970 y. dan), &#8220;nido al- Vatan&#8221; (&#8220;Vatan chaqi-rig&#8217;i&#8221;, haftanoma). I. axborot agentligi hukumatning ras- miy agentligi bo&#8217;lib, 1965 y. tashkil etilgan. I. X\u00b0shimiylar Podshohligi radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv xiz- mati davlatga ka-rashli bo&#8217;lib, 1959 y.da tashkil qilingan. Radioeshittirishlar Arab, ingliz, ispan va ivrit tillarida olib boriladi. I. teleko&#8217;rsatuviga 1968 y.da asos solingan. Adabiyoti.I. adabiyoti 19-a.gachaumum- Arab adabiyoti tarkibida rivojlandi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Yusuf Ziyovuddin al-Xolidiy, Naxliya Zarriq, Xalil Baydos, Xalil al-Sakkokiniy va b.ning ma&#8217;rifatparvarlik faoliya- ti kuchaydi. Birinchi &#8220;adabiy jamoa&#8221; (to&#8217;garaklar)lar paydo bo&#8217;ldi. Bu davrda iste&#8217;dodli publisistlar eti-shib chik- Di. 20-a. 1-yarmida Mustafo Vaxba at- Till va Ibrohim Tukan she&#8217;riyatda, Najoti Sidqiy prozada milliy ozod- lik g&#8217;oyalarini ifodaladilar. Iskan- dar alhuri al-Baytajali asarlarida, Muhammad ashshariki, Husni Fariz, Muayyad Ibrohim al-eroniy she&#8217;rlarida chuqur ijtimoiy muammolar ko&#8217;tarildi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozod- lik harakatiga bagishlangan she&#8217;r, xikoya, qissalar paydo bo&#8217;ldi. Mahmud Sayfid- din al-eroniy, Iso Annauri, Muhammad Adib al-Amiriy proza janrida asarlar yozishdi. Keyingi yillarda Samira A&#8217;- zam, Abd al-Karim al Karmi (Abu sal- ma), Muin Bsisu, Nazxat Salom, Ismoil Abd al-Rahmon kabi yozuvchilar, Fariz al-Buhayri, Burhoniddin al-Abushiy kabi shoirlar, Fadva Tukan va Salma al- Jausi kabi shoirlar lirikada samarali ijod qildilar. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati juda qad. bo&#8217;lib, dunyodagi eng ko&#8217;hna shaharlar ham I. hududida joylashgan. Bu erlar- da so&#8217;nggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom g&#8217;ishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldi- klari), eneolit va jez davriga oid yod- gorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy insho-otlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saklangan. Mil. AV. 4-a.dan e&#8217;tiboran Filadelfiya (hoz. Ammon), Geras (hoz. Jerash) sh.larini loyihalash va qurishda qad. me&#8217;morlik va tasviriy san&#8217;at an&#8217;analariga suya- nildi. Mil. AV. 9-a.ga oid me&#8217;moriy va tasviriy san&#8217;at yodgorliklari bu o&#8217;lkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining ta&#8217;siri kuchli bo&#8217;lganini ko&#8217;rsatadi. Rim xukmronligi davrida ulug&#8217;vor exrom, te- atrlar, Vizantiya huk-mronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshin- korlik san&#8217;ati avj olgan. Islom dini tarqalishi munosabati b-n maejidlar qurildi, eski ibodatxonalar maejid- larga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va b.). 8-a.da Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Uma- viylar hukmronligi davrida imoratlar- ni qadama naqshlar b-n bezash va turli suratlar chizish udum bo&#8217;ldi. 12-14-a. larga oid qal&#8217;alar, qo&#8217;rg&#8217;onlar saqlanib qolgan. I.da 20-a.dan zamonaviy ma&#8217;mu- riy va jamoat binolari kurila boshladi. Tasviriy san&#8217;at uncha rivoj topma- gan. Xalq san&#8217;atida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yog&#8217;och buyumlar tayyorlash rivojlan- gan. O&#8217;zbekiston \u2014 I. munosabatla- ri. O&#8217;zbekiston Respublikasi b-n I. o&#8217;rtasida diplomatiya munosabatlari o&#8217;rna-tilgach, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik rivojlana boshladi. 1993 y. Fev.da I. shahzodasining O&#8217;zbekistonga tashrifi va 1996 y.da O&#8217;zR tashqi ish- lar va tashqi iqtisodiy aloqalar va- zirliklari delegasiyalarining I.ga rasmiy tashrifi chog&#8217;ida savdo va iqti- sodiy hamkorlik, samolyotlar qatnovi to&#8217;g&#8217;risidagi bitimlar imzolandi. 1994 y.dan ikki mamlakat o&#8217;rtasida savdo-so- tiq aloqalari boshlandi. 2000 y.da O&#8217;zR b-n I. o&#8217;rtasidagi tovar aylanmasi 13,7 ming AQSh dollarini tashkil qildi. I.dan O&#8217;zbekistonga yog&#8217;va moy, qand- shakar, kakao, kandolat va sabzavot mahsulotlari, qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, opti- ka asboblari, mebel va sh. k. keltiri- ladi. O&#8217;zbekiston tomoni turli xizmat- lar ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zRda I. sarmoyadorla- ri ishtirokidagi 14 korxona FA-oliyat ko&#8217;rsatayotir, shundan 6 tasi qo&#8217;shma kor- xona, 8 tasi 100% Iordan investisiya- si bo&#8217;lgan korxonadir. I.ning &#8220;Global Biznes&#8221; kompaniyasi O&#8217;zRda o&#8217;z vakolat- xonasini ochgan va ilg&#8217;or texnologiyalar marketingi, savdo-sotiq hamda maslahat xizmati ko&#8217;rsatish b-n shug&#8217;ullanadi. 1996 y.da Toshkentda I. maqsulotlari ko&#8217;rgazmasi o&#8217;tkazildi. Unda I.ning ko&#8217;pgina shirkatlari va ishbilarmonlari qatnashdi. Toshkent oliy maktablarida o&#8217;nlab Iordan talabalari o&#8217;qimoqda. Podshohlikning ko&#8217;pgina fuqarolari O&#8217;zRda fan nomzodi dissertasiyasini yoklab ketgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iordaniya, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi (A1-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) \u2014 yaqin Sharqda, Osiyo- ning g&#8217;arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 91,8 ming km2. Aholisi 5,15 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 Ammon sh. Ma&#8217;muriy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iordaniya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-117480","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117480","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117480"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117485,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117480\/revisions\/117485"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}