{"id":117516,"date":"2024-05-08T21:56:29","date_gmt":"2024-05-08T18:56:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=117516"},"modified":"2024-05-08T21:56:32","modified_gmt":"2024-05-08T18:56:32","slug":"turkiston-muxtoriyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkiston-muxtoriyati\/","title":{"rendered":"TURKISTON MUXTORIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>TURKISTON MUXTORIYATI &#8211; Turkiston mintakasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917 y. 27 noyab. \u2014 1918 y. 19 Fev.). Qo&#8217;qonda bo&#8217;lib o&#8217;tgan butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4qurultoyi (1917 y. 26-28 noyab.)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston o&#8217;lkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan Muxtor deb e&#8217;lon qildi. Shuningdek, Ta&#8217;sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy [millat] Majlisi qo&#8217;lida bo&#8217;lishi kerak deb hisobladi. Markazi\u2014Qo&#8217;qon sh. Kurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a&#8217;zolaridan T.m. hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Evropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko&#8217;rsatilishi uchun ularga ham yana 4 o&#8217;rin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Sulton o&#8217;g&#8217;li Shoahmedov (Bosh vazir o&#8217;rinbosari), Mustafo Cho&#8217;qay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxo&#8217;ja Asadullaxo&#8217;jaev (harbiy vazir), Hidoyatbek Yurg&#8217;uli Agaev(er va suv boyliklari vaziri), Obidjon Maxmudov (oziq-ovqat vaziri), Abdurahmon O&#8217;razaev (ichki ishlar vazirining o&#8217;rinbosari), S.A.Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim o&#8217;zgarishlar yuz berdi. M. Tinishboev Apash O&#8217;rda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga jo&#8217;nab ketgach (1917 y. dek.), Mustafo Cho&#8217;qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. I. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld o&#8217;rniga), Potelyaxov oziqovqat vaziri (o. Mahmudov o&#8217;rniga), o. Mahmudov Adliya vaziri, Nosirxon To&#8217;ra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farkli ravishda hukumat a&#8217;zolari chuqur ma&#8217;lumotli taraqqiyparvar ziyolilar bo&#8217;lib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 evropalik) a&#8217;zodan iborat bo&#8217;lishi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi. Turkiston millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar tez orada e&#8217;lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitusiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917 y. 26 dekabrda T.m.ning Milliy bayrog&#8217;i qabul qilindi. &#8220;El bayrog&#8217;i&#8221;, &#8220;birlik tug&#8217;i&#8221;, &#8220;Svobodno&#8217;y Turkestan&#8221;, &#8220;Izvestiya Vremennogo Pravitelstva Avtonomnogo Turkestana&#8221; kabi hukumat gaz.lari o&#8217;zbek, qozoq, rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chikayotgan &#8220;ulug&#8217;Turkiston&#8221; va &#8220;Hurriyat&#8221; gaz.lari ham o&#8217;z sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o&#8217;rin ajrata boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun o. Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o&#8217;tdi. T.m. milliy qo&#8217;shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 y. boshida ularning soni 2000 askarga etdi. Bundan tashqari Qo&#8217;qonda taxm. shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 mln. so&#8217;m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo&#8217;lga qo&#8217;ydi. Shuningdek, hukumat a&#8217;zolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g&#8217;alla keltirish muammosini hal qilish uchun amaliy qadamlar tashlagan. T. m. hukumati qisqa muddat ichida xalq o&#8217;rtasida katta e&#8217;tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub erli xalqlar tomonidan qizg&#8217;in qo&#8217;llabquvvatlandi. O&#8217;lka bolsheviklari T.m. hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston o&#8217;lkasi ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4s&#8217;ezdi (Toshkent sh.; 1918 y. 19-26 yanv.)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy o&#8217;rinda turdi. S&#8217;ezd T.m.hukumati va uning a&#8217;zolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 1918 y. 30 yanv.da Turkiston o&#8217;lkasi XKS T.m.ni tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoklari drujinalari (q. &#8220;Dashnaktsutyun&#8221;)&amp;GM keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 31 yanv. (yangi hisob bilan 13 Fev.)da janglar boshlandi. Turkiston o&#8217;lkasi XKS 1918 y. 14 fevralda (yangi hisob bilan) Farg&#8217;ona viloyatida harbiy holat e&#8217;lon qildi. Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qo&#8217;shinidan tashqari qo&#8217;qonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, cho&#8217;kich, tayoq ko&#8217;targan xaloyiqning soni 10.000 kishiga etdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo&#8217;qon sh.ga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi (18 Fev.da ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Cho&#8217;qay iste&#8217;foga chikdi va ba&#8217;zi Vazirlar singari Qo&#8217;qonni tark etdi. Ayrim Vazirlar (H.Agaev va b.) jangda halok bo&#8217;ldi. Hukumatning boshqa a&#8217;zolari (o.Mahmudov, Nosirxon to&#8217;ra, S.Gersfeld, U.Asadullaxo&#8217;jaev, I.Shoahmedov) esa keyinchalik bolsheviklar tomonidan qo&#8217;lga olindi. Qo&#8217;qon sh. qo&#8217;rboshi mirshablari boshlig&#8217;i kichik Ergash 18 Fev.dan boshlab amalda T.m. hukumatining rahbariga aylandi. 19 Fev.ga o&#8217;tar kechasi Toshkentdan Turkiston o&#8217;lkasi harbiy komissari E. Perfilev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon qo&#8217;shin etib keldi. 19 Fev. dan boshlab 3 kun davomida qizil askarlar shahar ustiga to&#8217;plardan yondiruvchi snaryadlar yog&#8217;dirishdi. Shahar butunlay vayron bo&#8217;ddi va o&#8217;tolov ichida qoldi. Qo&#8217;qonning o&#8217;zida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kishi o&#8217;dtsiriddi. Muxtoriyat qo&#8217;shinining tirik qolgan qismi kichik Ergash boshchiligida (200-300 yigit) Qo&#8217;qon yaqinidagi Bachqir qishlog&#8217;iga chekindi va mudofaa istehkomlarini qurib, dushman hujumini qaytardi. Qizil gvardiyachilar Qo&#8217;qon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va o&#8217;ldirishni avj oldirishdi. Sovet rejimi T.m. hukumatini 19 Fev.da kurol kuchi bilan ag&#8217;darib tashladi. 1918 y. 22 Fev.da Qo&#8217;qon sh.dagi RusOsiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan &#8220;tinchlik shartnomasi&#8221; imzolandi. T. m. hukumati atigi 72 kun umr ko&#8217;rgan bo&#8217;lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiklol uchun kurashga da&#8217;vat etdi. Bu hukumatning ag&#8217;darilishi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir dalili sifatida qabul qilindi. Turkistonliklar tinch yo&#8217;l (parlament) bilan milliy davlatchilikni qayta tiklash mumkin emasligini tushunib, 1918 y. Fev. oyining oxirida qo&#8217;llariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi qurolli harakatni boshlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida T.m.ning mohiyati soxtalashtirilib, u tor ma&#8217;nodagi Qo&#8217;qon muxtoriyati bilan almashtirildi. Ad.:A&#8217;zamxo&#8217;jaev S, Turkiston muxtoriyati, T., 2000; Rajabov K,. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Alimova D., Golovanov A., O&#8217;zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiqoqibatlari, T., 2000; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana,T., 2001. Saidakbar A&#8217;zamxo&#8217;jaev, Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TURKISTON MUXTORIYATI &#8211; Turkiston mintakasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917 y. 27 noyab. \u2014 1918 y. 19 Fev.). Qo&#8217;qonda bo&#8217;lib o&#8217;tgan butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4qurultoyi (1917 y. 26-28 noyab.)da tashkil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turkiston-muxtoriyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-117516","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117516","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=117516"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117516\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":117517,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/117516\/revisions\/117517"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=117516"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=117516"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=117516"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}